«navoiyazot» aj «tasdiqlayman»
Tozalash tizimini ishga tushirish
Download 242.44 Kb.
|
915 sex reglamenti
12.7.1.11 Tozalash tizimini ishga tushirish.
Xom havo kompressorini va havoni dastlabki sovutish tizimini ishga tushirish kerak. Havoni ajratish operatori tozalash moslamasini almashtirish uchun adsorberning quyidagi ishlash bosqichlarini bajarishi kerak va tizimning normal ishlashini ta’minlashi lozim. 1) Ishga tushirish dasturi gaz holatiga qarab, avtomatik tarzda molekulyar sitoni ishga tushiradi, sinov amaliyoti avtomatik tarzda olib boriladi va klapanlar holati ham tekshiruvdan o'tkaziladi. a) Birinchi tozalagich isitish, ikkinchi tozalagich ish holati rejimida ishlashini kuzatgan holda, ishning borishini tekshirish kerak. (masalan, D611001A ishlash holatida, D611001Bda harorat ko'tarilishi lozim). b) Tozalash tizimidagi barcha klapanlar qo'l boshqaruv rejimda va to'liq yopiq ekanligiga ishonch hosil qiling. 2) Kompressorning chiqishidagi bosim barqaror ekanligiga va dastlabki sovutish tizimining to'g'ri ishlayotganligiga ishonch hosil qiling. 3) EN611001A/EN611001B elektr isitgichni yoqing (ixtiyoriy ravishda ikkita kirish klapanlari EN311001A, EN611001B, EN611001C), kirish klapanlari (V03007/V03008) va kirish va chiqish klapanlari (V03010/V03011)ning elektr isitgichlarini ishga tushiring. DCS yordamida elektr isitgichni ishga tushirilishini va to'xtatilishini boshqaradi. 4) Dastur isitish holatiga o'tayotganda, molekulyar sita dasturiy ta’minot tomonidan to'xtatiladi, bunda, qo'l boshqaruvi rejimida molekulyar sito gaz bilan to'ldirish holatiga o'tkaziladi. 5) Bosimi ortirish tugagandan so'ng, bosimni oshirish klapani yopiladi, molekulyar sito tiklangandan so‘ng dastur yordamida to'xtash holatiga o‘tadi, bunda DCSda xatolik yo'qligiga ishonch hosil qiling. 6) V03005 klapanini asta-sekin ochish kerak, keyin havo oqimi teng ravishda 20,000Nm3 / soat ga yetkazish kerak, 611PG03002 bo'yicha bosim 12 kPa bo'lishi kerak. Keyin dasturiy ta'minotni boshqarish tizimiga kirib, DCSda elektr isitgichni ishga tushirishingiz, molekulyar sitoni o'chirishingiz lozim. 7) Molekulyar sitolash bir davrga ishlagandan so'ng, D611001AB adsorberida CO2 miqdori 2,0 ppm dan oshmasa, o'lchash moslamasini avtomatik rejimga o'tkazish mumkin, keyin V05006 klapanini oching, V05008 klapanini yoping. Ushbu ishlarning ketma-ketligi uchun 1.11. jadvalga qarang. 12.7.1.11-jadval
Download 242.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling