Navro 'z bayramini о 'tkazish ssenariysi


Download 31.89 Kb.
bet6/8
Sana02.01.2022
Hajmi31.89 Kb.
#199947
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Assalom Navro'z! mavzusida tadbir ishlanmasi

2-boshlovchi:

Endigi navbatni  5-shartga  beramiz.



2-boshlovchi:

Bellashuvni yakunlash uchun hakamlar hay`ati a`zolariga beramiz.



2-boshlovchi:

Sig`may qolsam shunday keng bu jahonga

Osmonlarga ruhim bo`lsa parvona.

Jonsir tanim ustida ham parvona

Onam yig`lar, onam yig`lar onam u.

 

«Assalom  Navro`z» 



  1-boshlovchi (Sarvinoz):

Assalom, ona yurt,tonglar o`lkasi !

Ta`rif  tavsingiz yo`q nihoyasi.

Senga  bag`ishlanur muqaddas qo`shiq,

Bu  O`zbek elining o`z madhiyasi!

 2-boshlovchi (Umid):

Yana ko`ktubida sayraydi qushlar,

Yana ko`xna yam-yashil ko`rpa.

Yana tandan ketdi mudrash-u tushlar,

Yana yoshdek dilda o`ynar ming turfa.

1-boshlovchi (Sarvinoz): Assalomu  aleyko`m fan bog`ining bog`bonlari, mexribon ustozlar hamda qalbi qaynoq, ilmga chanqoq o`quvchi-yoshlar!

2-boshlovchi (Umid): Mana o`lkamizga o`zining zarrin sepini yoyib, husnu tarovatini ko`z-ko`z qilib fasllar kelinchagi Bahoroy kirib keldi.

1-boshlovchi (Sarvinoz): Ha, Bahor uyg`onish, yasharish fasli. Bu faslda yuraklar shodlikka, zavqu shavqqa oshufta bo`ladi. Bahor bayramlar, shodiyonalar fasli.

2-boshlovchi (Umid): Tog`ri aytasiz bahorning ilk kunlaridanoq ko`ngillarda quvonch, beg`uborlik,yaqinda 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar”ayyomini nishonladik. Endi esa qadimiy va hamisha navqiron, ulug` ayyomimiz Navro`zi olam eshik qoqmoqda.

1-boshlovchi (Sarvinoz): Har  bahorda Navro`z tantana qiladi. Bahordagi an`ana xalqimizni hech qachon tark etmagan,aksincha. Navro`z sayli yil sayin takomillashib, sayqallanib, boyib borgan. Navro`z ko`p ming yillik tarixga ega.

2-boshlovchi (Umid): Qani bo`lmasa, Navro`z tarixi bilan tanishaylik.

   Saxnada bayramona libosda yettita o`quvchi chiqadi.

 Kamola: Sharq xalqlarining azaliy va adabiy bayrami bo`lgan  Navro`z 4000 yilik tarixga ega   Navro`zning kelib chiqishi va shakllanishi oid qimmatli manbalar Zardushtiylik muqaddas kitobi hisoblangan “AVESTO”, mashhur qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy, Umar Hayyom, Abdulqosim Firdavsiy, Nosiriddin Rabg`uziy, Yusuf Xos Xojib, Navoiy kabi mutafakkirlarimizning qimmatli ma`lumotlarda Navro`z  muhabbat, do`stlik, poklik va insonparvarlik sifatida ulug`lanadi.

 Mashhura:   Abdulqosim Firdavsiyning “Shohnoma” asarida keltirilishicha,

 

 

Jamshid (qadimgi Eron shohlaridan biri) temir eritib, qurol yasashni, ip yigirib, kiyim tikishni, uy, hammomlar qurishni ixtiro qildi, so`ng kishilarni o`z qobilayati, hunariga qarab guruhlarga ajratadi.  Nihoyat, bir kuni taxt yasatib unda osmonga ko`tariladi, bu farvardinning birinchi kuni edi. Hamma juda baxtiyor shu kuni yangi yil boshi bo`lib, an`anaga aylanib qoladi. (“Farvariddin” pahlaviycha so`z bo`lib, u hamal burjiga oiddir,  ya`ni bahorning birinchi oyi 21-martdan 22-aprelgacha bo`lgan davrdir.)



 Shahodat:  Abu Rayhon Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar ” kitobida quyidagilarni yozgan: “ U kunni “Navro`z” deb atashning sababi Jamshid podshoh bo`lgach, majusiylar dinini yangiladi va bu kun “Navro`z” – “Yangi kun” deb ataldi”.


Download 31.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling