Nazariy ijodiy izlanish jarayoni. Nazariy tadqiqotlarning bosqichlari. Reja


Download 94.5 Kb.
bet4/5
Sana21.09.2023
Hajmi94.5 Kb.
#1684166
1   2   3   4   5
Bog'liq
Nazariy ijodiy izlanish jarayoni. Nazariy tadqiqotlarning bosqichlari.

Nazariya va iqtisodiyot

Moddiy noz-ne’matlar ishlab chiqarish inson hayotining asosini tashkil etadi. Bu jarayon o‘ta murakkab, ziddiyatli jarayonlarni qamrab oladi. Insonning asosiy faoliyati o‘zini-o‘zi (turli jihatdan) ta’minlashdir. Demak, bu jarayon ilmiy ijod qilishni taqozo etadi. Ehtiyoj cheksizdir. Iqtisodiyot ana shu ehtiyoj bilan chambarchas bog‘liq. Iqtisodiy rivojlanish nafaqat amaliyotni balki nazariy jihatlarni ham talab etadi. Iqtisodiyot ishlab chiqarishning tarkibiy qismidir. Ishlab chiqarish jarayonida turli xil noz-ne’matlar - oziq-ovqat, kiyim kechak, hayotda yashash uchun kerak bo‘lgan turli vositalar paydo bo‘ladi, rivojlanadi, taraqqiy etadi. Bu rivojlanish va taraqqiyot esa turli nazariyalarni paydo qiladi. Zero, nazariyalar ishlab chiqarishni bir bosqichdan ikkinchi bosqichga ko‘taradi. Ishlab chiqarish quyidagi sohalarni o‘z ichiga oladi: maqsadga muvofiq faoliyatni, ya’ni mehnat jarayonini, bu birinchidan, ikkinchidan, mehnat vositalariga ta’sir ko‘rsatadigan tabiiy ashyolarni, ishlangan va ishlanmagan ashyolarni ham, uchinchidan, turli mehnat vositalarining o‘zlarini.


Demak, ko‘rib turibmizki, ishlab chiqarishda ko‘p sohalar ishtirok etadi. Bu ishtirokchilarning o‘zi insondan tafakkur qilishni talab etadi. Bu ishtirokchilarni harakatga keltirish o‘z-o‘zidan amalga oshmaydi. Ularni amalga oshirish uchun ilmiy izlanish va ijod qilish talab etiladi. Izlanish va ijod qilish turli nazariyalarga murojaat qilishga majbur etadi. Nazariyalar faqat ishlab chiqarish haqidagina bo‘lmaydi, balki inson tafakkurining o‘zini ham qamrab oladi, uning ijtimoiy faoliyatiga ta’sir qiladi. Bu esa nafaqat iqtisodiyotga, balki insonning din, san’at, siyosiy, huquq, madaniyat, qadriyatlar sohasini ham nazardan chetda qoldirmasligini taqozo etadi.
Iqtisodiyot insonlarning amaliy faoliyati bilan bog‘langan. Ma’lumki, hayotning o‘zi ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari, samaradorlik, tadbirkorlik, biznesmenlik, hunarmandchilik kabi sohalardan iborat bo‘lib, bu sohalar insonlar faoliyati uchun vositalardir. Nazariya voqelikni anglab olish uchun quroldir. Lekin, nazariyaning o‘zi amaliy faoliyatni keltirib chiqaradi. Amaliy faoliyat esa inson turmush tarzining davomiyligini ta’minlaydi. Amaliy faoliyat orqali xo‘jalik yuritiladi. Bu insonlardan doimiy harakat qilishni talab etadi. Harakat insonni amaliy bilimga farazlar qilishga, qiyinchiliklarni yengishga yetaklaydi.

Xulosa

Nazariyaning asosiy manbai bo’lib - nazariy izlanish xizmat qiladi. 


Nazariy izlanishning asosiy maqsadi izlanuvchi obyekt bilan tashqi 
muhitning bilimlar sintezi jarayonida o’zaro bog’liqligini ajratish, emperik izlanish natijalarini umumiylashtirish va formallashtirishdan iborat. Ilmiy 
izlanishning nazariy izlanishi albatta biror - bir nazariya bilan tugallanadi.
Nazariy izlanishning vazifasiga: izlanish natijalarini umumiylashtirish; 
tajriba natijalariga qayta ishlov berish, umumiy qonuniyatlarini topish
izlashni davom ettirmay turib, ya’ni takrorlamay, shunga o’xshash obyektlarga qo’llash, tajribada qo’llash mumkin bo’lmagan obyektni o’rganish, eksperimental izlanishning aniqligini oshirish kiradi.
Biz bilamizki, bilish jarayonida, emperik va nazariy bilim darajalari mavjud. Bilimning emperik darajasi asosan tajriba bilan bog’langan bilim bo’lib, u asosan asbob orqali ko’zatish, eksperiment asosida olingan ma’lumotlar natijasida vujudga keladi. Bilimning nazariy darajasi esa emperik darajadan farq qilib, asosan nazariy tafakkur orqali rivojlanadi. 
Nazariy daraja emperik daraja bilan bevosita yoki bilvosita bog’lanadi. 
Ko’p holda nazariy bilimlar tajriba ma’lumotiga nisbatan o’zib ketadi. 
A.Eynshteynning nisbiylik nazariyasida, yorug’lik no’rining tarqalishi trayektoriyasi juda katta jismlar (yuldo’zlar) oldida qaytish effektini keyinchalik astrofiziklar tajribada aniqladilar. D.K.Maksvelning elektrodinamikasida elektromagnit to’lqinlari borligini ko’rsatganidan so’ng, uni G.Gers eksperiment yo’li bilan aniqladi. D.I.Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy sistemasida, hali aniqlanmagan elementlar borligi aytildiki, keyinchalik ular eksperimental yo’l bilan topildi; nazariy fizikada antizarralar haqidagi bilim tajriba yo’li bilan emas, balki nazariy hisoblashlar orqali topilgan. 

Download 94.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling