Navoiy viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malasini oshirish instituti


Download 173.5 Kb.
bet7/18
Sana15.06.2023
Hajmi173.5 Kb.
#1481119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
Navoiy viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malasini os

(150 so‘z).


VATANPARVARLIK

Har bir inson o‘z tug‘ilgan yurtiga bo‘lgan muhabbati va sadoqatini turli shakllarda ifoda etadi. Kimdir sidqidildan mehnat qilib, vatanning moddiy boyliklarini oshiradi, uning iqtisodiy qudratini mustahkamlashga hissa qo‘shadi. Yana birov, betakror iste’dodi va kuch-g‘ayratini ona diyor ravnaqi, uning obro‘-e’tiborini yuksaltirish yo‘lida safarbar etadi. Yana kimdir, Vatan sarhadlarida tun-u kun sergak turib, uning har qarich yerini ko‘z qorachig‘idek asraydi. Bularning barchasi insonga xos bo‘lmish vatanparvarlik deb ataladigan noyob va muqaddas tuyg‘uning amalda namoyon bo‘lishidir. Qachonki odam o‘z ona yurtining dard-u tashvishi, shodlig-u quvonchi bilan hamisha hamnafas yashasa, hatto Vatan uchun jonini ham fido qila olsa, vatanparvarlik shunchaki tuyg‘uga emas, yuksak insoniy fazilatga aylanadi.


Vatanni haqiqiy vatanparvar farzandlar dunyoga tanitadi. Vatan tuprog‘i haqiqiy vatanparvar insonlar tufayli aziz va muqaddas bo‘ladi. Vatanparvarlik Vatan tuyg‘usini anglashdan boshlanadi.
Vatanparvarlik tuyg‘usini tarbiyalashda ko‘p o‘qish, qishloq va mahalla hayotida faol ishtirok etish, ma’raka-yig‘inlarda qatnashish, odamlar bilan muloqot qilish, ularni o‘rganish ham katta ahamiyat kasb etadi. Chunki, inson shular orqali o‘z yurtini yanada yaxshiroq bilib oladi, unga bo‘lgan muhabbati ham ortadi.
(164 so‘z).


MAHALLA-TARBIYA MASKANI

Biz uchun oilamiz ko‘z ochib ko‘rgan dargoh bo‘lsa, mahallamiz muqaddas Vatanimiz ichidagi mo‘jaz vatandir. Zotan, mahalla oilalardan tashkil topadi. Farzandlar oila bag‘rida kamol topgani kabi oila ham mahalla ko‘z oldida barpo bo‘ladi, uning ichida ravnaq topadi. Mahalla oilaning eng yaqin maslahatchisi, ishonchli tayanchidir.


Xursandchilik kunlari ham, boshga ish tushgan onlarda ham bir-biriga hamdard va hamnafas bo‘lish mahalladoshlarning qadimdan kelayotgan o‘lmas xususiyati. Zero, o‘zbek mahallasi shunday bir dargohki, unda insonlar bir-biri bilan opa-singil, aka-uka, quda-anda, do‘st-birodar bo‘lib ketadi. Odamlar o‘zaro quvonch va g‘amlarga sherik, farzand tarbiyasida mas’ul, yutuqlar ham kamchliklar ham mahalla ahliga baravar bo‘lib tushadi. Zero, xalqimiz “Otang-mahalla, onang-mahalla” degan naqlni bilib aytgan.
Darhaqiqat, mahalla o‘zbeklarning tarixan shakllangan, yagona maqsad bilan yashab, faoliyat ko‘rsatuvchi, xalqning turmush tarzi, ruhiyati, ijtimoiy hayotining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi ijtimoiy institutdir. Mahalla milliy an’analarimiz, urf-odatlarimiz, axloqiy-ma’naviy qadriyatlarimizni avloddan avlodga sog‘-omon yetkazuvchi muqaddas maskan bo‘lib kelyapti.
Insonlarning millati, dini, irqi, tili, ijtimoiy kelib chiqishdan qat’iy nazar, ularni ezgulik yo‘lida jipslashtiruvchi katta oila hisoblangan o‘zbek mahallasi barchaning bir-biriga o‘zaro hurmati, muhabbati, mustahkam do‘stligi asosida yashaydi, faoliyat ko‘rsatadi.

Download 173.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling