Navoiydavlatpedagogikainstitutisan`atshunoslikfakultetitasviriysan`atvamuhandislikgrafikasikafedrasining 202 –yil dagi –sonliyig`lishqaroridan
II bob TASHQI SILINDRIK YUZALARI VA ULARGA ISHLOV BERISH TURLARI
Download 358.47 Kb.
|
II bob TASHQI SILINDRIK YUZALARI VA ULARGA ISHLOV BERISH TURLARI.
Detallarning tashqi silindrik yuzalari va turlari. Аylаnmа jism shаkligа egа bo`lgаn dеtаllаrni uch sinfgа bo`lish mumkin: vаllаr, vtulkаlаr vа disklаr. «Vаllаr» sinfigа vаllаr, vаliklаr, o`qlаr, bаrmоqlаr, tsаpfаlаr vа shungа o`хshаsh dеtаllаr kirаdi. Bundаy dеtаllаr silindrik, bаg`zidа kоnussimоn vа bir nеchа tоrеtsli sirtlаrning tаshqi аylаnmа sirtlаridаn хоsil bo`lаdi. «Vtulkаlаr» sinfigа vtulkаlаr, vklаdishlаr, gilzаlаr vа shungа o`хshаshlаr kirаdi. Bundаy dеtаllаr tаshqi vа ichki silindrik sirtlаri mаvjudligi bilаn hаrаktеrlаnаdi. «Disk» sinfigа disklаr, shkivlаr, mахоviklаr, hаlqаlаr, flаnеtslаr vа shungа o`хshаshlаr, yag`ni ulаrning diаmеtri uzunligidаn bir nеchа bаrоbаr kаttа vа dеmаk, tоrеts sirti kаttа bo`lаdi. Ko`pinchа vаllаr prоkаtdаn tаyyorlаnаdi. Bu sinfgа kirаdigаn bоshqа dеtаllаr pоkоvkа, shtаmpоvkа vа аyrim хоllаrdа quymа usulidа оlinаdi. Prоkаt mаtеriаllаr kichik vа kаttа (150-200 mm) diаmеtrli vаllаr tаyyorlаshdа qo`llаnilаdi. Silliq vаllаrning tаyyorlаmаlаri uchun tаyyor vаl diаmеtrigа yaqin diаmеtrli chiviq оlinаdi, yag`ni mехаnik ishlоv bеrish uchun minimаl ruхsаt etilgаn qo`yim kоldirgаn hоldа. Pоg`оnаli shаkldаgi vаllаr uchun, аyniksа оmmаviy ishlаb chiqаrishdа tаyyorlаmаlаr shtаmplаsh yo`li bilаn оlingаni mаqsаdgа muvоfiq bo`lаdi, yag`ni qirindi kаmrоq хоsil bo`lаdi. Vаl vа аylаnmа jism bo`lgаn bоshqа dеtаllаr tаyyorlаmаlаrini yo`nishning quyidаgi ko`rinishlаri mаvjud: хомаки yo`nish, tоzа yo`nish, tоzа аniq vа yupqа yo`nish. Xomaki yo`nishda (yoki shilishda) – o`lcham aniqligi 10–12 kvalitetda, yuza tozaligi esa 4 sinfga etkazilishi mumkin; Toza yo`nishda – o`lcham aniqligi 9–11 kvalitetda, yuza tozaligi esa 7 sinfga etkazilishi mumkin; Yupqa yo`nishda – o`lcham aniqligi 5–7 kvalitetda, yuza tozaligi esa 10 sinfga etkazilishi mumkin; Yuqоridа ko`rsаtilgаn dеtаllаrni turli dаstgоhlаrdа: tоkаrlik–vint qirqish, tоkаrlik-rеvоlg`vеrli, ko`pkеskichli, tоkаrlik-kаrusеlli, bir vа ko`p shpindеlli tоkаrlik yarim - аvtоmаt vа аvtоmаtlаrdа ishlоv bеrilаdi. Keltirilgan dastgohlarda quyidagi operasiyalarni bajarish mumkin: – tashqi silindrik, konussimon va shakldor yuzalarni yo`nish; – silindrik va konussimon ichki yuzalarni yo`nib kengaytirish; – yon yuzalarni yo`nish; – kanavkalarni va faskalarni qirqish; – tashqi va ichki rezbalarni qirqish; – parmalash; – zenkerlash; – razvertkalash; – zenkovkalash; – markazlash; – qirqib tushirish; – rifleniya nakatlash Tokarlik guruxidagi dastgohlarda ishlov berishda detal markazga o`rnatiladi yoki patronga va planshaybaga maxkamlanadi. Kalta silindrik detallar, pokovkalar, shtampovkalar va quymalar 3 quloqli patronlarga maxkamlanadi va ayrim hollarda 4 quloqli patronlar qo`llanilishi mumkin. Yirik o`lchamli detallar, asosan, 4 quloqli patronlarga mahkamlanadi. Bikirligi past bo`lgan vallarni (ya`ni diametrining uzunligiga nisbati 12 bo`lgan) tokarlik dastgohlarida ishlov berishda lyunetlardan foydalaniladi. Lyunetlar ikki xil qo`zg`aluvchan va qo`zg`almas bo`lishi mumkin. Qo`zg`almas lyunet dastgoh staninasiga, qo`zg`aluvchan lyunet esa karetkasiga o`rnatiladi. Qo`zg`aluvchan lyunet bevosita keskich bilan izma-iz boradi va ishlov berilgan yuza lyunetning quloqlariga tayanib boradi. Agar ishlov berilayotgan yuzaning boshqa yuzaga nisbatan o`qdoshligini ta`minlash talab etilsa, lyunet keskichdan oldinda (ilgari ishlov berilgan yuzaga) joylashgan yuzaga o`rnatiladi. Yuqori tezlikda yo`nishda lyunetning quloqlari sezilarli ishqalanishni hosil qiladi, ishqalanishni kamaytirish maqsadida ular aylanuvchi roliklarga almashtiriladi. Vallarni va boshqa aylanish detallarning tashqi yuzalarini yo`nish ikki bosqichdan iborat: xomaki (dastlabki) va tozalab (yakuniy) ishlov. Хоmаki yo`nishdа qo`yimning kаttа qismi оlinаdi, ishlоv bеrish kаttа kеsish chuqurligidа, surishning kаttа qiymаtidа bаjаrilаdi. Seriyali va ommaviy ishlab chiqarish sharoitlarida xomaki ishlov berish, quvvati kattaroq bo`lgan, aloxida dastgohda bajariladi. Prokat zagotovkalardan pog`onali vallarni tayyorlashda ishlov berish quyidagi sxemalarda olib borilishi mumkin. 3.1.-rasmda pog`onali valni tayyorlashning 3 ta sxemasi keltirilgan (bunda sonlar bilan o`tishlarning tartib raqami harflar bilan esa valning pog`onalari belgilangan). a–sxema bo`yicha ishlov berganda har bir pog`onani yon yuzasidan boshlab 3 marta o`tishda yo`nib chiqariladi: 1–o`tishda A, B va C; 2–o`tishda A va B; 3–o`tishda A yuzaga ishlov beriladi. b–sxema bo`yicha ishlov bergandavalning har bir pog`onasi aloxida ishlov beriladi: A pog`ona katta kesish chuqurligi tufayli ikki o`tishda ishlov beriladi (1- va 2– o`tishda); B pog`ona bitta o`tishda (3–o`tishda); C pog`ona ham bir o`tishda (4–o`tishda) ishlov beriladi. Kombinasiyalashgan usulda c–sxema bo`yicha ishlov berganda C pog`ona 1–o`tishda yon yuzadan boshlab ishlov beriladi; 2–o`tishda A– pog`ona ham yon yuzadan boshlab ishlov beriladi va C yuza 3–o`tishda ishlov beriladi. Qaysi usulda ishlov berishni tanlash har bir pog`onaga qo`yilgan quyimlarni miqdoriga va pog`onalar o`lchamlari nisbatiga (val va diametr) bog`liq holda tanlanadi. Ishlov berishda eng kam vaqt talab etiladigan usul nisbatan samarador usul hisoblanadi. Tokarlik dastgohlarida ishlov berganda detalni va keskichni mahkam o`rnatishga e`tibor qaratish zarur. O’quvchilarni loyihalashga o’rgatishning birinchi bosqichi bu detallarni qayta loyihalash.Ya’ni chizmadagi berilgan detallarni shaklini o’zgartirish ularga yangilik kiritish orqali ularning loyihalashga bo’lgan tushinchasini oshirish lozim.Qachonki o’quvchi har bir narsa haqida tushincha hosil qila olsagina undan sifatli bilim va natija kutish mumkin. Dars jarayonida o’quvchilarga qanday qilib chizmalarni loyihalash mumkinligini tayyor chizma detallar orqali ko’rastish lozim. Misol uchun 1 – chizma a) detal shakli berilgan. Unda loyihalashning o’quvchilar uchun soddalashtirilagan holatda ya’ni nuqtalar orqali tushinarli tarzda 1 – chizma b) ko’rsatilgan. Bu detal orqali o’quvchilarni loyihalashga bo’lgan tasvvurini oshirishga hamda loyihalash haqida tushinchaga ega bo’lishga o’rgatadi. Detal shaklini fikran o’zgartirib, uni qayta ijodiy loyihalangan holatini tassavur qilish o’quvchini fikrlash qo’zg’atuvchanligini o’stiradi. Dars jarayonida o’quvchilarni yanada darsni o’zlashtirishda, ularga loyihalashga oid detallar berilsa ularni qanchalik darsni yahshi o’zlashtiriyotganligini bilib olish mumkin. Loyihalashga doir masalar, detallar o’quvchilarning texnik – texnologik ijodiy qobilyatini rivojlantirishda asosiy vosita hisoblanadi. Endi o’quvchilarga vazifa qilib beriliyotgan detallar misolida tayyor detallarni misol tariqasida berilsa, ularning berilgan vazifani qanchalik to’g’ri bajarishga hizmat qiladi. Misol uchun 2 – chizma a) da detal berilgan. Detalning vaznini kamaytirish maqsadida uning shakli geometriyasi qisman o’zgartirilgan. Natijada 2 – chizma b, c, d lardagi ko’rsatilganday ko’rinishga keladi. Endi o’quvchilarga shu kabi detallar vazifa qilib berilsa, vazifani alo darajada bajarishga hizmat qiladi. Vazifa detallarning ko’rinishlari orqali ularning vaznini kamytiring (3 – chizma, A, B, C). Bu vazifalar orqali o’quvchilarni ham ijodiy qobiliyatini, ham tassavurini oshirishga, yanada darsni o’zlashtirishga hizmat qiladi. O’qituvchi o’quvchilarini dars jarayonida ularga tayyor detallar beribkina qolmay, endi ularning o’zlari yangi detallar yaratishiga imkoniyat berishi lozim. Bunda ularga “plastilin” orqali detal yaratish va ularni loyihalash vazifasi beriladi. Bundan maqsad ular endi o’z qo’llari bilan yartgan detallarni his qila olishi va o’quvchilarni qanchalik tasavvurga ega ekanligini bilib olishi mumkin. O’quvchilar bu vazifa orqali yanada fikrlashga, tasavvur qilishga, va ijodiy qobilyatini shakillantirishga erishiladi. Endi ular loyihalash nima ekanligini, loyihalash orqali nima qila olish mumkinligi haqida tushinchaga ega bo’ladi. Bunday tushinchaga ega bo’lgan o’quvchi darsni yahshi o’zlashtira olgan deb ayta olish mumkin. Dars jarayonidan ko’zlangan maqsad, o’quvchilarni loyihalashga bo’lgan qiziqishini oshirish, tasavvurini o’stirishga qaratilgan. Necha davrilardan, zamonlardan beri barcha uy – ro`zg`or xo’jalik buyumlarining chiroyli ko’rinishga va ixcham shaklga kelishida loyihalashning o’rini kattadir. Shundan ko’rinib turibdiki loyihalash orqali ancha muvaffaqiyatlarga erishish va yangiliklar yaratish mumkin. O’quvchilarni loyihalashga o’rgatish orqali kelajakda ular ham shu kabi yangiliklar yaratishi va muvaffaqiyatlarga erishishga, hizmat qilishimiz mumkin. Hozirgi vaqtda ta'mirlash tarmogida qo’llaniladigan xilma-xil qayta tiklash usullarini shartli ravishda galvanik va payvandlash-qoplash usullariga bo’lish mumkin. Ushbu bandda kurilayotgan usullar eng ko’p kullanadi, ular qo’zg’almas birikmalarga ega va kam miqdorda yeyilgan valsimon detallarni qayta tiklash nuqtai nazaridan yoritiladi. Bundan tashqari, ta'mirlash tarmoqlarida xali kullanmayotgan, lekin istiqbolli imkoniyatlarga ega usullar ham ko’rib chiqiladi. O’z vazifasini bajarilmayotgani yoki biroi bir nuqsoni bor detallar har xil usullar bilan qayta tiklanadi, u yoki bu usulni tanlashda defekt turiga, etilish darajasiga materialning turiga unga qo’yilgan talablarga va xokazolarga qarab tanlanadi. Eyilgan detallarni shakli va o’lchamlarni tiklash uchun plastik deformatsiya mexanik ishlov berish usullari qo’llaniladi. Yuqoridagilarni xisobga olib detallarni qayta tiklash usullari quyidagilarga bo’linadi. 1) Payvanlash va qoplash. 2) Purkash usullari (gaz alangasi yordamida, plazma, lazer yordamida) 3) Kimyoviy va galvanik usullar (xromlash azotlash, nikellash, toblash. 4) Bosim ostida ishlov berish usullari (chuktirish, to’g’rilash qisish bukish). 5) Qirqish usullari (frezerlash, jilvirlash, parmalash). 6) Ishqalanish vositasida tiklash. 7) Polimer materiallar va kompazitsiyalar yordamida tiklash. Yuzalarni payvandlash va qoplash. Yuzalarni payvandlashda asosan quyidagi payvandlash usullar qo’llaniladi: 1) Elektr yoy yordamida payvandlash va koplanadi. 2) Avtomat usulda flyus yordamida payvandlash va qoplash. 3) Ximoya gazlarni muxitida payvandlash va qoplash. 4) Vibro yoy yordamida payvandlash va qoplash. 5) Elektr shlak yordamida qoplash. Birinchi 4 ta usul detal bilan elektrodni qisqa tutashish natijasida xosil bo’lgan elektr yoy xisobiga payvandlanuvchi yuzalarni va elektrodni erish jarayoni eruvchanlik koeffitsienti bilan harakterlanadi. U quyidagicha aniqlanadi: aр= Qp/It (1) Qp- erigan metalning massasi.I- payvandlash tokining kuchi t- erish vaqti. Qoplash koeffitsienti ham shunday aniqlanadi. aн= Qн/It (2) Detallarni payvandlash va qoplashda ish rejimiga e'tibor berish kerak, ish rejimini asosan tok kuchi bilan ifodalash mumkin. Masalan: 2-4 mm qalinlikdagi detalni payvandlashda 3-4 mm bo’lgan elektrod qo’llaniladi. Tok kuchi 0,75-120amper U=18-25 voltga teng. Agar nq=6-10 bo’lsa elektrod dq=5-6 Iq=200-400 amper Uq=25-40 volt. Yuqori marganetsli koks-tsion po’latlarni payvandlashda qo’llaniladigan elektrodlar sv-10 x 20 n 15, sv-08nz.Cho’yanlarni payvandlashning o’ziga xos xususiyatlari shundan iboratki u sovuq xolatda payvandlanib maxsus eletrod qo’llaniladi.Masalan: o’zini ximoyalovchi nikel asosidagi elektrodlar PANCh 11 mis asosidagi edektrodlar MNCh-1-2. Mis temir asosidagi elektrod OZCh. Cho’yanlarni payvandlashda quyidagi rejim qo’llaniladi. d=1-2 bo’lsa, I=80-180 amper, U=14-18 volt. Cho’yanlarni payvandlashda asosan FSCh flyuslar qo’llaniladi. Uning tarkibi 50% azotlangan natriy bularga va kaltsilangan soda cho’yanlarni payvandlangandan so’ng ularni pechda sekin sovitilishi kerak. Galvanik usullar. Detallarni galvanik va kimyoviy qoplamalar yordamida qayta tiklash. Galvanik metodlar asosida detallar yuzasini qoplash, elektrolitlardan elektr toki o’tishi natijasida metal atomlarni yuzalariga utirib qolishiga asoslangan elektrolitlar sifatida kislotalar, ishqorlar hamda metallarning suvdagi tuzli eritmalaridan foydalaniladi. Elektrolitlardan elektr toki o’tish natijasida metallar ioni musbat zaryadlanib manfiy zaryadlangan detallar yo’ziga utiradi va qoplama xosil qiladi. Detallarni qayta tiklashda quyidagi galvonik usullar qo’llaniladi. Xromlash, nikellash va ruxlash. Bu qoplamalarni qilishdan maqsad yeyilishiga, karroziyaga bardoshlilik uchun qilinadi. Shulardan xromlash bu usul yeyilgan yuzalar 0,2-0,3 mm kullanilib bu usul kullanilganda metalning strukturasiga ta'sir qilmaydi. Xromlash texnologik jarayoni quyidagi operatsiyalardan iborat. 1) Yeyilgan yuzani to’g’rilab qirqiladi. 2) Yuzani kerosin, benzinlar bilan yaxshilab tozalanadi. 3) Koplanmaydigan uchastkalar yaxshilab berkitiladi. 4) Elektr vannani yaxshilab tayyorlanadi. 5) Elektrolitlarni tozalanadi buning uchun uning tarkibiga yodli natriy 100 gr litr suyuq shisha 2-3 gr litr. 6) Xromli vannani anodli ishlovdan o’tkaziladi buning uchun 5-6 minut toksiz ishlab turiladi so’ng 90 sekundgacha anodli tok yuboriladi. 7) Xrom qoplamasi berilgan rejimda tayyorlanadi. Masalan universal elektrolit tarkibi 250 gr 1 litr xromli angedrit 2,5 gr 1 litr sernaya kislota harorat 50-60 % tok zichligi 40-100 AG`dm2 tokning chiqishi 10-12 % Xromlash usuli maxsus 2 taglik vannada bajariladi, uning biri elektrolit kuyuvchi bak bo’lib yuzasi ishkor va kislotalarga chidamli kurgoshin yoki vini plastdan koplanadi. Bu usullarning payvandlash-qoplash usullaridan eng katta farqi shuki, galvanik usullar yordamida kam eyilgan detallarni qayta tiklash imkoniyati mavjud. Bundan tashqari, qayta tiklash jarayonida detal materialida strukturaviy o’zgarishlar sodir bulmaydi. Galvanik qoplangan metallar o’z mexanik xossalari bilan quyma metallardan farq qiladi. Maxsus sharoitda xosil bo’lgan galvanik qoplangan metallar o’zgargan kristalli panjaraga ega bo’lgani uchun ular o’ziga xos mexanik xossalari bilan tavsiflanadi: qattiqligi, eyilishga chidamliligi, uzilishga bardosh berishi va xokazo. Bu usullarning afzalligi shuki, elektroliz jarayoni rejimlarini o’zgartirish yo’li bilan tanlangan metallning mexanik xossalarini ko’p miqdorda o’zgartirish mumkin va shu bilan har bir xolatda kerak bo’lgan qattiqlik, mustahkamlik, eyilishga chidamlilik va boshqa mexanik xossalarni ta'minlash mumkin.Xromlash. Xromli elektrolit haroratini, kontsentratsiyasini va tok zichligini o’zgartirish yo’li bilan mexanik xossalari bir-biridan farqlanadigan qoplamalarni olish mumkin. Kulrang qoplamalar yuqori qattiqligi (900-1200 NV) va eyilishga chidamliligi bilan ajralib turadi, lekin ular ancha murt bo’ladi. Yaltiroq qoplamalar qattiq (600-900 NV) va yeyilishga chidamli. Bu qoplama murtligi kulrang qoplamalarga nisbatan kamroq, lekin bari bir katta. Xromning sut rangli chuktirmalari qattiqligi uncha katta bo’lmasa ham (400-600 NV), lekin ular yetarli darajada plastik va yeyilishga chidamlidir. Xromli qoplamalar kichik ishqalanish koeffitsientiga ega (0,13), bobit bilan ishkalanganda va 0,16 po’lat bilan ishlanganda, yuqori issiqlik o’tkazuvchanligiga ega, issiqlikka bardosh berish xususiyatlari yuqori darajada, korroziyaga chidamli, kimyoviy inertli, to’g’ri chiziqli kengayish kichik va xokazo. Hozirgi vaqtda qo'llanilayotgan issiq elektrolitli xromlashning texnologik jarayoni bir necha kamchiliklarga ega: - xrom cho’kishining kichik tezligi (10-20 mg/soat) ; - tok bo’yicha kam cho’kishi (13-15 ); - kichik elektroqimyoviy ekvivalent (0,323 g/soat) ; - yangi elektrolitning tok bilan katta muddatda ishlanishi ; - issiq elektrolitning ko’p miqdorda bug’lanishi; - xromli qoplamaning yaxshi xo’llanmasligi, elektrolit kontsentratsiyasini doimo ushlab turish kerakligi; - katta hajmli ishlab chiqarish maydonlarining kerakligi va ishchi uchastka tashkil qilish uchun katta sarflar kerakligi; - takchil va kimmatbaho materiallar kerakligi, tayyorgarlik operatsiyalari murakkabligi va ko’p mehnat talab qilishi; - qoplamada xosil bo’lgan zararli koldik kuchlanishlarni yo’qotish uchun texnologik jarayonga qo’shimcha operatsiyalar (rolik yoki sharik bilan nakatkalash) zarurligi; texnologik jarayonning ishchilar salomatligiga zararliligi. Metallanish. Har xil qalinlikda qatlam olish (20-30 mkm dan 6-8 mm.gacha) imkoniyati borligi bilan boshqa usullardan ajralib turadi Muxim kamchiliklari tufayli bu usul ta'mirlashda uz urnini topmadi: -qoplanadigan metall zarrachalari uz-uzi bilan va asosiy metall orasida boglanishi yukligi; - tayyorgarlik operatsiyalari tufayli (qum purkab ishlov berish, «uzik rezba» qirqish, g’adir-budir xosil qilish) detalning charchashga mustahkamligi keskin kamayishi; Po’latlash. Xromlashga nisbatan po’latlash samarali va unumli, chunki tok bo’yicha chiqishi 75 - 96% ga teng, bu esa cho’kish tezligi xromlashga nisbatan 5-7 barobar yuqori 0,2-0.4 mmG` soatga etadi. Po’latlashda qalin qoplamalar olish mumkin (0,2 mm gacha). Lekin yuqori chastotali tok bilan toblangan qoplama qattiqligi po’lat - 45 dan kam. Asosiy metall bilan yopishganligi 45-48 kg/mm ga teng. Jarayonning kamchiliklariga quyidagilar kiradi. Ishqalanishga chidamliligi past va yuqori chastotali tok bilan toblangan po’lat - 45ning 75 foizni tashkil etadi, charchash mustahkamligini 25-30 % kamayishi (me'yorlangan 45 markali po’latga nisbatan) tayyorgarlik operatsiyalari murakkabligi va katta mehnat talab qilishi; Katta hajmdagi ishlab chiqarish maydoni kerakligi; Xizmat qiluvchilar salomatligiga zararliligi; Payvandlash-qoplash usullari. Payvandlash va qoplash mashina detallarini ta'mirlashning eng asosiy usullari xisoblanadi. Hozirgi vaqtda ta'mirlash korxonalarida payvandlash va qoplash usullari bilan 55 foizdan ortiq detallar qayta tiklanadi. Ta'mirlashda shu usullarning keng qo’llanishi quyidagi omillar bilan ifodalanadi: ularning unumliligi va jarayonning nisbatan oddiyligi; qoplangan qatlamning asosiy metall bilan maxkam birikishi; metallga sifatli qoplama olish imkoniyati (yuqori qattiqligi, eyilishga chidamliligi, oshirilgan qayishkokligi va xokazo). Ushbu usullarning kamchiligi shundan iborat: issiqlik ta'sirida metall strukturasi o’zgaradi va bu mexanik xossalarning pasayishiga olib keladi.Flyus ostida avtomat va yarimavtomat qoplash. Jarayon yuqori unumdorligi bilan tavsiflanadi, bir soatda 3-5 kg metallni, 1 dakikada esa 30-40 sm gacha yuzani qoplash mumkin. Usulning afzalligi shundaki, qoplangan metallni legirlash yo’li bilan kerakli fizik-mexanik xossalarga ega bo’lgan qatlamni olish mumkin. Shu bilan birga, bir qator kamchiliklarga ega: kichik diametrli detal yuzasida (50- 60 mm.dan kam) erigan metallni flyus vannasida ushlab qolish qiyinligi; shlak katkalog’ini chiqarish qiyinligi; ishlash sharoiti qiyinligi (flyus bo’lganligi uchun); yuzadagi qatlamning eyilishga chidamliligini oshirish uchun qoplangan metallni aksariyat xollarda legirlash yoki uning mustahkamligini oshirish kerakligi; qoplash jarayonining manyovri cheklanganligi, kuchli kizish sababli, ayniqsa kichik o’lchamli va massali detallarning fizik, mexanik xossalari yomonlashishi; metallni yupqa qatlamli qilib qoplash mumkin emasligi. Karbonat-angidrid muxitida avtomat va yarimavtomatli qoplash. Karbonat angidrid muxitida qoplash bir qator muxim afzalliklarga ega. Ulardan asosiysi flyus ostida avtomatli payvandlashga nisbatan yuqori unumdorligi (18-20 sm gG`min) va qoplashning yuqori koeffitsientliligi. Ushbu usul bir qator texnologik afzalliklarga ega: qoplash jarayonini kuzatib, tekshirish mumkinligi; jarayonni tuxtatmasdan bir necha qator valiklarni qoplash mumkinligi; kichik diametrdagi detallarga qo’llash mumkinligi; yupqa qatlam (0,8-1,0 mm) qoplash mumkinligi. Kamchiliklariga quyidagilar kiradi: katod elementlarning quyib, bug’lanib ketishi; erigan metall vannasida vodorod va azot bo’lganligi tufayli chokda kovaklar xosil bo’lishi; elektrod materialning ko’p qismi (10-15 % gacha) sachrab ketishi; yuqori qattiqlikka ega bo’lgan qatlamni faqat yuqori legirlangan sim yoki kukunli sim va, keyinchalik, termik ishlov berish bilan olish mumkinligi. Tebranma yoy yordamida qoplash. Tebranma yoy yordamida qoplash usuli ta'mirlash korxonalarida quyidagi afzalliklari tufayli keng kullanilmoqda: arzon elektrod materiallar va oddiy uskunalar qo’llaniladi; unumdorligi ancha yuqori (30-40 smG`min ); qoplangan qatlam asosiy metall bilan yaxshi birikadi (50-54 kg/mm ): qoplash jarayonida detal deyarli kizimaydi, chunki suv bilan uzluksiz sovitilib turiladi; detal deyarli deformatsiyalanmaydi. Yuqorida ko’rsatilgan afzalliklar bilan birga ancha kamchiliklari ham mavjud: katta ichki kuchlanishlar sodir bo’lishi tufayli qoplangan qatlamda darzlar xosil bo’lishi ; legirlovchi elementlarning quyib, bug’lanib ketishi (legirlovchi elementlarning 30-40 % igacha ); qoplangan qatlamda ko’p miqdorda kovaklar va Bo’shliklar xosil bo’lishi; qoplangan qatlam qattiqligi etarli darajada emasligi (o’rtacha qattiqligi 45-48 NRC dan oshmaydi) va teng taksimlanmagan «dogsimon»ligi; detalning charchashga mustahkamligining keskin pasayishi (60% gacha); detalning ko’p miqdorda sachrab ketishi (elektrod material 20%gacha); 0,8-1,0 yupqa qatlamni qoplashda jarayonning borish tekisligi yomonlashadi; har xil diametrli detallarni qoplashda jarayon rejimlarini tanlash qiyinligi; Elektromexanikaviy ishlov berish. Elektromexanikaviy ishlov berishda detalga tok o’tkazuvchi asbob suqilishi tufayli sirtdagi metallning taksimlanishi sodir bo’ladi. Spiralsimon chiziqlar tekislangandan keyin val diametrining kengayishi 0,4 mm dan oshmaydi. Termik ta'sir bo’lganligi uchun val bo’yinlari toblanib qoladi. Detalning charchashga mustahkamligi 10-12% gacha ortadi. Xosil bo’lib qolgan ariqchalarni har-xil materiallar bilan to’ldirish, masalan sim payvandlash, tavsiya etiladi.Sim payvandlash tok o’tkazuvchi rolik bilan bajariladi. Metallografik tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, sim arikchalarni yaxshi to’ldirar ekan va kushilgan metallning birikish mustahkamligi tangensial siljitishda har xil markali simlar uchun 10-12 kg/mm ga etadi. Detal yuzalariga plastik deformatsiya yordamida ishlov berish. Bu usul detallarning materiallarning plastik deformatsiyalanishiga asoslangan ya'ni ma'lum bosim ostida ular o’zining shakl va o’lchamlarining o’zgartiradi. Bosim ostida deformatsiyalanishiga asoslangan qayta tiklashning quyidagi asosiy turlari mavjud. 1) Kerish (kengaytirish) 2) Qisish. 3) Chuktirish 4) Egish. Bundan tashqari bosim ostida detal yuzalarini mustahkamligi oshiriladi. Bunday usullarga rolik yoki sharik bilan ishlov berish.Tashqaridan ichkaridan mayda po’lat sharchalarni bosim ostida otish olmos yordamida silliklash.Kimyoviy termik ishlov berish bilan qayta tiklash. Detal yuzalarini kimyoviy termik ishlov berish bilan qayta tiklashga quyidagi usullar kiradi. Azotlash, uglerodga boyitish, tsionlash borlash. Detallar yuzalarini antifriktsion qoplamalar va polimerlar bilan qayta tiklash. Detallarni remont razmeriga qirqib qayta tiklash bunday usullar asosan vallarning bo’yinlari remont qilinadi razmerlariga kirqilib qayta tiklanadi.O’z ish qobiliyatini yo’qotgan detallar turli usullar bilan qayta tiklanadi. Bunda detalning yeyilish kattaligiga, buzilgan joy harakteriga, material qattiqligaga, dopusk va o’rnatishiga qarab qayta tiklash usuli tanlanadi. Chizmachiiik aniq texnik fan hisoblanib, insonlarda o‘z vaqtida ish bajarish, ya’ni aniqlik, talabchaniik, hamisha toza-likka rioya qilish hissini tarbiyaiaydi. Har qanday chizma aniq chizishni talab qiiadi. Standart talablariga rioya qilib chizilgan chizma o‘ziga xos san’at hisoblanib, kishilarda estetik zavq uyg‘otadi. Insonlar chizmalar yordamida bir-birlarining texnik fikrlarini anglashga harakat qiladilar, ularni birovga tushuntirmoqchi bo'Iib, chizmalar chizishadi. Demak, har ikkala vaziyatda ham chizma insonlar orasida texnik fikrlarni anglashga vositachi rolini o‘ynar ekan. Hozirgi ishlab chiqarishda chizmalar bilan ishlash-ning asosiy uchta yo‘nalishini ta'kidlab o‘tish mumkin: tayyor chizmalar asosida detal, buyum va boshqalarni yasash. Bunday sharoitda chizmalarni aniq va to‘g‘ri o‘qish talab qilinadi; tayyorlangan detal, buyum va boshqalarni asliga qarab eskiz-larini chizjsh. Bunda ilgari tayyorlangan chizmalar asosida yasalgan detal, buyum va boshqalarni tuzatish yoki birovning texnik fikriga o‘zgartirish!ar kiritishga to‘g‘ri keladi; hall yaratilmagan detal, buyum va boshqalar chizmasini chizish. Bunda inson o‘zining fazoviy tasawur qilish qobiliyatini ishga solish bilan mutloq yangi ko‘rinishdagi mashinalarni yaratishga yoki bor narsalarga o‘zgartirish kiritishga intiladi. Insonning bu harakati yuqori malakali konstruktor bo‘lishni talab etadi. Sanoatda har bir ishlab chiqariladigan detal, buyum va boshqalar chizmalar vositasida nazorat qilinadi. Detaining zagotovka holatidan tayyor mahsulot bo‘lgunga qadar davrida „chizma-detal“ yonma-yon bo‘ladi. Chizmachiiik fanining maqsad va vazifalari. Ushbu o‘quv qo'llanmani yozishdan asosiy maqsad, o‘z sohasini nazariy va amaliy jihatdan mukammal bilgan malakali o‘qituvchilar tayyorlashga ko'mak berishdir. 0‘quv qo'Uanmaning asosiy vazifasi konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi (KHYAT) da ko‘rsatilgan shartli belgilardan foydalanib, chizmani o‘qish va tuzish (chizish) uchun kerakli bilim, ko‘nikma va malakalarni Xalq xo‘jaligining turli sohalarida yangi buyumlarni ixtiro qilish, amaldagi- larni takomillashtirish yoki qayta ishlab chiqish loyihalash deyiladi. Loyiha- lashga doir ishlar har doim grafik tasvirlar, ya’ni chizmalar, eskizlar, texnik rasmlar chizish bilan bog‘liq bo‘ladi. har qanday buyumga yangi konstruktiv element kiritilsa, unda qanday o‘zgarish ro‘y berishini ko‘z oldingizga kel- tirib ko‘ring. konstruktiv elementlar, ya’ni teshiklar, o‘yiqlar shaklini biroz o‘zgartirish, burchaklarni yumaloqlash kabilar kiritilib, yangi foydali sifatlar berish orqali buyumning og‘irligini kamaytirish, pishiqligini oshirish, ishlov berishni soddalashtirish, foydalanishda qulaylik, ko‘rinishi chiroyli bo‘lishligi nazarda tutiladi. o‘quvchilar loyihalashni o‘rganish maqsadida turli ijodiy masalalarni yechish ni mashq qilishlari zarur. 19.1-chizma, a dagi detal shakli belgilangan (chiziqqa nuqtalar qo‘yilgan) chiziq bo‘yicha o‘zgartirish talab qilinsa, 19.1-chizma, b dagidek ko‘rinishga o‘tadi. 19.2-chizma, a da kubning yaqqol tasviri berilgan. Uni shunday loyiha- lash kerakki, ortiqcha joylari qirqib olingandan keyin berilgan uchta teshik- dan (19.2-chizma, b) tirqish (zazor)siz o‘tsin. H – ustdan ko‘rinish, V – olddan ko‘rinish, W – chapdan ko‘rinish. shunday loyihalangan kubning yaqqol tas- viri 19.2-chizma, c da berilgan. 19.3-chizma, a da deraza romi burchagining qismi tasvirlangan. Unga mos keladigan perpendikular qismi loyihalansin. Loyihalangan qismi Amaliyotdagi detalning ko‘rinishi o‘ziga jalb qila oladigan holda uning ko‘rinishini go‘zal va chiroyli hamda bejirim shaklda o‘zgartirish, vaznini ham kamaytirib foydalanish uchun qulay qilib qayta loyihalash dizayn deyiladi. Di- zayn inglizcha dezign – chizma, rasm, loyiha degan ma’noni bildiradi. Masalan, 20.1-chizma, a dagi detalning vazni (og‘irligi)ni kamaytirish maq- sadida uning shakli (geometriyasi) qisman o‘zgartiriladi. natijada 20.1-chiz- ma, b, c, d lardagi ko‘rinishga keladi. Yoki yana boshqacha o‘zgartirish yo‘li izlanadi. Detalga kiritilgan o‘zgartirishni chizma orqali amalga oshirishni chizmani qayta ijodiy loyihalash deyish mumkin. Detal shaklini fikran o‘zgartirib, uni qayta ijodiy loyihalangan holatini tasavvur qilish fikrlash qo‘zg‘atuvchanligini o‘stiradi. Chizmada ijodiy loyihalash elementlarini kiritish orqali turli muam- molarni yechish mumkin bo‘ladi. detal A va B qismlardan tuzilgan bo‘lib, uning chizmasi 20.2-chizma, b da ko‘rsatilgan. Detalning A bo‘lagi xuddi shunday shaklda- gi va o‘lchamdagi o‘yiqqa, B qismi hisobiga almashtirish lozim bo‘lsa, 20.2- chizma, c dagidek ko‘rinishga ega bo‘ladi. Bu yerda detalning A bo‘lagining balandligi pastga tomon B qismi hisobiga o‘lchab qo‘yiladi. Misol. Quti (shkatulka) ning umumiy (xomaki) ko‘rinishlari berilgan (20.3- chizma, a). Qutining qopqog‘i A shunday loyihalansinki, u quti B ni jips yopib ursin. Qopqoq turli ko‘rinishlarda loyihalanishi mumkin. Bu yerda loyihalanayot- gan qopqoqni idrok qilishni osonlashtirish maqsadida ag‘darib, yaqqol tasvirda ko‘rsatishga jazm qilindi. 20.3-chizmalarda qopqoqning turli variantlarda baja- ilgani berildi. Yana qanday variantlarda bajarish mumkin? XULOSA Bo’lajak umumiy o’rta va kasb – hunar ta’limi kollejlarining o’qituvchilari nafaqat fan asoslarini, balki ular eng zamonaviy ilg’or pedagogik texnologiyalarni egallagan bo’lishlari, o’zlarining pedagogik maxoratlarini to’xtovsiz oshirib borishlari talab etiladi. Bo’lg’usi o’qituvchilar chizmachilik o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiya kursi tugaganidan so’ng quyidagi bilimlarni egallagan bo’lishlari lozim: - chizmachilikdan fanlarni o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta’lim taraqqiyotini xarakatlanuvchi kuchi ekanligini ; - zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tarixiy taraqqiyot bosqichlarini; - xorijiy mamlakatlarda qo’llanib kelayotgan interfaol metodlarni; - zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tasviriy san’at mashg’ulotlarida qo’llanish imkoniyatlarini; - tasviriy san’at mashg’ulotlarida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotda qo’llash yo’llari va uning qonuniyatlarini; - zamonaviy pedagogik texnologiya loyixasi va uning tarkibiy tuzilishini; - o’quvchilarni bilim, malaka va ko’nikmalari, ijodiy ish natijalarini nazorat qilish va baholash; Chizmachilik talimi mazmunini tuzishda politexnik talimi vazifalari, turdosh predmetlar va mexnat tayyorgarligi talablarni xisobga olish, politexnik talim tushunchalarini quyidagicha izoxlash mumkin. O’quvchilarga faqat politexnik bilim va malakalar beradigan aloxida o’quv predmeti yoki O’quvchi kollejda barcha talim tarbiya vositalari, ayniqsa grafik talim orqali politexnik malumotga ega bo’ladi. O’quvchilarini o’quv mexnat faoliyati obektlarini politexnik mazmuni xamda uning o’qituvchi tomonidan ochib berishi va o’quvchilarni qabul qilish tizimini ifodalaydi. Grifik va amaliy mazmuni ishlar chizmalarni o’qishga xamda talim jarayonida loyixalash masalalardan foydalangan xolda xalqaro qabul qilingan shartlilik va ximoyalash belgilar bilan muvofiqlashtirishga yo’naltirilgan. Chizmachilik talimi mazmuniga ajratilgin tasvirlish metodiga tegishli chizmalarni tanlashda materialni texnik va amaliy moxiyati xayotda qollanish xollarini kenglini xal qiluvchi rol o’ynashini etiborga olish. Grafik talim xajminining majburiy kasb-hunar kollejlarida talabalarga berilshi zarur bo’lgan ta’lim mazmuni umumiyligini ifodalaydi. Muxandislik grafikasini o’qitish metodikasi fanidan kurs ishi loyixasini tamomlar ekanman men ushbu dargoxda bilim bergan barcha ustozlarimga o’z minnatdorchiligimni bildiraman. Download 358.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling