«Navoiyxon talaba» ko‘rik-tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom mazkur Nizom Urganch davlat universiteti talabalari o‘rtasida Alisher Navoiy ijodiy merosi bo‘yicha «Navoiyxon talaba»
II. Tanlovni o‘tkazish muddati va tartibi
Download 35.14 Kb.
|
Nizom NAVOIYXON TALABA (2)
II. Tanlovni o‘tkazish muddati va tartibi
II.1. Tanlov universitet talabalari o‘rtasida har yili 9 martdan 9 fevralgacha bo’lgan muddat davomida o‘tkaziladi. II.2.Tanlov quyidagi bosqichlarda o‘tkaziladi: 1-bosqich — Alisher Navoiy fard va muammolari bo‘yicha mart oyida; 2-bosqich — Alisher Navoiy ruboiy va tuyuqlari bo‘yicha aprel oyida; 3-bosqich — Alisher Navoiy g‘azallari bo‘yicha may oyida; 4-bosqich — Alisher Navoiy qit’alari bo‘yicha iyun oyida; 5-bosqich — Alisher Navoiyning “Arba’iyn” asari bo‘yicha iyul oyida; 6-bosqich — “Hayrat ul-abror” dostoni bo‘yicha sentabr oyida; 7-bosqich — “Farhod va Shirin” dostoni bo‘yicha oktabr oyida; 8-bosqich — “Layli va Majnun” dostoni bo‘yicha noyabr oyida; 9-bosqich — “Sab’ai sayyor” dostoni bo‘yicha dekabr oyida; 10-bosqich — “Saddi Iskandariy” dostoni bo‘yicha yanvar oyida; 11-bosqich — “Lison-ut tayr” dostoni bo‘yicha fevral oyida. II.3. Tanlov 3 shart bo‘yicha o‘tkaziladi: 1-shart — Ifodali yod o‘qish. 2-shart — Baytlarni sharhlash 3-shart — Navoiy asarlari lug’ati ustida ishlash 1-shartda tashkiliy qo‘mita tomonidan sinov topshiriqlari sifatida yod olish uchun taqdim qilingan 40 baytdan 10 baytning birinchi so‘zi bitta topshiriq qog‘oziga yozilib, ishtirokchilarga tanlab olish taklif qilinadi. Topshiriq qog‘ozlari soni tanlov ishtirokchilari sonidan 2 ta ko’p bo‘lishi lozim. Har bir ishtirokchi o‘zi tanlab olgan topshiriq qog‘ozidagi 10 ta baytni ifodali yod o‘qiydi. Bunda vazn, talaffuz va ohang(intonatsiya)ga rioya qilish talab etiladi. 2-shartda tashkiliy qo‘mita tomonidan sinov topshiriqlari sifatida yod olish uchun taqdim qilingan 40 baytdan 2 bayt qog‘ozga yozilib, ishtirokchilarga tanlab olish taklif qilinadi. Har bir ishtirokchi o‘zi tanlab olgan topshiriq qog‘ozidagi 2ta baytni sharhlaydi. Bunda har bir baytdagi tushunilishi qiyin so‘zlar lug‘ati aytilib, baytda ifodalangan mazmun bugungi kundagi yoshlar hayoti bilan bog‘lab tushuntirilishi talab etiladi. 3-shart - Navoiy asarlari lug’ati ustida ishlashda tashkiliy qo‘mita tomonidan sinov topshiriqlari sifatida lug‘aviy ma’nosini izohlash uchun taqdim qilingan 100ta so‘z bo‘yicha o‘tkaziladi va bunda qatnashuvchilar 100 so‘zdan 10 ta so‘z bitta topshiriq qog‘oziga yozilib, ishtirokchilarga tanlab olish taklif qilinadi. Topshiriq qog‘ozlari soni tanlov ishtirokchilari sonidan 2 ta ko’p bo‘lishi lozim. Har bir ishtirokchi o‘zi tanlab olgan topshiriq qog‘ozidagi 10 ta so‘zning lug‘aviy ma’nolarini izohlaydi. II.4. Tanlovda ishtirok etuvchi talabalar qatnashish istagi borligini tashkiliy qo‘mitaga 12 fevralgacha yozma ravishda ma’lum qilishlari lozim. II.5. Tanlov ishtirokchilarining har bir bosqichda to‘plagan ballari yig‘ib boriladi. G‘oliblar (1-, 2-, 3-o‘rin) fevral oyida o‘tkaziladigan yakuniy bosqichda barcha bosqishlarda to‘plangan ballarning umumiy yig‘indisiga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan talabalar orasidan aniqlanadi. 1-o‘ringa faqat 1 nafar talaba g‘olib sifatida tanlanadi. Agar 1-o‘rin g‘olibini aniqlashda ishtirokchilarning to‘plagan ballari teng kelib qolsa, qo‘shimcha ravishda bahri bayt o‘tkazilib, g‘olib aniqlanguncha davom ettiriladi. Bunda bahs ochiq holatda o‘tkaziladi. II.6. Tanlovning yakuniy bosqichida «Eng yaxshi navoiyxon talaba» aniqlanadi va boshqa ishtirokchilarga nisbatan alohida shartlarda to‘plagan ballariga ko‘ra «Eng yaxshi ifodali o‘quvchi talaba», «Navoiy baytlarini eng yaxshi sharhlovchi talaba», «Navoiy asarlari lug‘ati bo‘yicha eng bilimdon talaba» nominatsiyalari belgilanadi. II.7. Tashkiliy qo‘mita tanlovga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni o‘tkazishda yagona yondashuvni ta’minlaydi, hakamlar hay’ati tarkibini shakllantiradi, har bosqich uchun alohida yod olinishi lozim bo‘lgan 40 bayt hamda Navoiy asarlari lug‘atidan 100ta so‘zdan iborat sinov topshiriqlarini tayyorlash va universitet saytiga joylashtirishni tashkil etadi. II.8. Tanlovning bosqichlarini o‘tkazish uchun “Navoiyshunoslik” fanining ilg‘or professor-o‘qituvchilardan iborat hakamlar hay’ati komissiyasi tarkibi tuziladi. II.9. Hakamlar hay’ati ishtirokchilarning tanlov shartlarini bajarishlarini baholash mezoni asosida adolatli baholaydi, g‘oliblarning barcha bosqichlarda olgan baholarini umumlashtirgan holda tanlov g‘oliblarini aniqlab beradi. II.11. Hakamlar hay’ati a’zolarining ishtirokchlarning har bir bosqichda to‘plagan ballari hamda tanlov yakunida chiqarilgan umumiy ballari haqidagi xulosalari rasmiylashtirib boriladi. II.11. Natijalarni baholash bevosita tanlov jarayonida o‘tkaziladi hamda qatnashchilarga e’lon qilinadi. II.12. Tanlovni o‘tkazish jarayonida o’rnatilgan tartib-qoidalarga rioya qilmagan ishtirokchilar hakamlar hay’ati qarori bilan tanlovdan chetlashtiriladi. Download 35.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling