«navoiyazot» aj «tasdiqlayman»
Distillash ustunlari tizimini ishga tushirish
Download 242.44 Kb.
|
915 sex reglamenti
12.7.1.12 Distillash ustunlari tizimini ishga tushirish.
1.12.1 Ishga tushirishdan oldin tayyorgarlik ishlari. Distillash ustunining ishga tushirilishi asosiy operatsiya hisoblanadi, chunki tizimni ishga tushirish jarayonida texnologik jarayonda harorat, bosim va tashishda sezilarli o'zgarishlar sodir bo'ladi. Shu sababli, ushbu operatsiyalarni to‘g‘ri boshqarish, normal ishlab chiqarish imkoniyatini beradi, to'g'ridan-to'g'ri ishga tushirish vaqtining davomiyligi, uning ish vaqtini to‘g‘ri taqsimlash bilan bog'liq. Uskunani ishga tushirishdan oldin quyidagi operatsiyalar bajarilishi kerak: 1) "Qurilish-montaj ishlari, sovutish uskunalari va havo ajratish moslamasini qabul qilish standartlari" o'rnatish, sinovdan o'tkazish va tekshirish GB50274-2010 talablariga javob berishi kerak. 2) Ushbu havo ajratish uskunasi to‘liq qurilma to'plamiga tegishli. Alohida talablar yoki umuman tizimga qo'yiladigan talablar asosida sinov o'tkazib tugallangandan so‘ng, tekshirish ishlari amalga oshiriladi. 3) Moslamalarning havoni tozalash tizimini almashinuv jarayoni belgilangan tartibda ishlashi kerak. 4) Havo ajratish zavodining texnologik chizmasiga muvofiq ketma-ket tekshirilishi butun va barcha quyi tizimlarga muvofiq amalga oshirilishi kerak, shuningdek, har bir o'rnatilgan qurilmalar uchun barcha ulanishlar to'g'ri amalga oshirilganligini chizmalarni tekshirgan holda ishonch hosil qiling. 5) Boshqarish va nazorat qilish tizimiga va elektr jihozlari tizimi bo'yicha ko'rsatmalarga muvofiqligini, shuningdek, o'lchash asboblari, ishlab chiqaruvchining elektr jihozlari bo'yicha ko'rsatmalari, elektr jihozlarining barcha qismlari tekshirilishi kerak, tizim quvurlari o'rnatilishi xatoliklarning yo'qligini talab qiladi, hamda, elektr jihozlari liniyalarining nuqsonsiz ishlashini lozim. Barcha elementlar ishga tayyor holda bo'lishi kerak. 6) Sovutuvchi qurilma ichida joylashgan barcha sig‘im konteynerlari, klapanlar, quvurlar, (NO‘AvaAsi quvurlarini hisobga olgan holda), to'liq tozalanishi, isitilishi, quritilishi, hech qanday aralashmalar bo'lmasligi kerak, past haroratda ishlaydigan barcha mexanizmlar va quvurlar yog'dan tozalanishi lozim. Kislorod bilan aloqa qiladigan sig‘im konteynerlarni va quvurlarni yog'dan tozalangan va shamollatilgan bo‘ilishi lozim. 7) Qayta ulagichlar, saqlagichlar, bosimni pasaytirish klapanlar, drosselli klapanlarni ishga tushirish paytida xatoliklarga tekshirilishi kerak, shuningdek ishchi holatida bo‘lgan klapanlar erkin ochilishi va yopilishini tekshirish lozim. 8) Sovutish moslamasi, quvurlar va issiqlik izolyatsiyasini talab qiladigan boshqa materiallar issiqlik izolyatsiyalash materiallari bilan to'ldirilishi yoki to'g'ri izolyatsiya qilinishi kerak. 9) Sovutish suvi quvurlari suvsiz bo‘lmasligi shart, bu tizimda suv va yog' oqishi kuzatilmasligi lozim, shuningdek bu hudud ish holatida bo'lishi kerak. 10) NO‘AvaA havosi tizimi ish holatida bo'lishi shart, qurilmalar tizimining bosim ta'minoti ostidagi qurilmalarida chang bo'lmasligi kerak, shuningdek NO‘AvaA havosi tizimi quruq va yog'sizlanishi kerak. 11) Qog'ozli lenta, kerakli asboblar va ehtiyot qismlar oldindan tayyorlanishi kerak. Download 242.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling