"Nazariy fizika va kvant elektronikasi" kafedrasining 2021 yil " " dagi "№ "-son yig‘ilishida muhokamadan o‘tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan


-Mashq. Shtangensirkul yordamida turli shaklidagi detallarning xajmi va zichligini aniqlash


Download 308.5 Kb.
bet4/6
Sana28.03.2023
Hajmi308.5 Kb.
#1305183
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-laboratoriya ishi

2-Mashq. Shtangensirkul yordamida turli shaklidagi detallarning xajmi va zichligini aniqlash.
Ishning maqsadi. Shtangensirkul yordamida turli shaklidagi detallarning xajmi va zichligini aniqlash.
Kerakli asbob va materiallar. Shtangensirkul, namunalar (shar va nay shakldagi detallar), texnik tarozi, tarozi toshlari.
Metodning nazariyasi va qurilma tuzilishi. Stangensirkul- jismlarning chiziqli o`lchami, uzunligi, eni, qalinligi, chuqurligi, ichki va tashqi diametrlarini 0.1mm aniqlikda o`lchovchi asbobdir.

5-Rasm. Shtangensirkul
Stangensirkul (5-rasm) bir tomonda qo`zg`almas B, ikkinchi tomonda qo`zg`aluvchan D oyoqlari bo`lgan millimetrlarga bo`lingan A metal chizg`ichdan iborat. D qo`zg`aluvchan oyoqchaning chetiga nonius C chizilgan. D oyoqchani A chizg`ich bo`ylab harakatlantirib biror vaziyatga keltirilib mahkamlab qo`yiladigan E vint bor. Agar shtangensirkulning oyoqlari bir-biriga zich tegib turganda, noniusning noli chizg`ichning noliga mos tushadi.
Biror M- jismning hajmini toppish uchun uning geometrik o`lchamlarini ya’niuzunligi, ichki va tashqi diametrlarini toppish zarur. Buning uchun jismni shtangensirkul oyoqchalari oralig`iga qo`yib, sekin qisiladi va nonius chizg`ichiga E vint bilan maxkamlanadi. Shundan so`ng jismning chiziqli o`lchami (5) formula yordamida topiladi.
Sharning xajmi quyidagi formula orqali topiladi:
(6)
Bunda d- shar diametri.
Nayning xajmi esa quyidagiformula bilan topiladi:
(7)
Bunda d- nay diametri, h – nay balandligi.
Shar va nay moddasining zichligini aniqlash uchun esa moddalarni massasini tarozida 0.1g aniqlikda tortib, uning massasi aniqlanadi, xajmini (6) va (7) formulalar orqali bilgan holda, ularning zichligi quyidagi formula bilan hisoblanib topiladi:
(8)


Ishning borishi:
I xajmni topish

    1. Shtangensirkul yordamida sharning diametrini o’lchab olinadi va (6) formula orqali uning hajmi topiladi.

    2. Shtangensirkul yordamida nayning balandligi va o`lchab olinadi va (7) formula orqali uning hajmi topiladi.

    3. Bu tajribalar kamida 3 marta takrorlanib, natijalarning o`rtacha qiymati, tajribaning mutloq va nisbiy xatoliklari hisoblanadi.


Download 308.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling