Navoiyning ishqiy dostonlari ("Farhod va Shirin", "Layli va Majnun")
III. Suqrotning Farhodga nasihatlari
Download 254.44 Kb. Pdf ko'rish
|
NAVOIYNING ISHQIY DOSTONLARI
III. Suqrotning Farhodga nasihatlari.
“Farhod va Shirin” dostoni kompozitsiyasida eng muhim o’rinni egallaydigan qismlardan biri XXV bobdir. Unda Yunoniston mamlakatida tilsimlardan o’tgan Farhodning Jamshid Jomi yordamida Suqrot yashaydigan g’orni topishi, Suqrotning Xoqon va Mulkoro bilan suhbati hamda Farhodga nasihatlari o’z ifodasini topgan. Ma’lumki Jamshid Jomi (“Jomi Jam”) haqidagi afsonalar Sharq xalqlari folklori va yozma adabiyotida qadimdan keng tarqalgan bo’lib, ularda Jomning asosan ikki xil xususiyati tilga olinadi: 1. Uning ichidagi suyuqlik (may) hech qachon tugamaydi. 2. Unda butun olam ko’rinib turadi (jahonnamo). Farhod Jom yordamida Suqrot g’orini topadi. Biroq “Jom gardishida(gi) Suqrot huzuriga boradigan yo’lni ko’rsatuvchi yozuv” yordamida emas. Mazkur sahna dostonda niho nihayatda maroqli yaratilgan. Bunda Alisher Navoiyning taxayyul dunyosi naqadar boy ekanligiga yana bir bor guvoh bo’lishimiz mumkin: Anga qilg‘och nazar istab kushoyish, Jahon timsolig‘a topti namoyish. Qayon boqqach qilib ravshannazarliq, Bir iqlim etti zohir jilvagarliq. Burun ofoq mulkin qildi taslim, Judo qildi yako-yak yetti iqlim. Farhod Jomga “kushoyish” istab nazar solganda, unda “jahon timsolini” (dunyo xaritasi)ni ko’rdi. Olamni bir butun holga keltirib (maketlashtirib), yetti iqlimni bir-biridan ajratdi, ya’ni chegaralarni aniqladi. Shundan keyin Yunoniston iqlimini belgilab oldi. Mamolik jilvasidin ko‘zni yopti Ki, Yunon mulkin ul jom ichra topti. Qilib har yon nazarlar xaylin iblog‘, Anga yetkurdikim bor erdi ul tog‘. Mantiqiy savol tug’iladi. Butun olam ko’rinib turadigan jomda (qanchalik kata bo’lmasin) tog’ni ko’rish mumkinmi. Yo’q, albatta. Binobarin, Farhod Yunoniston iqlimining o’zini belgilab olib, uni kattalashtirdi, degan xulosaga kelishimiz mumkin. Keyingi baytlar shu fikrni tasdiqlaydi: Chu tog‘ ahvolini qildi shumora, Yetib har g‘orning javfin nazora. Nazar topti hamul g‘or ichra anjom Ki, topmish erdi Suqrot anda orom. Farhod o’zi oldida turgan tog’ni topgach, undagi g’orlarni birin-ketin kuzata boshladi. Suqrot yashaydigan g’orning qandaydir belgilari Farhodga ma’lum edimi? Bu haqda dostonda ma’lumot yo’q. Binobarin “Suqrot yashaydigan g’orni topdi” jumlasini yashashi mumkin bo’lgan g’orni aniqlab oldi, degan ma’noda tushunsak, balki to’gri bo’lar. Biroq g’orni (ekranda) topishning o’zi yetarli emas, unga olib boradigan yo’lni aniqlab olish kerak, buning uchun esa zamonaviy til bilan aytganda navigatsiya ilmidan xabardor bo’lish kerak: Topib ko‘p fikr ila g‘or og‘zig‘a yo‘l, Kishi topqon kibi yor og‘zig‘a yo‘l. Jomning dostondagi ikkinchi xususiyati o’zidan yorug’lik taratib atrofni yoritishi edi: Dedikim: olibon kirdilar avval, Jahonbin jomni, andoqki mash’al. Suqrotning Farhodga nasihatlari dostonning mazmiun-mohiyatini ochishga yordam beradigan o’ziga xos kalit vazifasini bajaradi. Shu bilan birga mazkur monolog Hazrat Alisher Navoiyning INSON va UMR haqidagi asosiy aqidalarini o’zida mujassam etgan. Suqrotning bevosita nasihatlari quyidagi baytlar bilan boshlanadi: Muni bilkim jahon foniydur asru, Haqiqat ahli zindoniydur asru. Agar topsa Sikandar mulki zoting, Gar o‘lsa Nuh umricha hayoting. Chu ketmoqlik keraktur bot, agar kech, Hamul davlat bila bu umr erur hech. Mulk va umr o’tkinchi, dunyo hayoti “zindoniy”lik ekan hayotning qadri nimada, yashashdan maqsad nima, degan savol tug’iladi: Bukim Haq ayladi insonni mavjud, Anga mavjudliqdin borcha maqsud. Download 254.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling