O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo – texnologiya instituti
Download 0.8 Mb.
|
laboratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- TASDIQLAYMAN” O‘quv ishlari bo‘yicha Prorektor _______________ prof. T.T.Safarov “___” _______ 2022 yil
- 532400 – Kimyoviy texnologiya (Nodir, kamyob metallar texnologiyasi) TOSHKENT - 2022
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT KIMYO – TEXNOLOGIYA INSTITUTI Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi kafedrasi
KAMYOB VA TARQOQ ELEMENTLAR KIMYOSI VA TEXNOLOGIYASI 2 FANI BO‘YICHA LABORATORIYA MASHG’ULOTLARI 532400 – Kimyoviy texnologiya (Nodir, kamyob metallar texnologiyasi) TOSHKENT - 2022 TAJRIBA ISHLARINI О‘TKAZISH UCHUN KО‘RSATMALAR Talaba tajriba ishlarini bajarishga kirishishdan avval, tajriba xonasida ishlashning texnik xavfsizligi qoidalarini, asbob uskunalar bilan ishlashni bilishi, yonuvchan, zararli reaktivlar, portlovchi moddalar bilan muomala qilishni bilishi kerak. Tajriba ishlari 3-4 talabadan tashkil topgan guruh tomonidan bajariladi va eksperiment natijalari xaqida har bir talaba yozma hisobot tayyorlashadi. Talabalar tajriba mashg‘ulotlariga, bajarilishi kerak bо‘lgan tajriba ishlarini bajarishga tayyor bо‘lishi kerak. Bunga ushbu bо‘limni nazariy asoslarini, tajriba uskunasini qurilish sxemasini, ishni bajarish tartibini va hisobotni rasmiylashtirish uchun kerak bо‘lgan hisob-kitoblarni yaxshi bilishi kerak. Talabalarning tayyorgarligini о‘qituvchi suhbat yо‘li bilan aniqlaydi. Tajriba mashg‘ulotiga tayyorlanmagan talabalarga tajriba ishini bajarishga ruxsat etilmaydi. Tajriba ishini bajarib bо‘lgandan sо‘ng, mashg‘ulotni rasmiylashtirish talablariga amal qilgan holda, talaba ish joyida hisobotni tayyorlash kerak. Hisobotda jarayonning qisqacha mohiyati, asbob-uskunalarning sxemasi hamda jadval shaklidagi kimyoviy tahlil natijasi berilgan bо‘lishi kerak. Hisobotni himoya qilishda, talaba о‘zi bajargan tajriba ishidagi jarayonlarning bajarilishini hamma bosqichlarini bilishi va tajriba ishi yuzasidan tо‘g‘ri xulosa qila olishi, hamda kimyoviy reaksiyalarning, yuz berayotgan jarayonlarni mohiyatining bilishi kerak. TAJRIBA ISHLARINI О‘TKAZISHDA TEXNIKA XAVFSIZLIGI BО‘YICHA QISQACHA QOIDALAR Fan bо‘yicha tajriba ishlarini bajarishda belgilangan texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish talab etiladi. Tajribaxonada belgilangan tartibdagi mehnat intizomiga qat’iy amal qilish, jumladan: 1) tajriba bajariladigan asbob-uskunalarning tozaligi va ishga yaroqliligiga e’tibor berish; 2) mehnat gigiyenasi, yong‘inni oldini olish va unga qarshi kurash chora tadbirlarini bilish; 3) har bir talaba faqatgina о‘ziga biriktirilgan ishni bajarishi lozim; 4) intizom va texnika xavfsizligi qoidalarini buzish tez-tez baxtsiz hodisalarga olib kelishini har doim esda saqlash. Elektr tokidan shikastlanishdan saqlanish uchun quyidagilarni bilish lozim: 1) 0,1 amper kuchdagi elektr toki hayot uchun xavfli; 2) 42 voltdan yuqori kuchlanish bilan ishlaydigan barcha elektr asbob-uskunalar yerga ulangan bо‘lishi kerak; 3) ochilib, yalang‘ochlanib qolgan elekr simiga xech qachon teginmaslik kerak. Bunday holat uchraganda tezlik bilan ish rahbariga xabar berishi kerak. 4) erituvchilar, kislotalar va boshqa moddalar ta’siri natijasida paydo bо‘ladigan teri kasalliklarining oldini olish uchun himoya pastalari va surkagich moylaridan foydalaniladi. 5) elektr toki urgan kishini eng birinchi navbatda tok kuchidan xalos qilish chorasini kо‘rish kerak. Elektr uskunani tezlik bilan о‘chirish imkoni bо‘lmasa jabrlangan odamni tokdan ajratib olib choralarini kо‘rish lozim. Buning uchun uning badaniga qо‘l tekkizmasdan kiyimining quruq joyidan ushlab ajratiladi. Zaharli, kimyoviy moddalar alohida xonalarda saqlanishi va bu joylarga ogohlantiruvchi yozuvlar yozib qо‘yish kerak. Bunday binolarga begonalarning kirishi ta’qiqlanadi. Har bir talaba yong‘in xavfsizligi qoidalarini bilishi va unga amal qilishi lozim. Elektr simidan yong‘in chiqqanda shoshilinch ravishda avvalo tokni о‘chirgichdan о‘chirish va yong‘inga qarshi kurash jamoasini chaqirish kerak. Elektr simidan chiqqan yong‘inni suv yoki kо‘pikli olov о‘chirish uskunasi bilan о‘chirish man etiladi. Uni qum yoki kislotali olov о‘chirgich bilangina о‘chirishga ruxsat etiladi. Ish joyida albatta birinchi yordam uchun kerak bо‘ladigan dori-darmonlar qutisi bо‘lishi kerak. Ishlab chiqarishda yuz bergan har bir baxtsiz qodisa xususida jabrlangan shaxs yoki ushbu hodisani kо‘rgan shaxs ish bо‘yicha raxbarni ahvoldan xabardor qilishi va mehnatni muxofaza qilish bо‘yicha jamoatchi nazoratchi hamda texnika xavfsizligi bо‘yicha injener bilan birga baxtsiz hodisaning sabablarini kо‘rib chiqib, N-1 formasida dalolatnoma tuzishd ishtirok etishi lozim. Tajriba mashg‘ulotini bajarishishga kirishishdan oldin 2- jurnalga qayd etilgan ishga xavf-xatarsiz о‘tkazish xususida yо‘l-yо‘riqlar olish kerak. Umumiy qilib aytganda, yuqorida keltirilgan texnika xavfsizligi qoidalariga tо‘liq rioya qilinsa, tajriba ishlarini bajarish jarayonida hech qanday kо‘ngilsiz holatlar kuzatilmaydi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling