Nazariy ijodiy izlanish jarayoni. Nazariy tadqiqotlarning bosqichlari. Reja
Download 94.5 Kb.
|
Nazariy ijodiy izlanish jarayoni. Nazariy tadqiqotlarning bosqichlari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariya tushunchasi. Nazariya va ilmiy ijod
- Nazariya bu – voqelikning ma’lum bir qismini izohlash, mazmuni, taraqqiy etishini ifoda etuvchi mantiqiy bilimlar yig‘indisidir.
Nazariy ijodiy izlanish jarayoni. Nazariy tadqiqotlarning bosqichlari. Reja: Nazariya tushunchasi. Nazariya va ilmiy ijod Ilmiy tadqiqot bosqichlari. Empirik tadqiqot, uning asosiy bosqichlari. Nazariya tushunchasi. Nazariya va ilmiy ijod Nazariya so‘zi grek tilidan olingan bo‘lib, kuzatish, qarab chiqish va tadqiqot ma’nolarini anglatadi. Aslida uning keng ma’nosida quyidagi mulohaza yotadi. Nazariya bu – narsa va hodisalar to‘g‘risidagi qarashlarning inson tafakkurida umumlashgan holda aks etishidir. U fan, bilim ma’nolarida ham ishlatiladi. Nazariya insonlarning amaliy faoliyati asosida paydo bo‘ladi. Faqat amaliy faoliyatida paydo bo‘lmasdan, balki tajriba yoki amaliyotdan oldinroq ketib, voqelikni alohida, yangi tomonlarini aloqa hamda bog‘lanishlarini ham ochib beradi. Bu xususiyati bilan amaliy faoliyatni sermahsul bo‘lishiga yordam beradi. Bu uning keng ma’noda ishlatilishi bo‘lsa, tor ma’noda esa ma’lum bir chegaralangan va shaklga ega bo‘lgan bilim tushuniladi. Ijodkor narsa va hodisalarni bilganida uning tashqi tomonini tasvirlashdan ish boshlaydi, uning maxsus, ayrim tomonlari xossalarini qayd qiladi. Undan so‘ng, shu narsa va hodisalarni ichki holatlarini o‘rganishga kirishadi. Natijada uning rivojlanish qonuniyatlarini ochadi va narsa holda voqealarning xossalarini izohlay boshlaydi. Ularning ayrim tomonlari haqidagi bilimlarning bir butun, yaxlit tizim qilib bog‘lashga o‘tishni maqsad qiladi. Ana shunda narsa va hodisa haqida hosil qilinadigan har tomonlama chuqur bilim – xuddi muayyan ichki mantiqiy tuzilishiga ega bo‘lgan nazariyaning o‘zidir. Har qanday fan nazariyalarining o‘zi ham nazariya ob’yekti bo‘lishi mumkin. Mazkur holatda nazariya haqidagi nazariya meta nazariya, deb ataladi. Tuzilishi yoki holatiga qarab nazariyalar induktiv yoki deduktiv bo‘lishi mumkin. Deduktiv nazariyalar ayni nazariyada isbotlab bo‘lmaydigan aksiomlarning ba’zi sonlariga asoslanib tuziladi. Induktiv nazariyalar esa shunday dalillar yig‘indisiga asoslanib tuziladiki, bu dalillar ularni bir qadar izohlaydigan, odatda faraz xarakteriga ega bo‘lgan qoidaga olib borib taqaladi. Binobarin, har qanday nazariya u qanchalik jiddiy va ob’yektiv bo‘lmasin, narsa va hodisalar haqida mutlaq, tugallangan uzil-kesil bilimni bera olmaydi. Taraqqiy etib borayotgan bilim jarayoni yangi dalillarni, qonun-qoidalarni kashf etib boraveradi. U uzliksizdir. Bu yangiliklar esa yaxlit bir nazariyaga sig‘maydi. Natijada nazariya ham o‘zgarib boraveradi. Yangisi paydo bo‘ladi. Nazariyalarning bir pog‘onadan ikkinchi pog‘onaga o‘tishi qonuniy jarayondir. Zero, ob’yektiv olamda qotib qolgan narsa va hodisaning o‘zi yo‘q. Nazariyalarda ham vorislik tamoyili amal qiladi, ya’ni eski nazariya asosida yangisi paydo bo‘lib, vaqt o‘tishi, narsa va hodisaning o‘zgarishi natijasida yana yangisi uchun asos bo‘lib qolaveradi. Masalan, N’yuton mexanikasi hozirgi zamon fizika nazariyasining asosi edi. Demak, nazariya barcha fanlarda, jumladan, iqtisodiy fanlarda ham asosiy negizni tashkil qiladi. Ilmiy ijod jarayonida nazariy daraja muhim ahamiyatga ega. Chunki, nazariy daraja orqali voqelikni qay holatda, qay vaziyatda turganligi baholanadi. Chunki nazariy darajada avvalo, tadqiqotchi o‘z tafakkuri orqali olingan amaliy bilimlar asosida o‘sha ob’yekti haqida ma’lum bir farazlar, taxminlarni ilgari suradi. Nazariy daraja izlanishning boshlanish nuqtasidir. Nazariy bilish yangi farazlarni keltirib chiqarishga yordam beradi. Farazlarni tasdiqlash yoki inkor etish jarayonida yangi ilmiy nazariya paydo bo‘ladi. Bu esa ilmiy ijodning yuqori nuqtasi hisoblanadi. “Ilmiy nazariya tuzish – bu teran va sermazmun ilmiy abstraksiyalarni aniqlash va ularni o‘rganish bilan bog‘liq murakkab dialektik jihatdan ziddiyatli jarayon, ilmiy bilishning nazariy darajasida abstraksiyalashtirish jarayoni”1dir. Abstraksiyalarga misol qilib, matematikada “moddiy nuqta”, mexanikada “mutlaqo tekis yuza” fizikada “ideal gaz”, “mutlaqo qora jism”, iqtisodiyotda: “tovar”, “ayirboshlash”, “iste’mol qiymati”, “bozor” kabilarni olish mumkin. Nazariya haqida yuqorida keltirilgan ta’rifni kengaytirib endi shunday izohni berish mumkin. Nazariya bu – voqelikning ma’lum bir qismini izohlash, mazmuni, taraqqiy etishini ifoda etuvchi mantiqiy bilimlar yig‘indisidir. Nazariya fanni bir bosqichdan ikkinchi bosqichga ko‘taradi, uni sermazmun qiladi va boyitadi. Ilmiy ijod ilmiy bilishni nazariy darajaga ko‘taradi, muvofiqlashtiradi, ommalashtiradi. Nazariya insonning kundalik hayotida turli sohalarda namoyon bo‘la borsa, ilmiy nazariya ilmiy ijod jarayoni asosida yuzaga keladi. Demak, nazariya ilmiy nazariyadan qisman farq qiladi. Chunki ilmiy nazariya ko‘pgina tadqiqotlar ta’sirida izlanish va amaliy faoliyatni ham qamrab oladi. Ilmiy nazariya ko‘p qirrali faoliyat natijasida paydo bo‘ladi. Ilmiy nazariya ham ob’yektiv voqelikni o‘zida mujassamlashtiradi. Unda tarixiylik va mantiqiylik, dalil va g‘oyalar, tushunchalar, ta’rif va farazlar, qonun hamda turli tomonlar aks etadi. Ilmiy nazariya ana shu jarayonlarni o‘zaro aloqadorligi va munosabatlarini ham ifodalaydi. Ana shu xususiyatlar ta’sirida paydo bo‘lgan nazariyalar ilmiy nazariyalardir. Ilmiy bilishda ilmiy nazariyalarni ma’lum tiplarga bo‘lish mumkin: a) iqtisodiy fanlarning ilmiy nazariyalari; b) biologiya fanlari ilmiy nazariyalari; c) matematika fanlari ilmiy nazariyalari; d) falsafa fanlari nazariyalari va boshqalar. Ilmiy nazariya ilmiy izlanishlarning natijasidir. U ilmiy izlanishlarni tartibga soladi. Ilmiy nazariyada voqelikni aynan holati va kelajagi haqida fikrlar bildiriladi. Bunga misol qilib, Shmidning planetlarning paydo bo‘lishi, I. P. Pavlovning oliy nerv sistemasi faoliyati haqidagi, A. Eynshteynning nisbiylik, Ch. Darvinning evolyutsion, N. Borning kvant nazariyalarini olish mumkin. Ilmiy ijodning nazariy darajasi mohiyatiga ko‘ra tafakkur, aql-zakovat, mushohada bilan yanada chuqurroq kirib borishni talab etadi. Natijada ob’yektiv voqelik haqida mujassamlashgan, ixcham falsafiy nuqtai nazari paydo qilinadi. Ilmiy nazariyada ilmiy ijoddagi xulosalar aniqroq aks etadi. Ularni inkor etish yoki qabul qilish murakkab kechadi. Shunday bo‘lsa-da ilmiy nazariya haqiqatga eltuvchi vositadir. Ilmiy nazariyada tartibsizlikdan tartiblilikka o‘tish aks etadi. Unda barcha aloqadorliklar, munosabatlar, bog‘lanishlar aniqlanib xulosalar chiqariladi. Qonuniyatlar aniqlanadi va yangi qonunlar ochiladi. Download 94.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling