Nazariy materiallar 1- mavzu: kirish. O’simliklarni himoya qilish fanining maqsadi va vazifasi


Download 1.09 Mb.
bet6/26
Sana28.12.2022
Hajmi1.09 Mb.
#1021453
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Nazariy materiallar 1- mavzu kirish. O’simliklarni himoya qilis

26.To’rqanotlilar turkumi — Neuroptera
27. Bo’taloqlar turkumi — Raphidioptera
28. Katta qanotlilar turkumi — Megaloptera
Mekopteroidlar bosh turkumi — Mesopteroidea

  1. CHayonsimon pashshalar turkumi — Mesoptera

  2. Buloqchilar turkumi — Trichoptera

  3. Kapalaklar turkumi— Lepidoptera

  4. Parda qanotlilar turkumi — Hymenoptera

  5. Burgalar turkumi — Aphaniptera

34.Ikki qanotlilar turkumi — Diptera


Savollar:
1. Partenogenez, pedogenez nimani anglatadi?
3. erkakli jinsiy sistema tuzilishi?
4. Urgochi jinsiy sistema tuzilishi?
5. Jinsiy polimorfizm nima?


4-MAVZU: ZARARKUNANDALARGA QARSHI UYG’UNLASHGAN KURASH TIZIMI
Reja:
1. Agrotexnik, biologik, fizik, mexanik, kimyoviy, karantin va boshqa kurash choralarini mohiyati.
2. Zararkunandalarga qarshi kurash xususiyatlar.

Asrimizning 2001-2008 yillari davomida olimlarimiz tomonidan madaniy o’simliklarni zararli organizmlardan himoya qilish tadbirlari tizimi ishlab chiqildi va ishlab chikarishga joriy etildi. Bu tizim har bir o’simlik uchun alohida bo’lib, turli mintaqalar tabiiy sharoitini hisobga olgan holda tuzilgan. O’simliklarni himoya qilish tizimining eng mukammali ularni uygunlashgan himoya qilishdir. O’simliklarni uygunlashtirish (integrirlashgan) yuli bilan himoya kilinganda zararli organizmlarni yo’qotish entomofaglarni maksimal ravishda saqlagan holda olib boriladi «integratsiya» so’zi lotincha bo’lib, «integrare» - «tiklash», «to’ldirish» degan ma’noni bildiradi.




1.Agrotexnik kurash chorasi.
O’simliklarni zararkunanda kasallik va begona o’tlardan himoya qilishda agrotexnik usul va tashkiliy xo’jalik tadbirlarining ahamiyati nihoyatda katta hisoblanadi. Qishloq xo’jalik ekinlarining rivojlanishiga yaxshi ta’sir ko’rsatib zararkunanda kasallik va begona o’tlarni rivojlanishiga to’siq bo’luvchi barcha agrotexnik tadbirlar bu usulni tarkibini tashkil etadi. Bunday tadbirlarga quyidagilar misol bo’ladi:
1.Dambalarni kengaytirish va yangi sug’orish sistemalarini joriy etish.
2.Ekinlarni almashlab ekish sxemasini tuzishda entomalog yoki fitopotolog yo’riqlarga amal qilish.
3.Ekinlardagi bo’shagan yerlarni chuqur ag’darib haydash. .
3.Imkoniyati ko’targan dalalarga qishki yaxob suvlarni berish.
4.Kuzda ekindan bo’shagan barcha maydonlarni bahorgacha o’simlik qoldiqlaridan tozalash.
5.Erta bahorda ekish muddatini to’g’ri aniqlash imkokiyati boritsa ertaroq ekish.
6.Zarakunanda va kasalliklarga chidamli navlarni tanlab ekish.
7.Ekinlar qator orasiga ishlov berish sug’orish va oziqlantirishni tavsiya etilgan normalari va muddatlariga amal qilib o’tkazish.
8.G’o’zani chekanka kilishda o’sish nuqtalarini daladan olib chiqarib tashlash. (G’o’za tunlami tuxumini yo’qotish maqsadida).

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling