Nazariy mexanika


Topshiriqni bajarish uchun ko‘rsatmalar


Download 1.7 Mb.
bet20/50
Sana31.10.2020
Hajmi1.7 Mb.
#139411
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   50
Bog'liq
11. Nazariy mexanika fanidan loyiha hisoblash ishilari.Statika.

Topshiriqni bajarish uchun ko‘rsatmalar.

1) Hisob sxemasini tuzish. Konstruksiya ichki bog‘lanish joyidan ikki qismga ajratiladi va bog‘lanish turiga e’tibor bergan holda ajratilgan har bir qismlarga uning reaksiyalari qo‘yiladi: sharnirli bog‘lanish uchun o‘zaro perpendikulyar bo‘lgan ikki reaksiya kuchi; siljishga qarshilik ko‘rsatmaydigan bog‘lanish uchun konstruksiya qismi siljishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishga perpendikulyar yo‘nalishda bitta reaksiya kuchi va bitta juft kuch (bog‘lanish reaktiv momenti) qo‘yiladi. Bunda ichki reaksiyalar juft-juft ko‘rinishda ishtirok etgani uchun, ularning modullari o‘zaro teng va yo‘nalishlari qarama-qarshi bo‘lishi hisobga olinishi lozim. Muvozanatdagi ob’ekt sifatida konstruksiya yaxlitligicha yoki uning bir qismi tanlab olinadi va tanlab olingan ob’ektni tashqi tayanchlardan ozod etiladi, tayanchlar o‘rniga esa ularning reaksiyalari almashtiriladi. Tuzilgan hisob sxemalari ko‘rinishi ob’ektni tanlab olinishiga va konstruksiyaning ichki bog‘lanish variantiga bog‘liq bo‘ladi.

2) Muvozanat shartlari shaklini tanlash. Berilgan qo‘shma konstruksiyalar uchun yagona tenglama orqali izlanayotgan reaksiya aniqlanmaydi. Tuzilgan hisob sxemalari (yaxlit konstruksiya va uning ajratilgan qismlaridan biri) uchun kuchlar muvozanati shartlarining kerakli shaklidan foydalanib, izlanayotgan reaksiya ishtirok etuvchi minimal tenglamalar tuziladi.

3) Izlanayotgan reaksiya modul bo‘yicha eng kichik qiymatga ega bo‘ladigan ichki bog‘lanishli variantni tanlab olish. Ikkala variant uchun tuzilgan tenglamalardan izlanayotgan reaksiya aniqlanadi. Keyingi hisob uchun modul bo‘yicha eng kichik qiymatga ega bo‘lgan reaksiyali variant tanlab olinadi.

4) Barcha tayanch reaksiyalarini aniqlash. Tanlab olingan variant uchun muvozanatning qolgan shartlaridan ajratilgan qismning muvozanatini tekshirish orqali ichki bog‘lanish reaksiyalari aniqlanadi. SHuningdek, yaxlit konstruksiya uchun tanlab olingan muvozanat shartlari shaklining boshqa ikki shartidan foydalanib, tayanch reaksiyalar aniqlanadi. Muvozanat shartlarining (2.3) va (2.4) shakllari tanlab olinganda, ularning chegaralangan ekanligiga e’tibor berish lozim.

5) Natijalarni jadval ko‘rinishida taqdim etish. Topshiriq bajarishining yakunida ikkala bog‘lanishli variantlar uchun barcha topilgan natijalar jadval ko‘rinishiga keltiriladi (aniqlanishi talab etilmagan reaksiyalarga “-“ belgi qo‘yiladi).



Topshiriqning bajarish namunasi.

Masalaning qo‘yilishi: Qo‘shma konstruksiya ikki qismdan iborat bo‘lib, bu qismlar bir-biri bilan nuqtada turlicha bog‘langan. nuqtada qanday bog‘lanish bo‘lganda izlanayotgan reaksiya moduli kichik bo‘lishi topilsin, hamda shunday bog‘lanish bo‘lgan hol uchun tayanch va nuqtadagi ichki bog‘lanish reaksiyalari aniqlansin. (2.1-rasm).

Berilgan: Balkaning yuklanish va turli bog‘lanish sxemalari, kN/m, kN, kN, kN·m, , m, m, m. Izlanadigan reaksiya ga teng.

Echish: 1) Berilgan qo‘shma konstruksiyaning ikki ichki bog‘lanishli varianti uchun hisob sxemalarini tuzamiz.

2.1 - rasm



Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling