Nazariy dars rejasi №1


SSSR tashqi siyosatidagi o`zgarish


Download 320.68 Kb.
bet14/22
Sana05.01.2022
Hajmi320.68 Kb.
#230348
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
2-kurs 1-mavzu

SSSR tashqi siyosatidagi o`zgarish

SHunday qilib, xalqaro munosabatlar keskinlashib ketdi. Sovet davlati raxbariyati 80 yillarning ikkinchi yarmida qurollanish poygasining yangi bosqichiga mamlakat iqtisodiyoti bardosh bera olmasligini anglab etdi. SHuning uchun SSSR raxbariyati tashqi siyosat yo’nalishini o’zgartirishga majbur bo’ldi. 1985 yilda SSSR raxbari M.S.Gorbachyov SSSRning kollektiv xavfsizlik tamoyillariga ta­rafdorligini va xalqlarning taraqqiyot yo’lini tanlashda Suveren xuquqlarini xurmat qilishini e’lon qildi. Tashqi siyosatdagi o’zgarish «yangi siyosiy tafakkur» iborasida o’z ifodasini topdi. SSSR raxbariyati tezda gapdan amaliy ishga o’tdi. 1985-1988 yillar oralig’ida 4 marta oliy darajada sovet-amerika uchrashuvi o’tkazildi. 1987 yilda SSSR va AQSH o’rtasida o’rtacha va qisqa olislikka uchadigan raketalarni tugatish to’g’risida shartnoma imzo­landi. 1989 yilda SSSR Afg’onistondan qo’shinlarini olib chiqib ketdi. SHu yili M. S. Gorbachevning Xitoyga safari uyushtirildi. Buning natijasida sovet-xitoy munosabatlarini yaxshilashga asos solindi. SSSR tashqi siyosatida ro’y berayotgan chuqur o’zgarishlar 1989 yilda SHarqiy Yevropa (SSSR ittifoqchilari) davlatlarida ro’y bergan inqiloblar tufayli jiddiy sinovdan o’tdi. SSSR bu inqiloblarni bostirishga xarakat qilmadi. Kechagi ittifoqchilar SSSR vasiyligidan qutuldilar. SSSR, xatto, 1990 yilning 3 oktabrida ikki nemis davlatining birlashishiga xam to’sqinik qilmadi. Aksincha, Germaniya birlashgandan so’ng 1990 yilning 9-10 yanvarida SSSR va GFR o’rtasida yaxshi qo’shnichlik, sherikchilik va xamkorlik to’g’risida shartnoma imzolandi. SSSR SHarqiy Yevropadan o’z qo’shinini olib chiqib keta boshladi. AQSH va uning ittifoqchilari 1991 yili Iroqning o’zboshimchaligiga qarshi xarbiy kuch ishlatganida SSSR o’z ittifoqchisi Iroqni qo’llab-quvvatlamadi. 1990 yilning 11 noyabrida Parijda Yevropada oddiy qurol-yarog’ va qurolli kuchlar sonini qisqartirish to’g’risidagi shartnoma imzolandi. Yevropada xavfsizlik va xamkorlik kengashi qatnashchilari bo’lgan davlatlar Yevropa uchun Parij Partiyasini qabul qildilar. Ularda davlatlararo munosabatlarning Xelsinki tamoyillari tasdiqlandi. SHu tariqa «sovuq urush» barxam topa bordi. 1991 yilda SSSRning qulashi bilan «sovuq urush » tugadi.

Lekin AQSH-Rossiya ziddiyatlari davom etmoqda.

20 asrdan so’nggi o’n yillikning yirik voqeasi SSSRning qulashi bo’ldi. 1991 yil 8 dekabrda tashkil etilishi Rossiya, Ukraina va Belorussiya raxbarlari Minsk shaxridagi uchrashuvlarida SSSR tarqatib yuborilganligini e’lon qildilar. Buning sababi – ular shu uch davlat 1922­ yilning 30 dekabrida SSSRni tashkil etgan edilar. Ayni paytda bu uch davlat raxbarlari Mustaqil mamlakatlar Xamdo’stligi (MDX) ni tashkil etgan­liklarini xam ma’lum qildilar. Sobiq ittifoqdosh respublikalardan yana sakkiztasi, shu jumladan O’zbekiston Respublikasi MDX xaqidagi shartnomani imzoladilar. Dunyo xamjamiyati Rossiya Federatsiyasini sobiq SSSRning qonuniy vorisi deb tan oldi. Rossiya Federatsiyasi sobiq SSSR imzolagan shartnomalarga rioya qilish majburiyatini o’z zimmasiga oldi. BMT va uning Xavfsizlik Kengashida SSSRning o’rnini egalladi. SSSR tarqalib ketgach, uning yadro qurollari to’rt davlat (Ukraina, Belorussiya, Rossiya va Qozog’iston) xududida qoldi. Xalqaro xamjamiyat ularning yagona Rossiyada to’planishi choralarini ko’rdi va bunga erishdi.



Download 320.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling