Nazariy ijodiy izlanish jarayoni. Nazariy tadqiqotlarning bosqichlari. Reja


Nazariy tadqiqot, uning asosiy bosqichlari


Download 94.5 Kb.
bet3/5
Sana21.09.2023
Hajmi94.5 Kb.
#1684166
1   2   3   4   5
Bog'liq
Nazariy ijodiy izlanish jarayoni. Nazariy tadqiqotlarning bosqichlari.

Nazariy tadqiqot, uning asosiy bosqichlari.
Ilmiy bilishning nazariy darajasi – ilm-fan yordamida to’plangan bilimlar asosida olamdagi narsa va hodisalarning mohiyatini aks ettirishga qaratilgandir. Empirik bilish kishilarning olam haqidagi kundalik, sodda bilimlariga asoslangan bo’lsa, nazariy bilish esa olam haqidagi falsafiy ahamiyatga ega bo’lgan umumiy tasavvurlarga asoslanadi. Shuning uchun ham kishilar olamdagi narsa va hodisalar haqida chuqur va mukammal bilimlarga ega bo’ladilar. (J.Tulenov. Dialektika nazariyasi. –T.: “O`zbekiston”, 2001-y., 192-200-betlar.)
Nazariy bilish vazifasi – tadqiqot ob`ektining mohiyatini tushuntirish.
Nazariy bilish natijalari – qonun, nazariya, ta`limot, bashorat.
Nazariy bilish metodlari: fikriy eksperiment, tarixiylik va mantiqiylik, modellashtirish, gipotetik – deduktiv metod.

Nazariy tadqiqot ham bosqichma bosqich amalga oshiriladi.


Nazariy tadqiqotning I-bosqichi: Ob`ekt haqidagi dastlabki bilimlar qo`lga kiritiladi. Bu olam (tadqiqot ob`ekti)ning ilmiy manzarasida o`z ifodasini topadi.
Bu - ilmiy tamoyil, deb yuritiladi.
Nihoyat tadqiqot ob`ekti haqidagi ilmiy faraz ishlab chiqiladi.
Nazariy tadqiqotning II-bosqichida hosil qilingan asoslarga tayangan holda ob`ekt haqida ilmiy bilim – nazariya shakllantiriladi.
Nazariy tadqiqotning III-bosqichida qo`lga kiritilgan tamoyillar asosida tadqiqot ob`ektining mohiyati talqin qilinadi.


Nazariyaning asosiy vazifalari
Nazariya ta’limoti ham qadimiydir. Nazariya haqida hali eramizgacha bo‘lgan davrdayoq turli-tuman fikrlar paydo bo‘lgan edi. Jumladan, antik dunyo faylasuflaridan Yevklid o‘zining “Nachalo” (Boshlanish) asaridayoq nazariyaning keng ma’nodagi mazmunini ochib bergan edi. Ya’ni, nazariyaning inson faoliyatini tahlil qilishdagi metodologik ahamiyati haqida fikr bildirgan edi. Nazariyani tor ma’noda tushunishni esa XVIII asrda A.Fergyuson va I.Kantlar o‘rtaga qo‘ydi. Ammo so‘ngroq XIX asrda, voqelik haqida mantiqiy tahlil kuchayib ketishi bilan nazariyaning bilish jarayonidagi o‘rnini tushuntirish yanada jiddiy tus ola boshladi. Chunki bu davrga kelib bilish nazariyasiga ehtiyoj orta bordi va unda nazariya o‘rnining beqiyosligi aks eta boshladi. Jumladan, Max, Djems, Pirson, Ostvald, Puankare, Dyugem, Gusserl kabi faylasuflar nazariyaning ilmiy mohiyati uning vazifalari haqida o‘z qarashlarini ifoda etdilar. Nazariyaning mohiyati va uning vazifalari haqida ko‘proq neopozitivistlar ta’limoti asosiy o‘rinni egallaydi.
Nazariya ilmiy tadqiqotchi tomonidan asoslangandan so‘ng, haqiqiy kuchga kiradi va ob’yektning holatini o‘zgartiradi. Nazariyaning vazifalaridan yana biri shundaki, u tajribani ham muloqotga olib kiradi. O‘z navbatida nazariya o‘zining ob’yektiv yoki xolisligini tajribada tasdiqlaydi. Nazariya ilmiy ijodning maqsadini aniqlashga yordam beradi. Chunki nazariy jarayon, narsa va hodisalarning izlanish ob’yektlari va tuzilishini tushunish va tushuntirishga xizmat qiladi. Umuman, nazariya turli maqsad va vazifalarni bajarar ekan, u quyidagi unsurlardan tashkil topadi: nazariyaning boshlanish ob’yekti, ob’yektni ifodalovchi tushunchalar, nazariyani isbotlovchi uslublar, taxminiy va haqiqiy natija va boshqalar. Fan rivojini nazariyalar miqdori va sifati belgilaydi. Ushbu jarayonda quyidagi vazifalarni bajaradi:

  1. Maxsus ilmiy izlanish ob’yektini tanlaydi. U ob’yekt ma’lum hajm, miqdor va mazmunga ega bo‘ladi;

  2. Ilmiy ob’yekt haqidagi qarashlarni jamlab o‘zining mohiyatini ochadi;

  3. Aniq bo‘lgan ilmiy bilimlarni asoslash bilan birga ularni aniqlashtirib, kengaytiradi, mazmun-mohiyatini, amaliyotda tutgan o‘rnini ko‘rsatadi;

  4. Ob’yekt haqidagi yangi farazlarni keltirib chiqaradi;

  5. Ilmiy tadqiqot natijasida olingan yangiliklarning haqiqiyligini asoslaydi;

  6. Ilmiy ijodda amaliyot va nazariyaning hamkorligini isbotlaydi;

  7. Ilmiy natijalarni amaliyotga olib chiqish kerakligi yoki kerak emasligi haqida ma’lumot beradi.

Nazariy bilimda ob’yektning tuzilishiga jiddiy e’tibor beriladi. Olinadigan natija ana shu ob’yektning tuzilishini to‘g‘ri aks ettirishga ham bog‘liqdir. Ilmiy ijodning bu bosqichida barcha to‘plangan dalillar qayta sinovdan o‘tkaziladi. Talablarga javob berilishi o‘rganiladi. Dalillar aniqlashtiriladi. Barcha fikr va mulohazalar tahlil qilinadi. Ob’yekt haqidagi umumiy tasavvurlar birlashtirilib, bir butun holatga keltiriladi. Birlamchi asos paydo bo‘ladi. Ushbu jarayonlar bosqichlaridan o‘tgan ilmiy nazariya ilmiy ijodni davom ettirishga yo‘llanma oladi.
Ilmiy ijodda ilmiy nazariyaning mukammalligini aniqlash, uni tushunish va tushuntirishga ham bog‘liq. Mazkur holat ilmiy ijod sohibidan o‘ta mas’uliyat va mahoratni talab etadi. Nazariyaning kelajagi ana shu holatga ham bog‘liqdir. Tushunish va tushuntirish jarayoni nazariyani kengaytirish va chuqurlashtirish, yanada aniqligini ta’minlashga yordam beradi. Nazariya ilmiy ijodni mujassam holga keltiradi. Fikrlarni muvofiqlashtiradi. Shu bilan birga oldin ma’lum bo‘lmagan ilmiy xulosani chiqarishga ko‘maklashadi. Nazariyaning vazifalaridan yana biri shuki, u nisbiy va mutlaq haqiqatlar bilan aloqadadir. Nazariya tajriba natijasida voqelikdagi nisbiy yoki mutlaq haqiqatlarning ham mazmun-mohiyatini ochishga yordam beradi. Ularning ob’yektivligini inkor etadi yoki hayotiyligi haqida xulosa beradi. Ma’lumki, haqiqatlar nisbiy bo‘lgani singari nazariyalar ham nisbiy bo‘ladi. Ilmiy tadqiqotlar natijasida nazariya mutlaqlikka o‘tishi mumkin. Nisbiy nazariyalar to‘ldirila boriladi. Tanlangan sohalarga qarab u mutlaq nazariyalarga aylanishi mumkin.
Ilmiy nazariyaning ilmiy ijodda yetakchilik xususiyati bor. Bu yetakchilik vazifasi yangi sohalarni bashorat qilish jarayonida ko‘rinadi. Chunki nazariya asosida jiddiy, turli bosqichlardan o‘tgan ilmiy bashorat yaratiladi. Masalan, tabiatdagi oldin inson aqli bovar qilmagan turli voqea-hodisalar avval nazariya orqali bashorat qilinib, so‘ng tajribadan o‘tkazilib xulosalar olingan. A. Eynshteynning umumiy nisbiylik nazariyasi fanda buyuk o‘zgarishlarni keltirib chiqardi. Jumladan, neytron, yulduzlar, pulsarlar, kvazarlar, katta massalarning gravitatsion siqilishi, koinotning kengayishi, kosmologik model va hozirgi zamon gravitatsiyaning umumiy nisbiylik nazariyasi kabilardir. Ayniqsa, 1903 yilda Berlinda nashr etilgan “Fizika yilnomasi” jurnalida “Harakatlantiruvchi jismlar elektrodinamikasiga doir” degan maqola bosilib chiqqandan so‘ng, jismlar tabiati haqida inson bilimlarini tubdan o‘zgartirib nisbiylik nazariyasining keng qirrali ekanligi haqida tasavvurlar rivojlanib ketdi. Shundan so‘ng, umumiy va xususiy nisbiylik nazariyasi samarali rivojlandi. Tajribalar olib borilib tasdiqdan o‘tkazildi. D. K. Maksvellning elektrodinamikasi elektromagnit to‘lqinlarining mavjudligini bashorat qildi. So‘ng G.Gerts ularni tajribada tasdiqladi. D.I.Mendeleyev bir qator noma’lum kimyoviy unsurlarning mavjudligini bashorat qildi. Bu bashoratni hozirgi vaqtda kimyo fani tasdiqlamoqda. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Bu misollar ma’lum bo‘lmagan narsa va hodisalarni bashorat qilish ilmiy nazariyalarning muhim vazifalari ekanligidan dalolatdir.



Download 94.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling