Nazariy dars rejasi №1
Download 320.68 Kb.
|
2-kurs 1-mavzu
SHanxay hamkorlik
tashkiloti 1996 yil SHanxayda, 1997 yil Moskvada bo’lib o’tgan Xitoy, Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikiston davlat raxbarlarining sammitida xarbiy soxada xamda chegara xududlarida o’zaro ishonchni mustaxkamlash, qurolli kuchlarni qisqartirish to’g’risida shartnoma imzoandi. 2001 yil iyun oyida SHanxay satmmiti bo’lib o’tdi. Uning ishida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov qatnashdi va O’zbekistonning «SHanxay forumi»ga to’la xuquqli a’zo bo’lishi to’g’risida bayonot imzolandi. O’zbekiston Prezidentining taklifi bilan «SHanxay forumi» SHanxay Xamkorlik Tashkiloti (SHXT) deb o’zgartirildi. 2002 yilda Sankt-Peterburgda, 2003 yilda Moskvada SHXT sammitlari bo’lib o’tdi. Toshkentda mintaqaviy aksilterror tuziilmasi ijroiya qo’mitasini ishga tushigishga qaror qilindi. 2004 yil iyunda Toshkentda 2005 yil Ostonada navbatdagi sammit bo’lib o’tdi. Unda xavfsizlik va savdo-iqtisodiy xamkorlik bo’yicha masala ko’rildi. Butun dunyoda yadroviy, kimyoyiy, biologik, elektron terrorchilik xavfi paydo bo’lganligi, terrorchilikning bazalarini yo’qotish, odamlar ongini zaxarlaydigan, terrorchilikni moliyalashtiradigan markazlarga qarshi keskin kurash olib borish zarurligi takidlandi. Tashkilot kengaymoqda. SHunday qilib, 20 asrning ikkinchi yarmi va 21 asr boshidagi xalqaro munosabatlarda BMTning roli oshdi. Yevropada intergratsiya jarayoni kuchaydi. Sotsializm qo’rg’oni yemirildi. Ko’pgina yangi davlatlar xalqaro jamiyatning teng xuquli a’zolari bo’lib qoldilar. AQSH dunyoning yakka xukumron, qudratli davlatiga aylandi. Lekin qurollanish, narkobiznes, ekologik, sog’liqni saqlash, inson xuquqlarini ximoya qilish muammoligicha qolmoqda. Download 320.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling