Navro 'z bayramini о 'tkazish ssenariysi


Download 31.89 Kb.
bet8/8
Sana02.01.2022
Hajmi31.89 Kb.
#199947
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Assalom Navro'z! mavzusida tadbir ishlanmasi

Akmal:  Biz ko`hna tarix sahifalariga Navro`zni Izlab sayir etar ekanmiz, nigohimiz XII  asrning mashhur tilshunos olimi                         M.Koshg`ariyning  “Devonu lug`ati turk” sahifalariga tushadi. Chunki jahonga mashhur bu asarida Navro`zni insonlar qalbidan joy olgan qo`shiqlarni talqin etadi.

Rasul: Tarix, zamonlar, asrlar guvohki, Navro`z ezgulik, poklik, muhabbat timsolida ulug`lanib, nihonlanib kelinmoqda. Hamisha shoirlar Navro`zni maxf etib keladilar.

Tongni uyg`otib,

Dilga so`z keldi.

Dilni kuylatib ,

Gul Navro`z keldi.

1-boshlovchi (Sarvinoz): Qoyil agar Navro`z haqida ta`riflar yodlanadigan bo`lsa unda Lutfiy, “Gul va Navro`z” dostonni yozib mamlakatga osoyishtalik, mehnatkash xalqqa farovon, baxtli, saodatli hayot tilardi.

2-boshlovchi (Umid):  Alisher Navoiy Navro`zni samimiy sevgida, Farhod-u Shirinlarning, Layli-yu Majnunlarning otash qalbida izladi.         

1-boshlovchi (Sarvinoz): Xullas, Navro`z Beruniydan Durbekka qadar, Navoiydan Nasimiygacha, Zulfiya, Abdulla Oripov, boringki, qaysi  bir ijod ahlini oling, Navro`zni  tarannum etmagan bo`lsa.

 

 2-boshlovchi (Umid): O`rtoqjon, keling, endi navbatni xalq qo`shiqlariga beraylik.



2 – shart “Raqs”

                  2 – shartda o`quvchilar sumalak raqsini ijro etib beradilar.

 

3 – shart “Milliy udum va o`yinlar ”



 

                    Aytishuv(qizlar va yigitlar o`rtasida).   



Yigitlar (Umid): Anor ekan joyning ichin o`ydim-o`ydim,

                            Qizlar ziyofati uchun serka so`ydim.

                            Sen esimga tushganingda dol bo`yida,

                            Ichib turgan choyimni yerga qo`ydim.



Qizlar (Sarvinoz): Kun isisa, suv bo`yida salqinlaymiz,

Betni yuvsak, oydek bo`lib yarqillaymiz.

Navbahorda o`lan degan ko`p bo`ladi,

                            To`ylab yursak siz chechanga yaqinlaymiz…

    Yigit va qizlar aytishuvi avliga chiqqan mahal sahnada Bahoroy va Navro`zjonlar paydo bo`ladi.

Abdurasulov Sh: To`xtanglar, biz tomon kelayotgan kim bo`ldi?      

Mashhura: Iye, tanimadingmi, ular har gal qarshi oladiganimiz Bahoroy va Navro`zjonlar-ku!

Hamma: Xush kelibsan ,Bahoroy, Xush kelibsan, Navro`zjon.

Bahoroy:                                         Mana men go`zal bahor,

Yetib keldim sizlarga.

Jon kiritdim daraxtlaru,

G`unchalar,ildizlarga.

Oppoq o`rik gullarim bilan,

Iliq quyosh nurlarim bilan.

Yashillanib,goh olovlanib,

Kamalekdek ming xil tovlanib

Mehmon bo`lib keldim sizlarga.

     Navro`zjon: Assalomu aleykum beg`ubor qalblari o`yin kulguga, qo`shig`u raqsga, san`atga ixlosmand, xadrli yoshlar! Mana o`lkamizda so`lim bahor. Hammayoqda go`zallik, yangilanish,yasharish. Yoshu-qari,barcha-barchaning qalbida shodlik,beg`uborlik. Yurtimizning har bir go`shasida, har bir mahalla, xonadonida baxtiyorlik, quvonch, sho`x kuy va qo`shiqlar avjida.

      Bahoroy:Nimasini aytasiz. Hazrat Alisher Navoiy aytganidek,Har tuning qadr o`lubon,Har kuning o`lsun Navro`z! Azizlar, biz sizning Navro`zni, bahodirni maxf etuvchi qo`shiq va raqslaringizni miriqib tomosha qildik, endi xalqimizning Navro`zga oid qanday milliy an`ana  va  udumlarni bilasiz?

Sarvinoz:Navro`zda o`tganlarni xotirlaydilar.

Shahodat: Navro`zda qarindosh-urug`larnikiga boriladi.

Mashhura: Navro`zda qariyalarga bayram taomlari jo`natiladi.

Rasul: Navro`zda g`iybat qilinmaydi.

Shavqiddin: Navro`zda   otni ,itni urmaydilar.

Sherzod: Navro`zda    bug`doy undirilib, sumalak pishiriladi.

Ashrov Sh: Navro`zda   yangi liboslar kiyiladi.

Abdurasulov Sh: Navro`zda   yaxshi niyyatlar qilinadi.

Umid: Navro`zda   ko`cha va dalalar tozalanadi.

 1-boshlovchi (Sarvinoz):  do`stlarim kelinglar, Navro`zda   o`ynaladigan o`yinlarni o`ynaymiz. 



Qizlar:kim oladi-yo, kim oladi deb o`rtaga ro`molchani tashlaydilar.

Keyin Rasul va Akmal men olaman-o shuginaniyo deb,ikkovlari ham yengiladi.Shunda polvon bobo bolalar bilan so`rashib, ro`molchani oladi va bolalar  polvon boboni maxtashadi.



  Polvon bobo: Qani,men bilan kim sinashadi?

O`zbek kurashi polvonlaridan biri (Shavqiddin): Mana,biz bor deydi va u boboni hurmatini qilib, yengilib beradi va bobo ketadi.

Navro`zjon: Ofarin bolajonlar,siz rostanam o`z milliy urf-odatlringizni qadrlar ekansiz.

Bahoroy: Navro`z shunday bir xalq bayramiki, u faqat hamma davralardan shodiyonalargina, farovonliklargina, baxt-iqbolga daxldor onlarnigina      saralab oladi, o`ziga singdiradi,doimo boyib boradi. Shu bois ham Navro`zga to`ylar ulanib ketadi.

Shunda bolalar Navro`zjon va Bahoroy bilan xayrlashadilar.



Qizlar (Sarvinoz): Balli, yigitlar, endi bizga ruxsat. Bugun biz mahallamiz faxri-onaxonimiz Rizvon buvinikiga Navro`zning shoh taomi sumalak pishirmoqchi edik.

 Yigitlar (Umid): Ho-o,shunday ketari yo`q,biz sizlarga bayram uchun shuncha ntomosha ko`rsatdi, siz ham biz uchun biror sovg`a tayyorladingizmi? 

Qizlar Navro`zga xos bo`lgan milliy laparlardan “Yallama-yorim”ni, xalq qo`shiqlaridan “Do`ppi tikdim”ni ijro etib, raqsga tushib beradilar. So`ng yigitlardan ruxsat so`rab uyga ketadila.

  Sherzod:Qizlar sumalakka ketdi,endi biz nima qilamiz?

  Rasul:Biz ham ketamiz.

  Shavqiddin:qayoqqa?



  Umid: Ko`pkariga.Unda mening bobom ishtirok etadi.

1-boshlovchi (Sarvinoz): Kelinglar, endi Navro`zni qutlab,dasturga yakun yasaylik.

Hamma:Poyi qadamlari, qutlug` mehmonim,

Navro`zing muborak, O`zbekistonim.
Download 31.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling