Navoiy viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malasini oshirish instituti
(141 so‘z) O‘ZBEKISTON – YAGONA VATAN
Download 133 Kb.
|
Navoiy viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- (147 so‘z). MEHMON KUTISH MADANIYATI
(141 so‘z)
O‘ZBEKISTON – YAGONA VATAN Vatan deganda biz faqat yurtimiz tuprog‘ini emas, balki uning zaminida bo‘y ko‘rsatgan giyohdan tortib daryo-yu soylari va tog‘-u toshlarigacha, kamtar, mehnatkash, fidoyi, mard odamlaridan to eng mitti jonivorlarigacha o‘zimiz tug‘ilib, unib-o‘sgan makon bilan bog‘liq narsalarning barchasini tushunamiz. Vatan tuprog‘idagi oddiy xas ham, chag‘ir tosh ham bizga muqaddas bo‘lib tuyuladi. Shuning uchun ajdodlarimiz yurt tuprog‘ini ko‘zlariga to‘tiyo etgan, qayga borsa ham Vatan yodi bilan nafas olgan, uni yot narsalardan, shum niyatlardan himoya qilgan. Har bir insonning vatani uning uchun dunyodagi eng go‘zal va muqaddas makon hisoblanadi. Shuning uhcun shoirlarimiz ona yurtimiz- O‘zbekistonimizni olamda tengi yo‘q yagona diyor sifatida kuylaydi. Vatan ozod va mustaqil bo‘lsa, uning bag‘ri jannat bog‘laridek fayzli, odamlari baxtli bo‘ladi. Shuning uchun Vatanning ozodligi va mustaqilligi uning har bir farzandi uchun jon kabi aziz va muqaddasdir. Inson uchun ona yagona bo‘lgani kabi, Vatan ham yagonadir. Shu bois vatanparvarlik oliy fazilat sanaladi, Vatanga xoinlik esa hech qachon kechirilmaydi. (147 so‘z). MEHMON KUTISH MADANIYATI Odamlar orasidagi o‘zaro mehr-muruvvatning ibratli jihatlaridan biri mehmonnavozlikdir. O‘zbek xalqi asrlar davomida o‘zining mehmondo‘stlik udumlarini asrab kelmoqda. Zero, kimningdir uyiga mehmon kelishi–yaxshilik belgisi, mehr-oqibat, o‘zaro iliqlik, insoniylik ramzi. Mehmon bilan birga uyga rizq-ro‘z, hamdardlik, osoyishtalik kirib keladi, ko‘ngilsiyohliklar, gina-kudurat unutiladi, qarindoshlar o‘rtasida totuvlik mustahkamlanadi. Mehmon kutish kishilarda saxiylik, xushmuomalalik sifatlarini tarbiyalaydi, xasislik, xudbinlik, manmanlik illatlarini bartaraf etadi. Mehmon kirgan uyga yangi kayfiyat, yangicha ruh, do‘stlik kirib keladi. Xalqimiz “Mehmon kelsa eshikdan, rizqi kelar teshikdan” der ekan, odamlarni bag‘rikeng bo‘lishga, bu dunyoga hamma o‘zining rizqi bilan kelganiga ishora qiladi. Mehmonning shu fazilati uchun ham kelgan kishining ostiga yangi ko‘rpachalar yoziladi, ohorli idish-tovoqlarda taom tortiladi. Qo‘ni-qo‘shni ham chaqirilib, dilbar suhbatlar quriladi. Albatta, har bir xalqning mehmon kutish udumlari turlichadir. Lekin bizning xalqimiz qaysi millat bo‘lishidan qat’iy nazar, eshikdan kelgan odamning hurmatini joyiga qo‘yib kutib oladi, lazzatli taomlar bilan siylaydi. Mehmondo‘st o‘zbek xalqi azaldan uyiga kelgan kishini ochiq yuz bilan kutib olishga odatlangan. Download 133 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling