“Navoiyshunoslik” 5120100-Filologiyava tillarni o’qitish: o’zbek tili


Download 0.75 Mb.
bet23/31
Sana24.12.2022
Hajmi0.75 Mb.
#1051632
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31
Bog'liq
“Navoiyshunoslik” 5120100-Filologiyava tillarni o’qitish o’zbek

Zarrot aro har zarraki bor, zikringa zokir,
Amtor aro har qatraki, bor, hamdinga go’yo –
Mazkur baytda “zarrot” va “zarra”, “zikr” va “zokir” so’zlari vositasida qanday badiiy san’at yuzaga kelgan?
Tanosub;
Istiora;
Tashbeh;
Ishtiqoq.
№ 137 Manba: Ma’ruzalar matni. Qiyinlik darajasi – 1.
Ey Navoiy, aqlu hush yag’mo qilur davron mayi,
Chiq ravon bu bazmdin filjumla hushung borida –
Mazkur baytdagi “may” so’zining ma’nosi to’g’ri izohlangan javobni toping:
Ma’rifat ma’nosida;
Ishq ma’nosida;
Iymon ma’nosida;
O’z ma’nosida.
№ 138 Manba:D.Yusupova. O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adabiyoti. Toshkent: Tamaddun, 2016. Qiyinlik darajasi – 2.
Jomi Jam birla Xizr suyi nasibimdir mudom,
Soqiyo, to tarki joh aylab gado bo’ldum sanga –
Ushbu baytdagi “joh” so’zining ma’nosi to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping:
“jon” ma’nosida;
“jaholat” ma’nosida;
ma’no anglatmaydigan modal so’z;
amal, mansab, martaba ma’nolarida.

139 Manba:D.Yusupova. O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adabiyoti. Toshkent: Tamaddun, 2016.Qiyinlik darajasi – 1.


39. Quyidagi baytlardan qaysi birida “tajohuli orifona” san’ati qo’llangan?
A. Jomi Jam birla Xizr suyi nasibimdir mudom,
Soqiyo, to tarki joh aylab gado bo’ldum sanga;
V. Zarrot aro har zarraki bor, zikringa zokir,
Amtor aro har qatraki, bor, hamdinga go’yo;
S. Yuz eshigining tufrog’ig’a surta olg’aymenmu deb,
Charx qasridin quyosh har kun tushar olam aro;
D. Yuzni gullardin bezabmu bizni qurbon aylading,
Yo yuzungga tegdi qonlar bizni qurbon aylagach.

№ 140 Manba:D.Yusupova. O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adabiyoti. Toshkent: Tamaddun, 2016.Qiyinlik darajasi – 3.


Chekmay malak lutfung kuni juz zikr ila tasbih uni
Odam debon qahring tuni har dam “zalamno rabbano” –
Mazkur bayt qaysi mavzudagi g’azaldan olingan va qanday she’riy san’atlar qo’llangan?
Oshiqona g’azaldan, husni ta’lil, baroati iste’lol, tazod, iqtibos;
Hamd g’azaldan, talmeh, tazod, iqtibos;
Na’t g’azaldan, talmeh, iqtibos, husni ta’lil;
Orifona g’azaldan, husni ta’lil, baroati iste’lol, tazod, iqtibos.
№ 141 Manba:D.Yusupova. O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adabiyoti. Toshkent: Tamaddun, 2016.Qiyinlik darajasi – 2.
Eti iqlim ila ila to’quz gardun,
Balki bu dabdabai kunfayakun,
Bo’lg’anidin sen eding barcha g’araz
Kim, yaratmadi zotingg’a evaz –
“Soqiynoma”dan olingan ushbu baytlar kimning ta’rifi haqida?
Abdurahmon Jomiy;
Shayxim Suhayliy;
Pahlavon Muhammad;
To’g’ri javob yo’q.
142 Manba:D.Yusupova. O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adabiyoti. Toshkent: Tamaddun, 2016.Qiyinlik darajasi – 3.
Sinuq safolki, may durdin ichkali topsang,
Qabul aylamagil jomi saltanat Jamdin.
Ilikka kirsa quruq non, maosh uchun chekma
Nashot ne’matining minnatini Hotamdin –
Mazkur qit’ada ilgari surilgan g’oya qaysi javobda to’g’ri izohlangan?
Hasaddan tiyilish haqida;
Qanoatga targ’ib;
To’g’riso’zlik haqida;
To’g’ri javob berilmagan.
№ 143 Manba:D.Yusupova. O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adabiyoti. Toshkent: Tamaddun, 2016.Qiyinlik darajasi – 2.
Navoiy qit’alari sharhiga bag’ishlangan “Kamol et kasbkim...” asarining muallifi kim?
N.Komilov;
N.Jumaxo’ja;
Yo.Ishoqov;
I.Haqqul.
№ 144 Manba:D.Yusupova. O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adabiyoti. Toshkent: Tamaddun, 2016.Qiyinlik darajasi – 2.
G’azalda uch kishi tavridur ul nav’
Kim, andin yaxshi yo’q nazm ehtimoli –
Ushbu bayt bilan boshlanadigan she’r janri qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
G’azal;
Ruboiy;
Muxammas;
Qit’a.
№ 145 Manba:D.Yusupova. O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adabiyoti. Toshkent: Tamaddun, 2016.Qiyinlik darajasi – 2.
Elni xor aylagan tama’ bilgil,
Doimo azza manqana’ bilgil –
Mazkur baytning janri va manbasi to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping:
G’azal, “G’aroyib us-sig’ar”;
Fard, “Navodir ush-shabob”;
Soqiynoma, “Badoe’ ul-vasat”;
Fard, “Favoyid ul-kibar”.
№ 146 Manba:D.Yusupova. O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adabiyoti. Toshkent: Tamaddun, 2016.Qiyinlik darajasi – 2.
Navoiy sehr emas go’yo Kalimulloh asosidur,
Bu mo’’jizlarki, zohir bo’ldi kilki nuktaposhimdin –
Mazkur baytda “Kalimulloh” so’zi vositasida qaysi payg’ambarga ishora qilingan?
Muso;
Iso;
Ibrohim;
Lut.
147 Manba:D.Yusupova. O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adabiyoti. Toshkent: Tamaddun, 2016.Qiyinlik darajasi – 2.
Etmasa gardi rahing ko’hli bo’lib Ruhulloh
Ojiz aylar chog’i xuffosh a’mosig’a davo –
Mazkur baytda “Ruhulloh” so’zi vositasida qaysi payg’ambarga ishora etilgan?
Muso;
Ibrohim;
Iso;
Lut.
№ 148 Manba: Sh.Sirojiddinov va b. “Navoiyshunoslik”, Toshkent, Tamaddun, 2018. Qiyinlik darajasi – 1.
Senga etishmasa tong yo’q bu aqli zulmoniy,
Ki mehr sham’ig’a parvona bo’lmadi xuffosh –
ushbu baytdagi “xuffosh” so’zining ma’nosi to’g’ri berilgan javobni toping.
Kapalak;
Parvona;
O’rgimchak;
Ko’rshapalak.
149 Manba: Sh.Sirojiddinov va b. “Navoiyshunoslik”, Toshkent, Tamaddun, 2018. Qiyinlik darajasi – 1.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling