(136 soz).
BIRINI KESSANG, ONNI EK
Alisher Navoiy Astrobod viloyatida hokimlik qilgan kezlarida shahar tashqarisidagi baland bir tepalikda osmon bilan opishgan keksa bir terak bor ekan.
A.Navoiy kechqurunlari oziga yaqin mulozimlari bilan shu terak tagiga kelarkan. Ulug shoir terakning mayin shabadada shivirlab kuylashini tinglashni xush korarkan. Terak goyo mungli qoshiqni kuyga solgan sozandadek, bir maromda tebranib shivirlar ekan. Bahor kunlarining birida, Alisher Navoiy har galgidek, oz mulozimlari bilan birga gazalxon terakni qumsab, shahar tashqarisiga chiqibdi. Borib korsaki, gazalxon terakni kimdir oldirib ketibdi. Alisher Navoiy xorsinib qotil ni tezda topib kelishni buyuribdi.
Mulozimlar tezda aft- angori sovuq, barzangiday bir kishini ot oldiga solib, haydab kelibdilar. Alisher Navoiy qattiq gazablanibdi: Ey qotil, nega shunday azim terakni nobud qilding, yo bu bilan mendan och olmoqchi boldingmi?- debdi. Keyin mulozimlariga: Bu yaramasni qirq darra uringlar, - deb buyuribdi-da, har darra urganda birga on degan hikmatni takrorlab turishni ham tayinlabdi.
(137 soz)
URF-ODATLAR VA MAROSIMLAR
Ozbek xalqining paydo bolish tarixi necha ming yilliklarga borib taqalsa, uning ananalari, urf-odatlari, marosimlari ham shunchalik teran tarixiy ildizga ega. Ular millatning manaviy-ruhiy ehtiyojlari zamirida paydo bolib, shakllanib, sayqallanib oz mazmunida shu xalqning orzu-oylari, istaklari, axloq normalarini mujassam etadi. Bugungi avlod ularni koz qorachigidek avaylab-asrab, yanada taraqqiy ettirmogi, kelgusi nasllarga manaviy qadriyat sifatida yetkazmogi ham qarz, ham farzdir.
Darhaqiqat, ananalar, urf-odatlar, marosim va bayramlar xalqimiz, millat manaviyatining ajralmas qismi. Xalqimiz ozining xursandchiligi va shukronasini turli rasm-rusumlar, udumlar orqali namoyon qiladi.
Ozbeklar qadimdan toylarga boy xalq. Beshik toyi, sunnat toyi, nikoh toyi, askar toyi, uy toyi, muchal toyi, ellik va undan ortiq yoshlarni nishonlash toylari mavjud.
Har bir tantana toygacha, toy davomida va marosimdan song otkaziladigan rasm-rusumlarga ham boydir.
Har bir urf-odat va marosim ozining maqsadi va mohiyatiga kora muayyan shakl va mazmunga ega.
Bularning bari millat manaviyati va obrosini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |