Navoiy viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malasini oshirish instituti


KAMTARGA – KAMOL, MANMANGA – ZAVOL


Download 173.5 Kb.
bet3/18
Sana15.06.2023
Hajmi173.5 Kb.
#1481119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Navoiy viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malasini os

KAMTARGA – KAMOL, MANMANGA – ZAVOL

Bizning odobimizga ko‘rk qo‘shadigan fazilatlardan biri kamtarlik hisoblanadi. Bu fazilat atrofdagilarning dilini ravshan qiladi, kamtarin insonga hurmat va ehtirom ham o‘zgacha bo‘ladi. Afsuski, oramizda bu fazilatga befarq qaraydigan, o‘zini boshqalardan ustun qo‘yish payida yuradigan bolalar ham uchrab turadi. Xolbuki, bunaqa bolalarning aksariyati o‘zida yo‘q bo‘lgan xislatlarni zo‘rma-zo‘rakilik bilan namoyish qilishga urinadilar. Deylik, haqiqiy bilimdon bola o‘zini ko‘z-ko‘z qilib chiranmaydi, boshqalarning ustidan kulmaydi. Aksincha, u do‘stlarining ham o‘ziga yetib olishini, butun sinf uning bilimidan bahramand bo‘lishini istaydi. Bunday bolalar kimnidir qoyil qoldirish, maqtoviga erishish uchun o‘qimaydilar. Ular uchun bilimli bo‘lish, kitob o‘qib, o‘zini ma’nan boyitish ichki bir ehtiyoj sanaladi.


Demak, kamtarin odam atrofdagilardan o‘ziga nisbatan munosabatda ortiqcha izzat-ikrom, alohida ehtirom talab qilmaydi, izzattalab bo‘lmaydi, muvafaqqiyatlaridan kibr-u havoga berilib, maqtanchoqlik qilmaydi.
Xalqimiz hamisha kamtarlikni ulug‘lab, bu xislatni asrab kelgan.
ELNING DUOSI

Qadim o‘tgan zamonda ochko‘z va xasis bir podsho o‘tgan ekan. Uning yakka-yu yagona qizi bo‘lib, u nihoyatda go‘zal, xushmuomala va oqko‘ngil ekan. Bir kuni malika qattiq betob bo‘lib qolibdi. Podshoh malika huzuriga saroydagi barcha tabiblarni olib kelibdi.


Afsuski, malikaning dardiga davo topilmabdi.
Bir kuni qasr yonidan o‘tib ketayotgan bir qariya malikaning kanizaklari yig‘isini eshitib qolibdi va u soqchilardan ruxsat so‘rab saroyga kiribdi. Malika o‘lim to‘shagida yotardi. Shunda u hammasiga tushunibdi.
Podshohning qilgan aybini qiziga aytibdi. Podshohning yoniga borib, qariya unga shunday debdi: “Podshohim, bir qoshiq qonimdan keching, malikaning bir oylik umri qolgan. Sizning qilgan gunohlaringiz uchun Ollohning jazosi shu. Agar malikaning davo topishini istasangiz, bir oy mobaynida xalqning duosini oling, shunda malika tuzalishi mumkin. Podshohim, elga mol-dunyongizdan tarqating va ortiqcha boj-to‘lov olmang. Shunda siz elning duosiga muyassar bo‘lasiz”, - debdi. Podshoh o‘ylay-o‘ylay qariyaning aytganini qilibdi.
Ko‘p o‘tmay malika tuzala boshlabdi. Podshoh o‘sha qariyani topib kelishni buyuribdi. Lekin hech kim u qariyani ko‘rmagan va u haqda hech narsa eshitmagan ekan. Uni hech kim topa olmabdi.

Download 173.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling