Navoiy viloyat ftiziatriya


Download 47.86 Kb.
bet1/8
Sana26.01.2023
Hajmi47.86 Kb.
#1128969
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
34-sonli buyruq asosidagi odob-ahloq qoidalari


NAVOIY VILOYAT FTIZIATRIYA VA PULMONOLOGIYA MARKAZI




O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 24 martdagi “Tibbiyot xodimlarining odob-ahloq kodeksini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi 88-sonli


BUYRUG‘I


Navoiy shahri - 2022 y.


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRINING


BUYRUG‘I

2016 yil “20” 01 № 34 Toshkent sh.




Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi barcha boshqaruv apparati, tibbiyot davolash-profilaktika hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim muasassalari , tashkilot, korxonalar xodim va talabalarning tibbiy deontologiyasi va madaniyati to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni caqlash vazirligi Hay’at yig‘ilishining 2015 yil 22 dekabrdagi 12/42 sonli qarorining ijrosini bajarish maqsadida,




BUYURAMAN:

1.“Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi barcha boshqaruv apparati, tibbiyot davolash-profilaktika hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim muasassalari, tashkilot, korxonalar xodim va talabalarning tibbiy deontologiyasi va madaniyati to‘g‘risida”gi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Cog‘liqni saqlash vaziri, Toshkent shahar va viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari boshliqlari, tibbiyot ta’lim muassasalari, ilmiy-tekshirish institutlari, ilmiy ixtisoslashtirilgan markazlar, respublika davolash-profilaktika muassasalari va davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazlari rahbarlariga:


joylardagi muassasa va tashkilotlar hududida “Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi barcha boshqaruv apparati, tibbiyot davolash-profilaktika hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim muasassalari, tashkilot, korxonalarning xodim va talabalar tibbiy deontologiyasi va madaniyati to‘g‘risida”gi Nizom talablariga barcha tibbiyot xodim va talabalarning qat’iyan amal qilishlari ta’minlansin va nazoratga olinsin;


ushbu Nizom muassasa faoliyatidan kelib chiqqan holda ichki me’yoriy hujjatlarga kiritilib, muassasaning kengaytirilgan yig‘ilishlarida o‘rganilsin, tasdiqlangan shakli barcha uchun ko‘rinarli joyga o‘rnatilishi ta’minlansin;


mazkur buyruq, Nizom va ichki mehnat tartibi qoidalari mazmuni bilan professor-o‘qituvchi, shifokor, barcha xodim va talabalar belgilangan tartibda yozma ravishda tanishtirilsin;


Nizom talablarini buzganlik uchun tegishli choralar ko‘rilishi belgilansin va bunga alohida e’tibor qaratilsin.

3. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’naviyat va ma’rifat markazi (O‘.M.Abilov) ga:


“Uzmedinfo” markazi (M.V.Baymuxamedov) bilan hamkorlikda mazkur bo‘yruq vazirlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin va “O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash” gazetasi (I.Soatova) orqali tizimdagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Cog‘liqni saqlash vaziri, Toshkent shahar va viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari boshliqlari, tibbiyot ta’limi, ilmiy-tekshirish institutlari, ilmiy ixtisoslashtirilgan markazlar, respublika davolash-profilaktika muassasalari va davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazlari rahbarlariga yetkazilsin;


vazirlik tasarrufidagi muassasalarda Nizom talablarining ijrosi borasidagi faoliyati bilan tanishish va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida joriy yilning 1 choragida joylarga mutaxassislardan iborat tarkibda guruhlar chiqarilishi tashkillashtirilsin va tahlil natijalari vazirlikning Hay’at yig‘ilishida muhokama qilinsin.


4. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari A.A.Xudayarov zimmasiga yuklatilsin.





Download 47.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling