Nazariy dars rejasi №1
Download 320.68 Kb.
|
2-kurs 1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xitoy xalqaro munosabatlarda
Arab –Isroil urushi
70 yillardan boshlab Amerika-Xitoy yaqinlashuvi munosabatlarda boshlandi. CHunonchi, 1971 yilda AQSH Prezidentligi Milliy xavfsizlik bo’yicha yordamchisi G. Kissinjer maxfiy ravishda Pekinda qabul qilindi. 1972 yilda esa AQSH Prezidenti R. Nikson Xitoyga rasmiy safar bilan bordi. Bu xalqaro siyosiy xayotning eng shov-shuvli voqeasi bo’ldi. Xitoy xalqaro munosabatlarda AQSH-Xitoy munosabatlarining yaxshilanish jarayoni boshlandi. 1979 yilda ikki davlat o’rtasida elchilar darajasida diplomatik aloqalar o’rnatildi. AQSH-Xitoy munosabatlarining yaxshilana borishi SSSRni tashvishga solib qo’ydi. Buning ustiga Janubi-SHarqiy Osiyoda sovet-xitoy munosbatlari keskinlashib bordi. Bunga Vetnam Sotsialistik Respublikasi (VSR) raxbariyatining SSSR tarafida turishi VSR ning 1979 yilning yanvar oyida Kambojadagi xitoyparast «Qizil kxmerlar» xukumatini ag’darib tashlashi sabab bo’ldi. Xitoy VSR ga qarshi xarbiy xarakat boshladi. SSSR, do’stlik to’g’risidagi shartnomaga ko’ra, VSRni qo’llab-quvvatladi. Tez orada Xitoy urush xarakatlarini to’xtatdi va qo’shinlarini Vetnamdan olib chiqib ketdi. 70 yillarning oxiridan boshlab xalqaro munnosabatlarda keskinlik davri boshlandi. Xo’sh buning sababi nimalardan iborat bo’lgan edi? 70 yillarda dunyoning turli nuqtalarida shunday voqealar yuz berdiki, ayrim siyosatchilar ularga to’g’ridan-to’g’ri SSSRning g’alabasi, AQSHning esa mag’lubiyati, deb baxo berdilar. CHunonchi, 1974 yilda Efiopiyada (Afrika qit’asida) monarxiya ag’darildi. Xokimiyat tepasiga marksizm-leninizm ta’limotiga amal qiluvchi siyosiy gurux keldi. Bu gurux Efiopiyada sotsializm qurishni o’zining maqsadi, deb e’lon qildi. 1975 yilda Portugaliya mustamlakachilik imperiyasi quladi. Natijada kechagi mustamlakalar bo’lmish Angola va Mozambikda inqilobiy-demokratik xokimiyat o’rnatildi. Ular, birinchi navbatda, SSSRga tayana boshladilar. 1978 yilda SSSRning ag’darilishi bilan Afg’onistonda davlat to’ntarishi o’tkazildi. Uning tashkilotchilari bu voqeani «inqilob» deb atadilar va maqsadlari SSSR nusxasidagi sotsializm qurish ekaligini mo’ljal qildilar. 1979 yilda Nikagaguada AQSHparast xukumat ag’darildi. Xuddi shu yili Eronda AQSH O’rta SHarqdagi tayanch- shox xokimiyati ag’darildi. AQSH xukmron doiralari Bu voqealarga AQSHning maglubiyati deb qaradilar. O’ta o’ng kuchlar esa bu voqealar xukumat podsholigiga va Moskva aralashuvining oqibati, deb jar soldilar.
Download 320.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling