Yaqin Sharqdagi
vaziyat
Falastin arab davlatini tashkil etishga quyidagi uchta katta katta muammo bo’lib turibdi:
- 1,5 mln dan ortiq arab qochoqlarini avvalgi yashash joylariga qaytarish,
- Falastin davlatining poytaxti muammosi,
- Falastinliklar Quddus shaxrini o’z davlatining poytaxti bo’lishini istaydilar. Isroil esa uni o’z davlatining poytaxti, deb e’lon qilgan. Uzoq muzokaradan so’ng bu shaxarni ikkiga bo’lishga kelishildi, Isroildagi o’ta o’ng kuchlar va Falastinning ekstremist tashkilotlari shaxarning bo’linishiga aslo rozi bo’lmayotirlar va bunday bo’linishiga butun choralar bilan qarshilik ko’rsatmoqdalar.
- Isroildagi o’ta o’ng millatchi va Falastindagi ekstremistik kuchlarning barcha muammolarni kuch yordamida xal etishga urinayotganliklari. Ularning ikki tomonlama xar qanday kelishuvga qarshiligi. SHu tariqa Yaqin SHarq muammosi xamon o’z yechimini to’la topganicha yo’q. Lekin 2005 yilga kelib G’azo sektotidan 8,5 ming yaxudiylarning ko’chib ketishi vaziyatni biroz iliqlashtirdi.
Afg’onistondagi turli etnik, siyosiy-diniy kuchlar o’rtasida xokimiyat uchun kurash uzoq davom etdi. 1996 yilda Afg’onistoning katta qismida tolibonlar xokimiyati o’rnatildi. Ular Afg’onistonni islom davlatiga aylantirdilar Tolibonlarga qarshi kuchlar «SHimoliy alyans» (ittifoq)ga birlashtirdilar. Tolibon va SHimoliy alyans o’rtasida qirg’inbarot urush olib borildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |