Nazariy dars rejasi №1


Dunyoning va Yevropaning ikkiga bo`linishi


Download 320.68 Kb.
bet3/22
Sana05.01.2022
Hajmi320.68 Kb.
#230348
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
2-kurs 1-mavzu

Dunyoning va Yevropaning ikkiga bo`linishi

Ularning birinchisi AQSH va uning ittifoqchi­larini birlashtirgan SHimoliy Atlantika shartnomasi-NATO deb ataldi. Bu ittifoq 1949 yilning 4 aprelida Vashington shaxrida 12 davlat ishtirokida tuzildi (AQSH, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Kanada, Belgiya, Daniya, Islandiya, Italiya, Lyuksemburg, Gollandiya, Norvegiya, Portugaliya). AQSH generali D. Eyzenxauerning uning qo’mondoni etib tayinlangan.

1949 yilning 1 oktabrida kommunistik Xitoy Xalq Respublikasining tashkil topishi, 1950 yilda esa SSSR bilan Xitoy o’rtasida «Do’stlik, ittifoqlik va o’zaro yordam to’g’risida» shartnoma imzolanishi AQSHni qattiq tash­vishga solib qo’ydi. XXRning tashkil topishi bilan «jaxon sotsializm tizimi» shaknanishi nixoyasiga yetdi. 1955 yilda GFR NATO ga a’zo etib qabul qilindi. SHarqiy Yevropa davlatlari (SSSR, Polsha, Vengriya, Ruminiya, Bolgariya, CHexoslaovakiya, GDR) bunga javoban 1955 yilning 14 mayida o’zlarining xarbiy-siyosiy ittifoqi – Varshava shartnomasi tashkilotini tuzdilar. SHunday qilib, dunyo, shu jumladan, Yevropa ikkiga bo’lindi.


Koreya urushi

Ikkinchi jaxon urushidan so’ng Koreyaning shimolini SSSR, Janubini esa AQSH armiyasi ishg’ol etdi. Germaniya bo’linganidek, Bu yerda xam bir davlat ikkiga bo’lindi va ikki xukumat tuzildi. 1949 yilda SSSR va AQSH Koreyadan o’z armiyalarini olib chiqib ketdilar. 1950 yilning 25 iyunida SHimoliy Koreya armiyasi chegarani buzib o’tdi va Janubiy Koreyaga xujum qildi. AQSH ushbu masalaning BMT da muxokama etilishiga erishdi. BMT SHimoliy Koreyani agressor deb tan oldi va unga qarshi urush xarakatlari boshlashga ruxsat etdi.

Xalqaro kuchlar 15 sentabrda Koreya yarimoroliga tashlandi va ular SHimoliy Koreya armiyasi xarakatini to’xtatdi xamda Janubiy Koreya xududidan surib chiqardi. Oktyabr oyi oxiriga kelib esa AQSH xarbiy kuchlari SHimoliy Koreya poytaxti Pxenyan shaxrini egalladi. SHundan so’ng Xitoy Xalq Respublikasi o’z xarbiy kuchlarini SHimoliy Koreyaga yordamga yubordi. SSSR ning xam Koreya urushiga aralashishi mumkinligi aniq-ravshan bo’lib qoldi. SHundan so’ngina AQSH SHimoliy Koreyaga qarshi urush xarakatlarini to’xtatishga majbur bo’ldi. 1953 yilda yarash bitimi imzolandi. Unga ko’ra, xar ikki koreys davlati chegarasi urushgacha bo’lgan xolatida (Z8-parallel kenglikda) tiklandi. SHu tariqa Korea yarimorolida urush to’xtadi. Biroq mamlakat ikkiga bo’linganicha qoldi. SHimoliy Koreya SSSR bilan, Janubiy Koreya esa AQSH bilan yaqin munosabat o’rnatdi.

Ikkinchi jaxon urushidan so’ng buyuk davlatlar Falastinda yaxudiylarning o’z davlatiga ega bo’lishga intilishlarini qo’llab-quvvatlay boshladi.



Download 320.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling