Ishlab chiqarishning avariya holati turi
|
Ko‘rsatkichlarning ruxsat etilgan maksimal qiymatlari, ularning oshib ketishi quyidagilarga baxtsiz hodisalarga
olibkelishimumkin
|
Favqulodda vaziyatni oldini olish yoki bartaraf etish bo‘yicha xodimlarning harakatlari
|
Elektr tokining o‘chishi
|
|
Tarmoqdagi kuchlanishning yo‘qligi elektrolizyorlar va uskunaning elektr motorlarini to‘xtatishga olib keladi.
Elektrtokio‘chganda15 soniyadankeyin, favquloddaelektrta’minotidizelqurilmasiishgatushadi. Bunday holda, quyidagilarni qilish kerak:
- texnologik reglament va ishchiyo‘riqnomalariga muvofiq ishlab chiqarishni o‘chirish.
- smena boshlig‘iga, ishlab chiqarish boshlig‘iga yoki uning o‘rinbosariga, ishlab chiqarish energetigiga, zavod dispetcheriga xabar berish;
- tegishli sexlarga xabar berish;
- ishlab chiqarish bo‘limlarida ta’mirlash ishlarini to‘xtatish. Doimiy ravishda havo muhitini tahlil qilish.
- ish joyidagi yo‘riqnomalarga muvofiq sexni to‘xtatish;
- elektr ta’minoti qayta ishga tushirilganda elektr motorlarining o‘z-o‘zidan yoqilmasligi va nasoslarni quyish paytida o‘chirish klapanlarini yopish uchun ishga tushirgichdagi "To‘xtatish(Стоп)" tugmachasini bosib, uskunaning elektr motorlarini o‘chirishni takrorlash;
Elektr ta’minoti qayta tiklanganda, texnologik reglament va ish yo‘riqnomalariga muvofiq ishlab chiqarishni ishga tushirish.
|
Sovutish vositalarini yetkazib berishni to‘xtashi: aylanma suv; sovutuvchi suv; sovutuvchi tuzli eritma.
|
|
Sovutuvchi tuzli eritmani yetkazib berishni to‘xtatganda quyidagilarni qilish zarur:
- smena boshlig‘iga, ishlab chiqarish boshlig‘iga yoki uning o‘rinbosariga, zavod dispetcheriga xabar berib, sovutuvchi tuzli eritmaning yo‘qligi sababini bilish;
- texnologik jarayonning harorat rejimi ustidan nazoratni kuchaytirish;
Sovutuvchi tuzli eritma uzoq vaqt davomida yetkazib berilmasa, ish joyidagi yo‘riqnomalarga muvofiq ishlab chiqarishni to‘xtatish.
|
Bug‘ ta’minotini o‘chishi
|
|
Bug‘ ta’minotini o‘chib qolishi kaustik sodasining bug‘latish, kuchsiz tuzli eritmani qayta ishlash, tuzni eritish bo‘linmalaridagi texnologik jarayonlarini buzilishiga olib keladi.
- smena boshlig‘iga, ishlab chiqarish boshlig‘iga yoki uning o‘rinbosariga, zavod dispetcheriga bug‘ berilishini to‘xtaganligi to‘g‘risida xabar berish;
- texnologik jarayonning harorat rejimi ustidan nazoratni kuchaytirish;
- bug‘ yetkazib berishni to‘xtash sababini aniqlash. Bug‘ yetkazib berishni uzoq vaqt to‘xtatganda, ish joyidagi yo‘riqnomalarga muvofiq ishlab chiqarishni to‘xtatish.
|
Azot ta’minotini to‘xtashi
|
Kollektor bosimining 0,2 МРа dan kamroq pasayishi
|
Azot ta’minoti to‘xtatilganda, nosozlikni tezda bartaraf etish va azot ta’minotini qayta tiklash uchun choralar ko‘rish kerak.
|
Texnologik siqilgan havo ta’minotini to‘xtashi
|
Kollektor bosimining 0,35 МРа dan kamroq pasayishi
|
Texnologik havo ta’minoti to‘xtatilganda quyidagilarni qilish zarur:
- smena boshlig‘iga, ishlab chiqarish boshlig‘iga yoki uning o‘rinbosariga, zavod dispetcheriga xabar berish, havo yetishmasligi sababini aniqlash;
- siqilgan havo yetkazib berish quvurlarida o‘chirish armaturalarini yopish;
- qoldiq bosimni chiqarib yuborish;
- ish joyidagi yo‘riqnomalarga muvofiq ishlab chiqarishni to‘xtatish.
|
|
|
Favqulodda vaziyat va uning oqibatlari bartaraf etilgandan so‘ng, texnologik reglament va ishchi yo‘riqnomalariga muvofiq ishlab chiqarishni ishga tushirish.
|