Nazariy materiallar 1-mavzu: pedagogik kreativlik mohiyati, mazmuni reja
Download 0.72 Mb.
|
20 - mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Keys-stadi” texnologiyasi bilan ishlash uchun ish qog’ozlari.
- 2-jadval. Keys muammosini tahlil qilish va echish jadvali
- 3. “Konsteptual jadval” GO bilan ishlash uchun ish qog’ozi.
- Namuna
- Reja
Mashg’ulotning yakuni
Talabalarning faoliyati umumiy tarzda tahlil qilinadi. Imkon qadar har birining faoliyatiga baho beriladi. Mashg’ulot yakunlanadi. 6-mashgulot: O’QUV MATERIALLARINI TAYYORLASHGA KREATIV YONDASHUV (2 soat) Tayanch tushunchalar: o’quv topshiriqlari, ish qog’ozlari, keyslar, darajali testlar, auditoriyani jihozlash, ma’naviy-ma’rifiy tadbirni tashkil etish uchun xona (joy, auditoriya)ni jihozlash. 1. Muayyan mavzu bo’yicha nazariy yoki amaliy mashg’ulot uchun o’quv topshiriqlarini shakllantirish va ular uchun ish qog’ozlarini tayyorlash.O’zingiz uchun yaxshi tanish bo’lgan mavzuda nazariy yoki amaliy mashg’ulot uchun kamida 3 ta o’quv topshirig’ini shakllantiring va ularning barchasi uchun ish qog’ozlarini tayyorlang. “Keys-stadi” texnologiyasi bilan ishlash uchun ish qog’ozlari.1-jadval. Keys echish uchun modulli yo’riqnoma
2-jadval. Keys muammosini tahlil qilish va echish jadvali
3. “Konsteptual jadval” GO bilan ishlash uchun ish qog’ozi.
2. Muayyan mavzu bo’yicha ma’ruza va amaliy mashg’ulot, shuningdek, reyting nazorati uchun keyslar to’plamini shakllantirish.O’zingiz uchun yaxshi tanish bo’lgan mavzuda ma’ruza va amaliy mashg’ulot, shuningdek, reyting nazorati uchun keyslar to’plami (kamida 4 ta keys)ni shakllantiring. NamunaKeys bayoni. Uzoq yillik ish tajribasiga hamda talabalar o’rtasida alohida hurmatga ega tarix fani o’qituvchi auditoriyaga kirib, doskada o’zining karikatura janrida ishlangan rasmini ko’radi. Karikatura yorqin ishlangan, har bir shtrix aniq ishlangan, qolaversa, rasm juda kulgili chiqqan. Butun guruh o’qituvchining karikaturagaya, uning ijodkoriga nisbatan munosabatini kutyapti. Biroq, o’qituvchi shoshilmasdan, katta qiziqish bilan karikaturani tomosha qiladi va shunday dedi: “Karikatura shunchalik yaxshi chiqibdiki, uni hatto o’chirgim kelmayapti. Rasm ijodkori – yosh rassom uni qog’ozga ko’chirib olishi kerak. Men karikaturist (rassom)ni munosib baholayman!”. Keys savollari: 1. O’qituvchining mavjud vaziyatdagi holatini shaxsan Siz qanday baholaysiz? Bu vaziyatda o’qituvchi qanday tarbiya metodini qo’lladi? Keys echimi. Bu vaziyatda o’qituvchi o’zining tarjribali va pedagogik nazokatga egaligini namoyon eta oldi. U karikaturani o’zining ustidan kulish vositasi deb emas, aksincha, san’at asari sifatida qabul qildi. Natijada o’qituvchi aybdor talabani qidirib, unga tanbeh berishni istamadi. Buning o’rniga o’zining san’atga bo’lgan muhabbatini ko’rsatdi. Bunday yondashuv talabalarga o’qituvchining irodali, o’ziga hurmat bilan munosabatda bo’lishi, hissiyotlarini jilovlay olish, o’z-o’zini boshqara bilish qobiliyatiga egaligini ko’rsatdi. Oqibatda talabalar o’qituvchining ruhan barqaror ekanliklarini angladi. Shu sababli keyingi safar ular o’qituvchini kamsitish yoki ustidan kulishni istashmaydi. Bayon etilgan vaziyatda o’qituvchi 1) izohlash (o’zida muayyan guruh yoki alohida shaxsga yo’naltirilganlikniifoalovchi hissiy-og’zaki ta’sir etish usuli); 2) xulq va faoliyatni rag’batlantirish metodlaridan biri bo’lgan – qo’llab-quvvatlash metodidan foydalandi. 7-mashg’ulot: O’QUV MASHG’ULOTLARI UCHUN KEYSLAR VA DARAJALI TESTLAR TO’PLAMINI TAYYORLASHReja:O’quv fani bo’yicha aniq mavzularda keyslar to’plamini shakllantirish. O’quv fani bo’yicha aniq mavzularda darajali testlar to’plamini shakllantirish. 1-keys. XXI asr boshida Rossiya aholisining 3/2 qismi qashshoqlikda yashagan. Shunisi qiziqki, BMT olib borgan tadqiqotlar natijalariga ko’ra dunyo boyliklarining 50 % Rossiyada joylashgan. Qolaversa, Rossiya – ziyolilar yurti bo’lib, butun jahonda oliy va o’rta texnik ma’lumotli mutaxassislar bo’yicha oldingi o’rinlardan birini egallagan (G. “Argumentы i faktы”). Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling