Navro 'z bayramini о 'tkazish ssenariysi


Download 31.89 Kb.
bet2/8
Sana02.01.2022
Hajmi31.89 Kb.
#199947
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Assalom Navro'z! mavzusida tadbir ishlanmasi

ASSALOM NAVRO’Z!

nomli tadbir

ISHLANMASI


Начало формы

Tadbir

Mavzu:Assalom Navro’z!

1-boshlovchi:

Salqin saharlarda bodom gulida

Binafsha labida qirlarda bahor.

Qushlarning ovozi, yellarning nozi,

Baxmal vodiylarda qirlarda bahor.

2-boshlovchi:

Yana bahor keldi yana olamga,

 Ajib bir go`zallik  ajib bir bayot.

Men seni qutlayman shu ulug` damda

Ulug` yelkadoshim muzaffar hayot.

-Assalomu alaykum qalbi qaynoq mehri buloq, so`zlari dur bo`lgan o`qituvchi, ustozlar va bilimga chanqoq o`quvchi yoshlar.

1-boshlovchi:

Qish qahratonidan bezillagan qalblar-u, go`zallikka tashna ko`zlar , mag`rur qorli tog`lar boshidan sizayotgan sho`x jilg`alar, ko`ngillar torini betakror ifori ila mayin chertayotgan  pushtirang bodom gullari, moviy osmon-u undagi qatot-qator turnalarning mahzun nolalari zumrad bahordan darak bermoqda.

2-boshlovchi:

Ha, bahor uyg`onish, yasharish  fasli. Bu faslda yuraklar shodlikka, zavq-u shavqqa  oshufta bo`ladi. Bahor  bayramlar, shodiyonalar fasli.

1-boshlovchi:

Ajib nafosatda uyg`ondi olam,

Tabiat labida xandon tabassum.

Yam-yashil qirlarda Navro`z jilvasi,

Go`dak kulgusidek quvnoq va mas`um.

2-boshlovchi:

Jilg`alar qiqirlar, toydek irg`ishlar.

Boshin ko`taradi maysalar hayron.

Ajib bir chiroyni baxsh etmish olam

Bu kun o`lkamizda Navro`z hukmron.

1-boshlovchi:

Hayotimizning  go`zal onlarini bahor fasliga qiyos etamiz. Negaki, bahor ham yoshlik,  ham go`zallik timsoli.

Ko`hna maskan, ko`hna bir diyor,

Nafosatda tengi yo`q saroy.

Unda hamon yashar bir ruxsor,

Seplari  mo`l fusunkor bahor.

2-boshlovchi:

Bahor  yangilanish, yasharish fasli, o`lkam bo`ylab qanot qoq. Sening tashrifing, qalblarda, dillarda bir  olam orzularni olib kelsin.

Bahor bir sen, quvonch bir sen,

Qalbim ruhi tashrifisan sen.

Qiyosingdir g`uncha misoli

Haroratdir o`tli visoli.

 

 

1-boshlovchi:



Bugun  baxtdan sarmast chehralarda, shukronalik duolarida, sho`x-shodon yallalarda Navro`z shukuhi.

Bugun butun dunyoda go`zal va betakror bo`lgan milliy bayramimiz Navro`z keng va tantanali nishonlanayotgan bir paytda maktabimizda ham bu tadbirning debochasi sifatida  “Har tuning qadr o`libon, har kuning o`lsin Navro`z” deb nomlangan tadbirimizni ochiq deb e`lon qilamiz.

1-boshlovchi:

Yana tenglashibdi kecha va kunduz,

Ko`kda nur taratar  yarqirab yulduz.

Lablarda tabassum, aytib shirin so`z

Assalom yangi kun, assalom Navro`z!

Yurtimizga biz orziqib kutgan borliqdagi uyg`onish va yangilanish timsoli bo`lgan Navro`zi olam kirib keldi. Bu betakror ayyomni har bir xonadon, har bir oilada bag`rimizni keng ochib “Xush kelibsan o`lkamga Navro`zi olam, qadaming qutlug` bo`lsin, yurtimizga tinchlik-omonlik  olib kel” deb qarshi olish azaliy odatimizga aylanib qolgan.

     Navro`z  ayyomi  bilan qutlash uchun so`z navbatini maktabimiz  MMIBDO` Yodgorova O.S.ga beramiz.

2-boshlovchi:

Shu  an`anaga sodiq qolgan holda maktabimiz o`qituvchi va o`quvchilari  bugungi tadbirda milly urf-odatlarimizga bir nazar solish maqsadida kuy-raqs, qo`shiq,milliy laparlar, milliy urf-odatlarimizni tarannum etuvchi  dastur tayyorlaganlar. Bu dasturimizda 8-9-sinf o`quvchilarimiz o`rtasida milly taomlar va sahna ko`rinishlari bo`yicha bellashuvlar o`tkaziladi. Bu bellashuvni baholab boradigan hakamlar bilan tanishing. 

“Ro`molim”raqsi.

1-boshlovchi:

Oq yomg`irlar  yog`moqda sim-sim,

Chor atrof bog`, gul-u lolazor.

Xush kelibsan, mening ilk sevgim

Xush kelibsan, yurtimga bahor!

2-boshlovchi:

Maysalarga boshimni  qo`yib,

Adirlardan to`yaman ifor.

So`ng quvonchdan yig`layman to`yib,

Xush kelibsan o`lkamga  bahor.

1-boshlo2-boshlovchi:

                 Bahorning ko`klami sozi  muborak,

                 Qirlarning chiroyi nozi muborak.

                 Yangi kun, yangi yil, yangi tilaklar,

                 Olib kirgan Navro`zi olam muborak.

1-boshlovchi:

Navro`z kelsa sumanbar malak,

Ikki qo`llab tutar  sumalak.


2-boshlovchi:

-Navro`z  yashnash, yasharish  bayrami tabiatning uyg`onishi bilan bog`liq yangi kunning boshlanishidir.

 1-boshlovchi:

Qirlarning to`shida eriyotir qor,

Termulib qor kabi eriydir ko`zim,

Horimay, sog`-omon keldingmi, bahor.

Keldingmi, qadami qutlug` Navro`zim!

Navro`zoy kirib keladi.

2-boshlovchi:

Prezidentimiz  I.A.Karimov ta`kidlaganidek “Navro`z  hayot abadiyligining  tabiatning ustuvor  qudrati  va cheksiz saxovatining shu bilan  birga ming yillik milly qiyofamizning  urf-odatlarimizning mangulik ifodasi tasdig`idir”

1-boshlovchi:

Bokiralik timsoli bahor,

Bu go`zallik, yasharish asli.

Tuhfa etar qalbga beg`ubor,

Sog`inchlarni muhabbat fasli.

2-boshlovchi:

1-boshlovchi:

Surxon o`lkasida  bahor tarovati.

2-boshlovchi:

                 Quyosh tegrasida aylanib falak

                 Tabiat bezanib, misli kelinchak

                 Bugun yuz ochibdi turfa xil chechak.

                 Assalom yangi kun, Assalom Navro`z!

1-boshlovchi:

Atlas kiygan qizlar ko`zga ko`rinar go`zal,

Go`yo atlas yaxshi kuyday e`zozda azal.

Navbatni adrasu atlaslar makoni Marg`ilon joylashgan Andijon milliy ohanglari

2-boshlovchi:

Beshik bilan  bog`liq bo`lgan xalqimiz an`analarini davom ettirish beshik to`yiga keng yo`l ochib berish lozim.  “Beshikka chaqaloqni belash marosimi”ni tomosha qilamiz.

 

1-boshlovchi:



Navro`z bilan keladi shodlik,

Navro`z bilan elda obodlik.

Navro`z kelsa gullaydi bog`lar.

Navro`z kelgach yashnaydi tog`lar.

 Endi yigit-qizlar aytishuviga navbat beramiz.

2-boshlovchi:

Milliy taomlar  va chiqishlarni baholash uchun so`z navbatini hakamlar hay`ati a`zolariga beramiz.

1-boshlovchi:

Marhamat, hakamlar hay`ati  a`zosiga beramiz

2-boshlovchi:

Kelinglar azizlar, har birimiz xalqimizni eng go`zal  va eng ulug` ayyomi Navro`zi olam bilan qutlab, dasturimizga yakun yasaylik.

1-boshlovchi:

Poyi qadamlari, qutlug` mehmonim.

Navro`zing muborak, O`zbekistonim!





Tadbir


Download 31.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling