Yaqin Sharq mojarasi
Ayni paytda BMT xam 1947 yil 29 noyabrda Falastinda ikkita davlat tashkil etilishi (Isroil va Falastin) xaqida qaror qabul qildi. Dunyoning turli burchaklaridan ming-minglab yaxudiylarning Falastinga ko’chib kelishi arab va yaxudiylar o’rtasida nizoni kuchaytirdi. 1948 yil 14 mayda Isroil davlati (yaxudiylar davlati) tashkil etildi-yu, lekin Falastin davlati tashkil etilmay qoldi. Bu esa birinchi arab-isroil urushini keltirib chiqardi. Falastin xududi Isroil tomonidan bosib olindi. 1949 yilda BMT urush xarakatlarinipg to’xtatilishiga erishdi. Biroq Falastin-Isroil janjali davom etdi.
1947 yilda Buyuk Britaniya Xindistonga mustaqillik berishga qaror qildi. Biroq inglizlar Xindistondan chiqib ketish oldidan uni diniy belgiga ko’ra ikkiga-Xindiston va Pokistonga-bo’lib yubordilar. SHu tariqa keyinchalik qator qurolli to’qnashuvlarga olib kelgan Xindiston-Pokiston mojarosiga zamin yaratildi. Bu mojaroda SSSR Xindiston tarafini ola boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |