Navoiyning ishqiy dostonlari ("Farhod va Shirin", "Layli va Majnun")


Download 254.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana17.06.2023
Hajmi254.44 Kb.
#1530387
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
NAVOIYNING ISHQIY DOSTONLARI



NAVOIYNING ISHQIY DOSTONLARI 
(“Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”) 
Tohirov S.Q. 
Alisher Navoiy "Xamsa"si ikki xil qurilmaga asoslangan dostonlardan 
iborat. Agar "Hayrat ul -abror" fikriy-nazariy maqolotlar va kichik hikoyalardan 
tarkib topgan bo’lsa, "Xamsa"ning boshqa to’rtta dostonlari sujetli, ya`ni ma`lum 
qahramonlarning turli xildagi faoliyatlarining badiiy tasviridan iboratdir. Bular 
orasida “Farhod va Shirin” hamda “Layli va Majnun” ISHQ konsepsiyasining 
badiiy talqiniga bag’ishlangan monosujetli (yakka sujetli) dostonlardir. 
Adabiyotshunoslikda ular ba’zan she’riy roman sifatida ham baholanadi.
Xusrav – Shirin – Farhod hamda Layli va Majnun haqidagi qissa, rivoyat va 
dostonlarning yaratilish tarixi ancha qadimiydir. 
Xusrav Parvez binni Hurmuz sosoniylar sulolasiga mansub shohlardan 
bo’lib, u 590-628 yillar orasida hukmronlik qilgan. Uning shaxsiy va davlat arbobi 
sifatidagi fazilatlari zamondoshlari bo’lmish misrlik Simokatta va arman tarixchisi 
Sebeosdan boshlanib, XV asr tarixchilaridan Mirxond va Xondamirning asarlarida, 
jumladan Alisher Navoiyning "Tarixi muluki Ajam"ida ham bayon etilgan. (MAT, 
20 tomlik, 16 tom, 215-218-betlar). 
Tarixiy asarlar, yodnomalarda Xusrav va Shirin muhabbati, hatto Shirin 
Xusravning jufti haloli ekanligi haqidagi ma`lumotlar bor. Ammo X asrgacha 
bo’lgan davrdagi manbalarda Farhod eslanmaydi. Tabariyning arab tilida yozilgan 
“Tarixi rusul val-muluk” asarida ham Xusrav va Shirin mojarolari tilgan olingani 
holda Farhod eslanmaydi. Faqat shu asarni "Tarixi Tabariy" nomi bilan fors tiliga 
o’girgan tarixchi Abu Ali Muhammad al-Bal`amiyning (X asr) asarida Xusrav 
tarixi bayonida Shiringa oshiq bo’lgan Farhod dev (bahaybat inson) tilga olinadi. 
Abulqosim Firdavsiy "Shohnoma"sida Xusrav Parviz podshohligi tarixiga 
bag’ishlangan dostondan tashqari “Xusrav va Shirin” deb nomlangan alohida 
doston ham kiritilgan. Biroq unda Shirinni sevuvchi Farhod obrazi yo’q. 
Nizomiy Ganjaviy bu mavzuga murojaat etar ekan, Farhodni toshyo’nar 
hunarmand hamda Shirinni sevuvchi oshiq sifatida tasvirlaydi. Ammo u 
dostonning voqealarida boshdan oyoq qatnashmaydi, balki sut kanalini qazish 
ehtiyoji tug’ilgandan voqealar maydoniga kirib keladi. Xusrav Dehlaviy qalamiga 
mansub "Shirin va Xusrav" dostonida Farhod Chin xoqonining o’g’li sifatida 
qalamga olinib, Shirinni sevuvchi oshiq sifatida tasvirlaydi. Bunda Shirinning ham 
Farhodga moyilligi seziladi. Ozarbayjonlik shoir Orif Ardabeliy 717 hijriy (1369) 
yilda fors tilida "Farhodnoma" nomli doston yaratdi. XV asrda yashagan Ashraf 
Marog’aviy ham o’z "Xamsa" si tarkibiga "Shirin va Xusrav" dostonini kiritgan.
Alisher Navoiy o’zigacha yozilgan asarlardan farq qilguvchi yangi dostonni 
yaratishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yganini shunday ifoda etgan: 
Burun jam` et nekim bo’lg’ay tavorix, 
Borida ista bu farxunda tarix. 
Topilg’ay shoyad andog’ bir necha so’z, 
So’z aytur elg’a ul yon tushmagan ko’z. 
Ani nazm etki tarhing toza bo’lg’ay, 


Ulusqa mayli beandoza bo’lg’ay. 
Alisher Navoiy o’zining ijodiy niyati haqida shunday yozadi: 
Meni mahzungakim ishq etti bedod, 
Solib g’am tog’ida andoqki Farhod. 
Munosibdur agar tortib navoni, 
Desam Farhodi mahzun dostoni. [8-tom, 47-bet] 
"Farhod va Shirin" dostoni 1484 yilda (hijriy 889) an`anaga ko’ra aruzning 
hazaji musaddasi mahzuf (mafoiylun mafoiylun fauvlun) vaznida yozilgan. 
Qays va Layli qissasi, manbalarda qayd etilishicha, arab qabilalari orasida 
maydonga kelib, bu qissa Ibn Qutayba, Al-Johiz, Abulfaraj kabi olimlarning 
"Kitobush-she`r va sh-shuaro", "Kitob ul-og’oni" nomli asarlarida hamda 
umaviylar davridagi shoirlar she`rlarida tilga olingan. Keyinchalik esa u islom 
madaniyati tarqalgan g’ayri arab o’lkalarda to’laqonli badiiy asarlarning 
yaratilishiga sabab bo’lgan. Ana shunday shoirlardan mashhuri Nizomiy 
Ganjaviydir. Undan keyin Xusrav Dehlaviy, Ashraf, Abdurahmon Jomiy, Shayxim 
Suhayliylar (Alisher Navoiy bu insonni yori aziz deb atagan) ham bu mavzuda 
go’zal asarlar yozganlar. Alisher Navoiy o’zining "Layli va Majnun"ini 
yozayotganda eslatilgan va boshqa asarlardan xabardor edi.
Alisher Navoiy "Layli va Majnun" dostonida shu mavzuda o’zigacha 
yozilgan asarlarga, bir tomondan, o’xshaydigan (mavzu, voqea, timsollar), ikkinchi 
tomondan va eng muhimi, o’xshamaydigan (voqea, timollar talqinida) asar yaratish 
borasida ko’p o’ylagani va, nihoyat, bu masalaning yechimini topgani haqida 
shunday yozadi: 
Kim, Ganjada ganjlar yoshurg’on, 
Har ganjigakim yasadi qo’rg’on. 
Yo hindnajodi hinduvizod- 
Kim, qasrlarini qildi obod. 
Har qal`a uchun kerakdurur shahr, 
Ham qasrg’a bog’u sabzadin bahr. 
Bo’lsa manga fursat ul qadar chog’ 
Kim , shahr ila tarh solibon bog’. 
Bog’ini riyozi xurram etsam, 
Shahrini savodi a`zam etsam.
(MAT, 9-tom, 34-bet) 
“Layli va Majnun”dostoni ham an’anaga ko’ra hazaj bahrida, hazaji 
musaddasi axrabi maqbuzi mahzuf (maf’uvlu mafoilun fauvlun) vaznida yozilgan. 
Alisher Navoiy «Muhokamat ul-lug‘atayn» asarida «Xamsa»ning har bir 
dostonini yozishda unga madad bergan manbalarni e’tirof etadi. Chunonchi 
«Farhod va Shirin» shabistonig‘a xayolim yuz tutubdur, Mir Xusrav dami «Shirin 
va Xusrav» o‘tidin charog‘imni yoritibdur. Yana chun «Layli va Majnun» 
vodisida ishqim po‘ya urub, Xoju himmati «Gavharnoma»sida nisorimga 
gavharlar etkurubtur”. 
Mazkur dostonlarning kompozitsiyasi, sujeti va umuman mazmun-
mohiyatida bir qator mushtarak jihatlar mavjud. 
Dostonlarning qisqacha mundarijasi 

Download 254.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling