I. Tashkiliy qism – 3 minut
Informatika o’quv xonasi hamda o’quvchilarning tibbiy formalari darsga tayyorgarligi nazoratdan o’tkaziladi, navbatchi hisoboti tinglanadi,davomat aniqlanadi. Bugungi mavzuning tarbiyaviy ahamiyati haqida to’xtalib o’tadi. Oxirgi yangiliklar haqida e’lon qiladi.
II. O’quvchilarning o’tilgan mavzu bo’yicha bilimlarini tekshirish -20 minut
O’quvchilar tomonidan o’tilgan dars mavzusi aytiladi: Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi. Dastlab o’qituvchi tomonidan o’quvchilarga frontal so’rov savollari beriladi:
Hisoblash texnikasi necha avlodga bo’lib o’rganiladi.
Avlodlar nimasibilan farq qiladi
Hozirgi kunda nechanchi avlod EXMlari faoliyat ko’rsatayapdi.
Bu savollarga javob berilgandan so’ng quyidagi so’rov savollari, testlar hamda krossvordlar o’qituvchi tomonidan o’quvchilarga tarqatiladi.
So’rov savollari:
EXM nima?
Informatika nimani o’rganadi ?
EXM ning birinchi avlodi haqida tushuncha bering?
EXM ning ikkinchi avlodi haqida tushuncha bering?
EXM ning uchinchi avlodi haqida tushuncha bering?
EXM ning to’rtinchi avlodi haqida tushuncha bering?
EXM ning beshinchi avlodi haqida tushuncha bering?
EXMlar nimasi bilan avlodlarga ajraladi?
ENIAK EXM iga tasnif tushuncha bering?
Dastlabki xisoblash asboblari?
Birinchi jamlash mashinasi qachon ixtiro etilgan va kim tomonidan
Test savollari:
I variant
1. Axborot texnologiyalari deganda nimani tushunasiz ?
A) Axborotlarni to'plash, saqlash, izlash, qayta ishlash va uzatishda
foydalaniladigan vositalarni.
B) Axborotlarni to'plash, saqlash, izlash, qayta ishlash va uzatishda
foydalaniladigan vositalarni o'rganadigan fanni.
C) Axborotlarni komputer yordamida to'plash, saqlash, izlash, qayta
ishlash va uzatish usullari o'rganadigan fanni.
D) televizor, kompyuter, telefon, radio, magnitofan, faks, kseroks
fotoapparat, videokamera, mikroskop va boshqalarni.
Do'stlaringiz bilan baham: |