«Navoiyxon talaba» ko‘rik-tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom mazkur Nizom Urganch davlat universiteti talabalari o‘rtasida Alisher Navoiy ijodiy merosi bo‘yicha «Navoiyxon talaba»


III. «Navoiyxon talaba» ko’rik-tanlovi shartlariga qo‘yiladigan talablar va baholash mezonlari


Download 35.14 Kb.
bet3/3
Sana15.06.2023
Hajmi35.14 Kb.
#1486601
1   2   3
Bog'liq
Nizom NAVOIYXON TALABA (2)

III. «Navoiyxon talaba» ko’rik-tanlovi shartlariga qo‘yiladigan talablar va baholash mezonlari
III.1. “Navoiyxon talaba” ko‘rik-tanlovining har bir bosqichida shartlarga qo‘yiladigan maksimal baho 10 balldan jami 30 ball bo‘lib, quyidagi talablar asosida taqsimlanadi:
1-shart — ifodali yod o‘qish bo‘yicha talabaga ifodali yod o‘qish topshirilgan 10 baytdan vazn, talaffuz va ohang talablariga rioya qilib o‘qilgan har bir baytga 1 balldan jami 10 ball.
2-shart — baytlarni sharhlashda sharhlanishi lozim bo‘lgan 2 baytning baytdagi tushunilishi qiyin so‘zlar lug‘ati aytilib, bayt mazmuni bugungi kundagi yoshlar hayoti bilan bog‘lab tushuntirilgan har bir baytga 5 balldan jami 10 ball.
3-shart — Navoiy asarlari lug‘ati ustida ishlash bo‘yicha talabaga ma’nosini izohlash topshirilgan 10 so‘zdan to‘liq izohlangan har bir so‘zga 1 balldan jami 10 ball.
III. 2. Ishtirokchining har bir bosqichda barcha shartlar bo‘yicha olgan ballari qo‘shilib, bosqich bo‘yicha ballar yig‘indisi chiqariladi.
III.3. Yakuniy bosqichda ishtirokchining barcha bosqichlar bo‘yicha yig‘gan ballari umumlashtirilib, tanlov bo‘yicha umumiy ball chiqariladi.


IV. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash
IV.1. Har bosqichda 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallagan talabalarga “Faxriy yorliq” va esdalik sovg‘alar beriladi
IV.2. Yakuniy bosqichda barcha bosqichlarda to‘plagan ballari yig‘ilib chiqarilgan tanlov bo‘yicha umumiy ball miqdoriga ko‘ra 1-o‘rinni egallagan talaba «Eng yaxshi navoiyxon talaba» I-darajali diplomi va qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlanadi. 2-, 3-o‘rinlarni egallagan talabalarga II-, III-darajali diplom va esdalik sovg‘alar beriladi.
IV.3. Yakuniy bosqichda har bir shart bo‘yicha 1nafar talabaga muayyan shartda eng yuqori ball to‘plagani uchun «Eng yaxshi ifodali o‘quvchi talaba», «Navoiy baytlarini eng yaxshi sharhlovchi talaba», «Navoiy asarlari lug‘ati bo‘yicha eng bilimdon talaba» I-darajali diplomi va esdalik sovg‘alar beriladi.
IV.4. Tanlov shartlari, uning o’tkazilish jarayoni va natijalari to’g’risidagi axborotlar universitetning www.urdu.uz rasmiy saytida berib boriladi.


V. Tanlovni moliyalashtirish


Tanlov g‘oliblarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish xarajatlari o‘rnatilgan tartibda, universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Download 35.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling