Navoiyazot” aj “pvx, ks va M” ishlab chiqarish majmuasi 910-sonli “Xlor, xlor mahsulotlari va kaustik soda” sexining


Ishlab chiqarishning avariya holati turi


Download 0.92 Mb.
bet57/75
Sana11.10.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1697906
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   75
Bog'liq
28.09.23регламент 04,09,23

Ishlab chiqarishning avariya holati turi

Ko‘rsatkichlarning ruxsat etilgan maksimal qiymatlari, ularning oshib ketishi quyidagilarga baxtsiz hodisalarga
olibkelishimumkin

Favqulodda vaziyatni oldini olish yoki bartaraf etish bo‘yicha xodimlarning harakatlari







- avariyani bartaraf etishda ishtirok etmaydigan odamlarni evakuatsiya qilish bo‘yicha shoshilinch choralar ko‘rish;
- shamollatish tizimini o‘chirish;
- favqulodda uchastkani texnologik sxemadan uzish, ehtiyoj bo‘lganda ishlab chiqarishni to‘xtatish;
- xavfli zonani chegaralash va postlarni o‘rnatish;
- elektr energiyasini o‘chirish;
- mavjud yong‘inga qarshi vositalar bilan yong‘inni o‘chirish. Vodorodni yetkazib berishni to‘xtatish, yonish joyiga azot yetkazib berish orqali vodorodni ta’minotini to‘xtatish;
- o‘t o‘chiruvchilar bilan uchrashish va yong‘inni o‘chirishda yordam berish.
Favqulodda vaziyatni va uning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha barcha ishlar “A2B2E2K2AXP3” markali gazga qarshi niqobida va shaxsiy himoya vositalarida amalga oshiriladi.
Favqulodda vaziyat va uning oqibatlari bartaraf etilgandan so‘ng, texnologik reglament va ishchi yo‘riqnomalariga muvofiq ishlab chiqarishni ishga tushirish.



12.6 Texnologik jarayon xavfsiz olib borishning asosiy qoidalari


12.6.1 Birinchi marta ishga tushirish qoidalari
Ishlab chiqarishning birinchi ishga tushirilishi texnologik sozlashning birinchi bosqichi bo‘lib, ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich, muntazam ravishda me’yoriy texnologik rejimga o‘tkazishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini o‘z ichiga oladi.
Ushbu majmua quyidagi asosiy bosqichlardan iborat:
- ishga tushirishga tayyorgarlik;
- ishga tushirish va sozlash.

Ishlab chiqarishning birinchi marta ishga tushirishni amalga oshirish uchun quyidagilar bo‘lishi zarur:


- xavfsizlik, sanoat sanitariyasi va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnomalar;
- tayyorgarlik va ishga tushirish ishlarini tashkil etish rejasi;
- uskunalar uchun pasportlar va har bir turdagi uskunalarni individual sinovdan o‘tkazish uchun hujjatlar;
-uskunalar, kommunikatsiyalarni har tomonlama sinovdan o‘tkazishga va ishga tushirishni boshlashga tayyorligi bo‘yicha ishchi komissiya hujjatlari;
- o‘qitilgan, bilim sinovidan o‘tgan, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar;
- xomashyo zaxirasi;
- barcha zarur uskunalar va reagentlar bilan jihozlangan laboratoriyalar;
-har tomonlama sinov va ishga tushirish ishlarini bajarish tartibi va muddatlarini belgilaydigan ishga tushirish ishlarini boshlash to‘g‘risidagi buyruq, shuningdek ularni amalga oshirish uchun mas’ul shaxslar.
12.6.1.1 Ishga tushirishga tayyorgarlik
Ishlab chiqarishni foydalanishga tayyorlash jarayonida quyidagi chora-tadbirlarni qilish kerak:
- kimyo laboratoriyasida olingan xomashyoning sifatini tahlil qilish (tuz NaCl), reagentlar sifatining GOST (ГОСТ) talablariga muvofiqligini tekshirish;
- ishlab chiqarishning ishini kimyoviy nazorat qilish jadvalini tuzish;
- uskunalar va kommunikatsiyalarni ishga tushirishga tayyorligi to‘g‘risida tegishli hujjatlarni tayyorlash bilan ishlab chiqarish sinovlaridan (gidrotexnika sinovlari, suv sinovlari) o‘tkazish.
Ishga tushirishdan oldin operatsiyalarning umumiy qoidalari:
- korxona dispetcheriga ishga tushirish operatsiyalari boshlanishi to‘g‘risida xabar berish;
- NO‘A va A qurilmalarini ishga tushirish;
- nazorat klapanlarining ishlashini tekshirish;
- barcha jihozlarning to‘g‘ri o‘rnatilganligini tekshirish;
- barcha armaturalarni yopish.
12.6.1.2 ishga tushirish va sozlash ishlari
Ishga tushirish ishlari bosh pudratchi “China CAMC Engineering Co.Ltd” kompaniyasi tomonidan UZOSE-A1-A001 - shartnoma bo‘yicha taqdim etilishi kerak “muhandislik, asbob-uskunalar yetkazib berish va qurilish uchun (tayyor holatda sharti bilan)”.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling