Ilmiy tadqiqot bosqichlari. Empirik tadqiqot.
Ilmiy tadqiqot ilmiy bilishning ilmiy dalildan – ilmiy nazariyaga qadar rivojlanib borish jarayoni.
Ilmiy bilimlarni shakllantirish va rivojlantirish ilmiy izlanish (tadqiqot)da o`z aksini topadi.
Ilmiy tadqiqot jarayoni ikki bosqichdan iborat:
1. Empirik tadqiqot- tadqiqotning quyi bosqichi.
2. Nazariy tadqiqot-ilmiy tadqiqotning yuqori bosqichi.
Empirik bilish, ilmiy izlanishning boshlang`ich ko`rinishi. Ilmiy muammo darajasida ilmiy dallillarni qo`lga kiritish, ob`ektning tomonlari, xossa-xususiyatlari haqidagi dastlabki bilim
Nazariy bilish - tadqiqot ob`ektining mohiyati, qonuniyatlarini bilish. Nazariy bilim empirik bilim asosida qo`lga kiritiladi.
Empirik bilish tadqiqot ob`ektini tasvirlaydi, tafsiflaydi.
Empirik bilish natijalari – ilmiy dalil, empirik umumlashmalar hisoblanadi.
Empirik bilishda hissiylik ustuvor hisoblanadi, nazariy bilishda ratsionallik (aql) ustuvor hisoblanadi.
Empirik bilish metodlari: kuzatish, eksperiment, analiz-sintez, turkumlash…
Emprivizmning asosiy g’oyasi : Har qanday ilmiy bilimning yagona asosi - tajriba.
Empirizm g`oyasi ingliz olimilari Frensis Bekon (1561-1629 y.), Djon Frederik Gershell (1792-1871 y.), Djon Styuart Mill (1806-1873 y.)lar tomonidan asoslangan.
Empirik tadqiqot, uning asosiy bosqichlari.
Ilmiy bilishning empirik darajasi – kishilarning ehtiyojlarini qondirish jarayonida ularning kundalik tajribalari asosida qo’lga kiritilgan ma’lumotlarga tayangan holda olamda ro’y berayotgan hodisalarni bilishga qaratilgan.(J.Tulenov.Dialektika nazariyasi. –T.: “O`zbekiston”, 2001-y., 192-200-betlar.)
Empirik tadqiqot ham, nazariy tadqiqot ham bosqichma bosqich kechadigan jarayon. Empirik tadqiqot 3 bosqichda amalga oshiriladi:
Empirik tadqiqotning I-bosqichi:
Tadqiqot ob`ekti yuzasidan tajriba, kuzatish, eksperiment olib boriladi.
Tajriba natijalari dastlabki ishlovlardan o`tkaziladi.
Kuzatish, tajriba natijalari ilmiy tushunchalarda aks ettiriladi.
Empirik tadqiqotning II-bosqichi: to`plangan ilmiy dallilar o`rganiladi, tadqiqot ob`ektiga xos xossa- xislatlar aniqlanadi. Bu bosqichda analiz-sintez, turkumlash metodlaridan foydalaniladi.
Empirik tadqiqotning III-bosqichida: tadqiqot ob`ekti haqidagi dastlabki empirik umumlashmalar bayon qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |