«Navoiyxon talaba» ko‘rik-tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom mazkur Nizom Urganch davlat universiteti talabalari o‘rtasida Alisher Navoiy ijodiy merosi bo‘yicha «Navoiyxon talaba»


Download 35.14 Kb.
bet1/3
Sana15.06.2023
Hajmi35.14 Kb.
#1486601
  1   2   3
Bog'liq
Nizom NAVOIYXON TALABA (2)


Universitet rektorining 2021-yil “____” fevraldagi _____- sonli buyrug‘iga
1-ilova


«Navoiyxon talaba» ko‘rik-tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
NIZOM

Mazkur Nizom Urganch davlat universiteti talabalari o‘rtasida Alisher Navoiy ijodiy merosi bo‘yicha «Navoiyxon talaba» ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.

I. Umumiy qoidalar
I.1. «Navoiyxon talaba» ko‘rik-tanlovi(keying o‘rinlarda Tanlov)ning asosiy vazifalari talaba-yoshlarda Alisher Navoiyning boy ma’naviy merosini asrab-avaylash, buyuk ajdodimizga nisbatan hurmat-iftixor tuyg‘usini uyg‘otish hamda ularning shoir ijodi yuzasidan bilimlarini chuqurlashtirish va asarlarini tadqiq etishga yo‘naltirish; bu borada ularning qobiliyati, iste’dodini rivojlantirish, talabalar orasidan Alisher Navoiy asarlarini ifodali yod o‘qish, sharhlash bo‘yicha yuksak mahoratga ega bo‘lgan talabalarni saralab olish; talaba-yoshlarni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, bilim olishga va yuksak ma’naviyatli shaxs sifatida shakllanishga to‘liq safarbar etish hamda har tomonlama hayotga tayyorlash, mamlakatimizda demokratik va umuminsoniy qadriyatlar asosida taraqqiyotimizning taqdirini hal eta oladigan yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, kasbiy mahorati shakllangan oliy ma’lumotli, yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchun ijodkor iste’dodli yoshlarning ilmiy-ijodiy salohiyatini, ijodiy faolligini oshirish va talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularning amaliy-ijodiy qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
I.2. Tanlovning maqsadi talabalar orasidan Alisher Navoiy ijodiy merosi bo‘yicha eng bilimdon, mustaqil mushohada yurita oladigan, shoir asarlarini tahlil va talqin qila oladigan va bugungi kun bilan bog‘lab sharhlay oladigan dunyoqarashi keng talabalarni aniqlash; ularning shoirga yuksak ehtiromi va asarlariga bo‘lgan muhabbati, qiziqish va ishtiyoqi, ularda ifodalangan ma’nolar xazinasini anglash yo‘lidagi sa’y-harakatlari hamda ijodkorliklarini keng jamoatchilik orasida targ‘ib qilish hamda ijodiy qobiliyatlari, badiiy asarni anglash va sharhlash mahoratining ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashish, qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishdir.


Download 35.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling