“Navoiyshunoslik” 5120100-Filologiyava tillarni o’qitish: o’zbek tili
Navoiyning masnaviy janridagi asari uning qaysi devoniga kiritilgan?
Download 0.75 Mb.
|
“Navoiyshunoslik” 5120100-Filologiyava tillarni o’qitish o’zbek
Navoiyning masnaviy janridagi asari uning qaysi devoniga kiritilgan?
“G’aroyib us-sig’ar” devoniga; “Badoe’ ul-bidoya” devoniga; Devoni Foniyga; “Navodir ush-shabob” devoniga. № 103 Manba:Sh.Sirojiddinov va b. “Navoiyshunoslik”, Toshkent, Tamaddun, 2018. Qiyinlik darajasi – 2. Sano haqqakim koshifi hol erur, Xirad mushkilotig’a hallol erur – Ushbu bayt Navoiyning qaysi lirik turga mansub asaridan olingan? Masnaviy; G’azal; Qit’a; Tuyuq. № 104 Manba: Sh.Sirojiddinov va b. “Navoiyshunoslik”, Toshkent, Tamaddun, 2018. Qiyinlik darajasi – 1. Soqiynoma janridagi asar Navoiyning qaysi devoniga kiritilgan? “G’aroyib us-sig’ar” devoniga; “Favoyid ul-kibar” devoniga; Devoni Foniyga; “Navodir ush-shabob” devoniga. № 105 Manba: Sh.Sirojiddinov va b. “Navoiyshunoslik”, Toshkent, Tamaddun, 2018. Qiyinlik darajasi – 1. Falakdin sipohi fano oshurub, Sipohilik ichra o’zun yoshurub. Jamol ichra tong boshi nohiddek, Kamol ichra tush vaqti xurshiddek – Navoiyning masnaviy janridagi asaridan olingan ushbu baytlar kim haqida? Abdurahmon Jomiy haqida; Pahlavon Muhammad haqida; Shayxim Suhayliy haqida; Sayid Hasan Ardasher haqida. № 106 Manba: Sh.Sirojiddinov va b. “Navoiyshunoslik”, Toshkent, Tamaddun, 2018. Qiyinlik darajasi – 2 Navoiyning fard janriga masub asarlari uning qaysi devoniga kiritilgan? “G’aroyib us-sig’ar”; “Navodir ush-shabob”; “Badoe’ ul-vasat”; “Favoyid ul-kibar”. №107 Manba: Ma’ruzalar matni. Qiyinlik darajasi – 3. Ey husnunga zarroti jahon ichra tajallo, mazhar sanga ashyo, Sen lutf bila kavnu makon ichida mavlo olam sanga mavlo – mazkur bayt Navoiyning qaysi janrga mansub she’ridan olingan va 2-misradagi “mavlo” so’zlari qanday ma’noda ishlatilgan? Masnaviy, “xoja, xomiy va qul” ma’nolarini anglatadi; Mustazod, “xoja” va “ozod qilingan qul” ma’nolarida; G’azal, “xoja” ma’nosini anglatadi; Tuyuq, “ozod qilingan qul” ma’nosida; № 108 Manba: Ma’ruzalar matni. Qiyinlik darajasi – 2 Bordim bu sahar dayri fano sari urub gom, maxmuri shabona, Tortar edi har lahza sabuh ahli ichib jom, noqusi mug’ona – mazkur bayt Navoiyning qaysi janrga mansub she’ridan olingan va “gom” so’zi qanday ma’noni anglatadi? Mustazod, “qadam”; Qit’a, “oyoq”; Masnaviy, “og’iz”; Ruboiy, “maqsad”. № 109 Manba: Ma’ruzalar matni. Qiyinlik darajasi – 1. Navoiyning masnaviy janriga mansub asari kimga maktub tarzida yozilgan? Abdurahmon Jomiyga; Pahlavon Muhammadga; Shayxim Suhayliyga; Sayid Hasan Ardasherga. № 110 Manba: Ma’ruzalar matni. Qiyinlik darajasi -3. Odatda soqiynoma janriga mansub asarlarda qo’llaniladigan va asarning mazmun-mundarijasiga imo-ishora qilish uchun xizmat qiladigan she’riy san’at qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan? Talmeh; Tashbeh; Ishtiqoq; Baroati iste’lol. №111 Manba: Ma’ruzalar matni. Qiyinlik darajasi – 2. Mutribo, sen dog’i ohange tuz Lahnida rangi Husayni ko’rguz. Ham Husayni so’zidin rangi g’arib, Ham g’aribi damidin bayti ajib – Mazkur baytdar Navoiyning qaysi janrga mansub asaridan olingan va unda qanday badiiy san’atlar mavjud? Qasida, baroati iste’lol, talmeh, iyhom; Masnaviy, talmeh; Soqiynoma, baroati iste’lol, talmeh; ruboiy, baroati iste’lol, talmeh. № 112 Manba: Ma’ruzalar matni. Qiyinlik darajasi – 3. Ul biri gulshani umrumda tazarv, Bu biri bog’i hayotim aro sarv. Ul yigitlar safining zebosi, Bu yigitlik fanining donosi – Mazkur baytlar Navoiyning qaysi janrdagi asaridan olingan va shoir kimlarning ta’rifini keltirgan? Soqiynoma, Mirzobek va Mir Darvesh; Masnaviy, Sayid Hasan Ardasher Ruboiy, Mirzobek va Mir Darvesh; to’g’ri javob yo’q. № 113 Manba: Ma’ruzalar matni. Qiyinlik darajasi – 2. Qit’a janriga mansub she’rlar Navoiyning qaysi devonlariga kiritilgan? “G’aroyib us-sig’ar”, “Navodir ush-shabob”; “Badoe’ ul vasat”, “Favoyid ul-kibar”; “Badoe’ ul-bidoya”, “Navodir un-nihoya”; A va V javoblar to’g’ri. №114 Manba: Ma’ruzalar matni. Qiyinlik darajasi – 2. Ey Navoiy, kishiga berma ko’ngul, Agar ul hurdurur, yo’qsa pariy. Vasli naf’i buki, chekkaysen jon, O’lturur, lek firoqi zarari – Mazkur she’r janri to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping: Qit’a; Ruboiy; Tuyuq; To’rtlik. № 115 Manba: Ma’ruzalar matni. Qiyinlik darajasi – 2. Yaraqon bo’ldimu dehqoni qazo, Za’faron ekti yoshim arig’ig’a. Ul pariy qildi ko’zum sari vatan, Boqmang, ahbob, ko’zum sarig’ig’a – Mazkur qit’a mavzusi to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping: Diniy-tasavvufiy; Axloqiy-ta’limiy; Hasbi hol; Ijtimoiy. № 116 Manba: Ma’ruzalar matni. Qiyinlik darajasi – 1. Qarilar xotiri nozukdur, ey tifl, Shikastidin qilib vahm, o’lma gustoh: Unuttungmuki, atfol o’ynag’anda, Sinar oz mayl ko’rgandin quruq shoh – Mazkur she’r qaysi janrda bitilgan undagi “tifl” va “atfol” so’zlari vositasida qanday san’at yuzaga kelgan? Ruboiy, tajnis; qit’a, ishtiqoq; qit’a, tanosub; tuyuq, irsoli masal; № 117 Manba: Ma’ruzalar matni. Qiyinlik darajasi – 2. Debon bergan kishi erdur valekin Demay berganga erlik bil musallam. Ne deb, ne bersa bil ani xotun, Debon bermasni xotundin dag’i kam – Mazkur she’r janri va mavzusi to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping. Qit’a, axloqiy-ta’limiy; Ruboiy, diniy-tasavvufiy; G’azal, hamd; Qit’a, hasbi hol. № 118 Manba: Ma’ruzalar matni. Qiyinlik darajasi – 2. Navoiyning turkiy tildagi ruboiylari uning qaysi devonlaridan o’rin olgan? “G’aroyib us-sig’ar”; “Navodir ush-shabob”; “Badoe’ ul-vasat”; “Favoyid ul-kibar”. № 119 Manba: Ma’ruzalar matni. Qiyinlik darajasi – 2. Subhanollohi xoliqi z-ul-majdu alo Kim, andin erur to’la xalo birla malo. Gar mehr aning misli degaylar uqalo, Mehr ollida zarra yanglig’ o’lg’ay masalo – Mazkur she’r janri va mavzusi to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping: Qit’a, diniy-tasavvufiy; Qit’a, axloqiy-ta’limiy; Ruboiy, diniy-tasavvufiy; To’g’ri javob yo’q. № 120 D.Yusupova. O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adabiyoti. Toshkent: Tamaddun, 2016.Qiyinlik darajasi – 2. “Sittai zaruriya” turkumidagi qasidalar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping: “Ruh ul-quds”, “Ayn ul-hayot”, “Minhoj un-najot”; V. “Tuhfatul-afkor”, “Qut ul-qulub”, “Nasim ul-huld; “Nasim ul-huld”, “Hiloliya”, “Fusuli arba’a”; A va V javoblar to’g’ri. № 121 D.Yusupova. O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adabiyoti. Toshkent: Tamaddun, 2016.Qiyinlik darajasi – 2. Navoiyning to’rt faslga bag’ishlangan forsiy tildagi qasidalar turkumi qanday nomlanadi? “Sittai zaruriya”; “Fusuli arba’a”; “Ruh ul-quds”; “Nasim ul-huld”. №122 D.Yusupova. O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adabiyoti. Toshkent: Tamaddun, 2016.Qiyinlik darajasi – 2. Ushshoq aro, yo rabki, Navoiyg’a maqome Bergilki, sening hamdinga bo’lsun tili go’yo – Mazkur bayt shoirning qaysi mavzudagi g’azalidan olingan va qanday she’riy san’atlar qo’llangan? Oshiqona g’azal, iyhom, tanosub; Orifona g’azal, ishtiqoq, irsoli masal; Hamd g’azal, iyhom, tanosub; Na’t g’azal, tanosub, iyhom. №123 D.Yusupova. O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adabiyoti. Toshkent: Tamaddun, 2016.Qiyinlik darajasi – 3. Muhtoj sening dargahinga xusravu darvesh, Parvarda sening ne’matinga johilu dono – Mazkur bayt Navoiyning qaysi mavzudagi g’azalidan olingan va unda qanday she’riy san’atlar qo’llangan? Oshiqona g’azal, iyhom; Orifona g’azal, ishtiqoq; Hamd g’azal, tazod; Na’t g’azal, tanosub. № 124 Manba: Ma’ruzalar matni. Qiyinlik darajasi – 2. Kun shakli yuzung sajdasidin bo’ldi mushakkal, Tun turrasi qahring elidin bo’ldi mutarro – Mazkur bayt Navoiyning qaysi mavzudagi g’azalidan olingan va unda qanday she’riy san’at qo’llangan? Hamd g’azal, ishtiqoq; Orifona g’azal, ishtiqoq; Oshiqona g’azal, tazod; Na’t g’azal, tanosub. № 125 Manba: Ma’ruzalar matni. Qiyinlik darajasi – 2 Qachonkim zohir etsang “tanzi’ ul-mulk”, Skandarning bo’lub mag’lubi Doro – Mazkur bayt Navoiyning qaysi mavzudagi g’azalidan olingan va unda qanday she’riy san’atlar qo’llangan? Orifona g’azal, iqtibos, talmeh; Na’t g’azal, iqtibos, tajohuli orifona; Oshiqona g’azal, iqtibos, tazod; Hamd g’azal, iqtibos, talmeh. № 126 Manba: Ma’ruzalar matni. Qiyinlik darajasi – 2. Yuz eshigining tufrog’ig’a surta olg’aymenmu deb, Charx qasridin quyosh har kun tushar olam aro – Bayti Navoiyning qaysi mavzudagi g’azalidan olingan? Orifona; Na’t; Oshiqona; Hamd; № 127 Manba: Ma’ruzalar matni. Qiyinlik darajasi – 2. Bir dilovardur ko’ngulkim, g’am sipohi qalbida, Ohi novak, toza dog’idur qizil qalqon anga – Mazkur bayt Navoiyning qaysi mavzudagi g’azalidan olingan va unda qanday she’riy san’atlar qo’llangan? Orifona g’azal, iqtibos, talmeh; Na’t g’azal, iqtibos, tajohuli orifona; Oshiqona g’azal, tanosub, iyhom; Hamd g’azal, iqtibos, talmeh. № 128 Manba: Ma’ruzalar matni. Qiyinlik darajasi – 2. Parim bo’lsa, uchub qochsam ulustin to qanotim bor, Qanotim kuysa uchmoqdin, yugursam to hayotim bor – Bayt manbasi to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping: “G’aroyib us-sig’ar”; “Navodir ush-shabob”; “ Badoe’ ul-vasat”; “Favoyid ul-kibar”. № 129 Manba: Sh.Sirojiddinov va b. “Navoiyshunoslik”, Toshkent, Tamaddun, 2018. Qiyinlik darajasi – 1. Tuyuq janridagi she’rlar Navoiyning qaysi devonidan o’rin olgan? “G’aroyib us-sig’ar”; “Navodir ush-shabob”; “ Badoe’ ul-vasat”; “Favoyid ul-kibar”. № 130 Manba: Sh.Sirojiddinov va b. “Navoiyshunoslik”, Toshkent, Tamaddun, 2018. Qiyinlik darajasi – 2. Soqiyo, pahlaviy oyin may tut, Pahlaviy lahn ila ko’nglumni ovut. Pahlavonona ketur sog’ari jarf, Quyubon maydin anga bahri shigarf – Mazkur baytlar kim haqida va Navoiyning qaysi janrdagi asaridan olingan? Soqiynoma, Mirzobek va Mir Darvesh; Masnaviy, Sayid Hasan Ardasher Ruboiy, Mirzobek va Mir Darvesh; To’g’ri javob yo’q. № 131 Manba: Sh.Sirojiddinov va b. “Navoiyshunoslik”, Toshkent, Tamaddun, 2018. Qiyinlik darajasi – 2. Otashin la’le, ki toji xusravonro zevar ast, Axgare bahri xayoli xom puxtan dar sar ast – Mazkur bayt Navoiy forsiy qasidalaridan qaysi birining matla’i hisoblanadi va u kimning qasidasiga tatabbu’ tarzida yozilgan? “Tuhfatul-afkor”, Xusrav Dehlaviyning “Daryoyi abror” qasidasiga javoban; “Ayn ul-hayot”, Jomiyning “Lujjat ul-asror” qasidasiga javoban; “Nasim ul-xuld”, Jomiyning “Jilo ur-ruh” qasidasiga javoban; “Qut ul-qulub”, Xusrav Dehlaviyning “Mir’ot us-safo” qasidasiga javoban. №132 Manba: Ma’ruzalar matni. Qiyinlik darajasi – 2, Uylansa birav toriy o’lub nakbat anga, Makkoraki, qaltabon surar shahvat anga. Zisht ersa gar eldin yoshurur rahmat anga, Xo’b ersa gar elga ko’rguzur la’nat anga – Mazkur she’r janri va mavzusi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping: Qit’a, diniy-tasavvufiy; Qit’a, axloqiy-ta’limiy, Ruboiy, axloqiy ta’limiy; To’g’ri javob yo’q. № 133 Manba: Ma’ruzalar matni. Qiyinlik darajasi – 2. Erur chun olam ichra joh foniy, yaxshi ot boqiy, Bas el komin ravo ayla o’zungni komron ko’rgach – Ushbu baytda qo’llangan she’riy san’atlar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping: Tazod, talmeh, tashbeh; Tazod, ishtiqoq; Tazod, irsoli masal; Tazod, tajohuli orifona. №134 Manba: Ma’ruzalar matni. Qiyinlik darajasi – 2. Orifona g’azallar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping “Birovga musallam tariqi tasavvuf...”, “Gar fano rasmini tilar ersang mazbut...”, “Chu solik aylar esa azm vodiyi tavhid...”; “Ul malaksiymoki, solmish husnidin olamg’a o’t...”, “Kimsa hargiz ko’rmadi chun ahli davrondin vafo...”, “Bir kichik yoshliq nigore topmisham nozukkina...”; “Dahr sudidin tama’ uzkim...”, “ Ne xush bo’lg’ay ikovlan mast bo’lsaq vasl bog’inda...”, “Lablarinkim hayf erur teng tutmoq oni qand ila...”; “Ey ko’ngul, er-ko’k asosin asru bebunyod bil...”, “Husni ortar yuzda zulfin anbarafshon aylagach...”, “Dahr elidin naf agar yo’qtur...”. № 135 Manba: Ma’ruzalar matni. Qiyinlik darajasi – 1. Jamoling partavidin sham’ o’ti gar gulsiton ermas, Nedin parvona o’t ichra o’zin solur Xaliloso – Mazrur baytda “Xaliloso” so’zi orqali qaysi payg’ambarga ishora qilingan? Muso; Iso; Lut; Ibrohim. № 136 Manba: Ma’ruzalar matni. Qiyinlik darajasi – 2. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling