O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
|
“TASDIQLAYMAN”
O’quv ishlari bo’yicha prorektor
prof. A.Soleev
“______”___________2021y.
|
Fizika fakulteti
Nazariy fizika va kvant elektronikasi kafedrasi
NOMUTAXASISLAR UCHUN FIZIKA FANIDAN LABORATORIYA ISHLARNI BAJARISH
UCHUN USLUBIY KO’RSATMA
ISHNING MAVZUSI:
TURLI SHAKLDAGI DETALLARNING O`LCHAMLARINI ANIQLASH
“Nazariy fizika va kvant elektronikasi” kafedrasining 2021 yil “__” __________dagi “№___”-son yig‘ilishida muhokamadan o‘tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri : __________ Eshqobilov N.B
“Fizika” fakultet kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2021yil _____________dagi №___-sonli bayonnoma).
Fakultet ilmiy kengashi raisi: __________ Rajabov R.M
Samarqand 2021
1-Laboratoriya ishi
Turli shakldagi detallarning o`lchamlarini aniqlash
Nazariy ma’lumotlar. Fizikaviy hodisalarni, jarayonlarni, fizikaviy qonunlarni o`lchamasdan turib o`rganishni tasavvur qilish qiyin. Hattoki, o`lchov asboblarisiz hozirgi zamon fan va texnika taraqqiyotini ko`zoldimizga keltirishimiz qiyin. O`lchash bu tajribaning asosini tashkil etadi, tajriba esa bilishning usulidir. Har qanday fizik kattalik haqiqiy qiymatga egadir. Bu qiymatning miqdoriy va sifatiy kattaligi ob’ektning mutloq xususiyatlarini ifoda etadi. Lekin fizik kattaliklarning haqiqiy qiymatini fizikaviy tajribada aniqlab bo`lmaydi. Ammo ma’lum darajada aniqlik bilan fizikaviy kattaliklarni o`lchash mumkin. Bu tajribadan olingan fizikaviy kattaliklarni ushbu aniq maqsadlarda haqiqiy fizikaviy kattaliklar o`rnida ishlatilishi mumkin. Ko`pincha haqiqiy fizikaviy kattaliklar o`rniga bu kattaliklarni o`lchangan qiymatning o`rtachasi olinadi. Fizikaviy kattaliklarni o`lchash uchun o`lchov asboblari zarurdir. Bunday o`lchov asboblariga oddiy masshtab chizg`ichi, shtangensirkul, mikrometr, mikroskop, sferometr va hokazolar kiradi.
Jismlarning chiziqli o`lchamlarini aniqlash uchun odatda chiziqli o`lchov asboblaridan foydalaniladi. Ularning asossiy qismlari ma’lum masshtabda darajalangan A – masshtab chizig`i va C- nonius chizig`idan iborat (1-rasm). Nonius bu o`lchashning aniqlik darajasini 10-20 marta orttirish imkonini beradigan asbobning qismidir. Shuning uchun noniuslarni o`rganishdan boshlaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |