Navoiy viloyat ftiziatriya


Markaz xodimlarining odob-axloqining oid umumiy qoidalari


Download 47.86 Kb.
bet6/8
Sana26.01.2023
Hajmi47.86 Kb.
#1128969
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
34-sonli buyruq asosidagi odob-ahloq qoidalari

3. Markaz xodimlarining odob-axloqining oid umumiy qoidalari.
3.1. Markazda hamjihatlik, o‘zaro ishonch, hurmat, bir-biriga g‘amxo‘rlik qilish hamda ahil-inoqlik jamoa a’zolarining o‘zaro munosabatlaridagi muhim shartlarning asosini tashkil qiladi.
3.2. Markazdada o‘zaro munosabatlarning asosiy tamoyili – bir shaxsning huquqi boshqa shaxsning huquqini poymol qilmasligi lozim. Jumladan:
- jamoa a’zosining so‘z erkinligi – unga birovga tuhmat qilish, haqorat qilish, o‘zaro munosabatlarda umume’tirof etilgan axloq qoidalarini namoyishkorona mensimaslikda ifodalanuvchi behayo so‘zlardan foydalanish huquqini bermaydi;
- e’tiqod erkinligi – ishchi-xodimga, ish vaqtida ibodat qilish, ish vaqtida masjidlarga borish huquqini bermaydi;
- kiyinish erkinligi – dispanser Nizomida belgilanmagan kiyim boshda, diniy marosim liboslarida hamda davolash muolajalari jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ochiq va kalta liboslarda kelish huquqini bermaydi va hokazo.
3.3. Jamoa a’zolari markazga orasta bo‘lib, unga monand kiyimda kelishi va ketishi, ish vaqtida Nizomda belgilangan maxsus kiyimlarda bo‘lishi lozim. Ularning markazga odamlar diqqatini tortadigan, yelka, ko‘krak va qorin, shuningdek tizzadan yuqori qismlari ochiq qoladigan hamda haddan ziyod tor kiyimda yoki diniy ibodat libosida yoki sport kiyim va poyabzalida kelishi taqiqlanadi.
3.4. Markazda har bir jamoa a’zosining sha’ni va qadr-qimmati o‘zaro hurmat qilinishi, jamoa a’zolari o‘zaro munosabatlarda «Siz» deb murojaat qilishi odat tusiga kirishi lozim. Ularning bir-biriga nisbatan hurmatsizlik qilishi, o‘zaro munosabatlarda behayo so‘zlar ishlatishi qat’iyan taqiqlanadi.
3.5. Jamoa a’zolari markaz hududida yurganda bir-biriga o‘zaro hurmatda bo‘lishi, yo‘lak yoki koridorning o‘ng tomonidan yurishlari, bir-biriga duch kelganda, albatta salomlashishlari kerak. Bunda hamshiralar, kichik tibbiy xodimlar, ma’muriyat va xo‘jalik ishchi-xodimlari vrachlarga, ayollar erkaklarga, kichik yoshdagilar katta yoshdagilarga birinchi bo‘lib salom berishlari tavsiya etiladi (ushbu holatlarda qo‘l berib so‘rashish istisno bo‘lib, yoshi katta shaxslar yoki xotin-qizlar birinchi bo‘lib qo‘l uzatganidan keyingina ularga javoban qo‘l uzatish mumkin).
3.6. Markaz binolariga kirish joylarida tirbandlik yuzaga kelsa, hamshiralar, kichik tibbiy xodimlar, ma’muriyat va xo‘jalik ishchi-xodimlari vrachlarga, tibbiy xodimlar bemorlarga, erkaklar ayollarga, yoshi kichik ishchi-xodimlar yoshi kattalarga yo‘l berishlari lozim.
3.7. Milliy va umumbashariy qadriyatlarga xos bo‘lmagan yoki markaz ichki munosabatlariga taalluqli masalalarni Internet tarmog‘iga joylashtirish yoki undan turli maqsadlar yo‘lida foydalanish taqiqlanadi.
3.8. Kompyuterlarda markazga tegishli bo‘lmagan ma’lumotlarni, shuningdek, turli kinofilmlar, noqonuniy diniy ma’lumotlar, behayo suratlar, milliy, irqiy, etnik, diniy adovatni targ‘ib qiluvchi har qanday materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish va targ‘ib etish qat’iyan man etiladi.
3.9. Jamoa a’zolari ishga o‘z vaqtida kelishi, ish kuni va ish soatlaridan unumli foydalanishlari lozim.
3.10. Markazda har qanday huquqbuzarlik sodir etish, jumladan, tuhmat qilish, haqorat qilish, tan jarohati yetkazish, giyohvand moddalar, psixotropik vositalar, spirtli ichimliklar iste’mol qilish, janjallashish, qimor va tavakalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar o‘ynash qat’iyan man etiladi.
3.11. Ish xonalari, palatalar, lift, umumiy xonalar va yo‘laklarda tamaki mahsulotlarini chekish qat’iyan man qilinadi. Tamaki mahsulotlarni uchun maxsus ajratilgan joydagina chekish mumkin.

Download 47.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling