Navro'z maqsad


Dehqonbobo: Assalomu alaykum! O'qituvchi


Download 20.03 Kb.
bet5/6
Sana05.01.2022
Hajmi20.03 Kb.
#215423
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Navro'z senariysi

Dehqonbobo: Assalomu alaykum!

O'qituvchi: Vaalaykum assalom. Keling, keling Dehqonbobo. Bolalar dehqon bobo bilan salomlashishadi:

Dehqonbobo: Nevaram Bahoroydan sumalak pishirish uchun bug'doy berib yuborgan edim.

O'qituvchi: Rahmat, bobojon, ana o'sha bug'doydan qozonga sumalak solib qo'ydik, pishyapti.

Dehqonbobo: Qadrli bolajonlar, sizning bugungi bayramingizdan xabarim bor. Bolajonlarning yig'ini qanday o'tarkan, deb tabiatni, tevarak atrofni kuzatdim. Qarasam, qora qarg'a qolgan qorlar ustida o'ynamadi, otxonada turgan ot xirillamadi, demak, havo aynimas ekan, deb kelaverdim.

O'qituvchi: Dehqonbobo! Bizga sizning kuzatishlaringiz juda yoqdi. Siz ob-havoni yana qanday kuzatasiz? Bizga ham o'rgating. Chunki biz uni faqat radio, televideniye yoki gazetalardagi ob- havo ma'lumotidan bilib olamiz.

Dehqonbobo: Juda yaxshi, bo'lmasa, eshitinglar, agar qumursqa va chivin qanotlanib, havoda o'ynashsa, o'rgimchak to'rt o'qisa, qisqichbaqa quruqqa chiqsa, qurbaqa qattiq qurillasa, qaldirg'ochlar cho'milishsa, ilon isinsa, turna sayrab, qarg'a past uchsa, mushuk eshikni timdalasa, bilingki, yomg'ir yog'adi. Ot tepinib, sigirlar sutini tortsa, bug'doy o'rilganda, poyaning ko'ki o'roqqa yuqsa, o'rimdan keyin ang'izdan suv chiqsa, tutunlar havoga ko'tarilmasa ham yomg'ir yog'adi. Yana yomg'ir yog'ishini ko'rsatadigan alomatlar bor. Suv ko'piklanib oqadi. Shudring tushmaydi, shabada kun chiqish tomondan esadi, falakda yulduzlar kichkina ko'rinadi, osmondagi kamalakning har ikki uchi suvga tushadi, kun juda qattiq qiziydi.


Download 20.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling