Nazariy o`quv mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi f an: Akusherlik va ginekologiyada hamshiralik ishi


ORTTIRILGAN IMMUN TANQISLIGI SINDROMI (OITS)


Download 1.82 Mb.
bet11/21
Sana23.01.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1112925
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
Gine-repro nazariy 5, 9 mavzu

ORTTIRILGAN IMMUN TANQISLIGI SINDROMI (OITS)
Orttirilgan immun tanqisligi sindromi tez tarqaluvchi jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasallik hisoblanadi. OITS birinchi bo‘lib 1981 yilda qayd etilgan. Uni keltiribchiqaruvchi virus-1983 yilda aniqlangan, odam immun tanqisligi virusi (OIV-VICh) hisoblanadi. Kasallikning tarqalganlik darajasi. Dunyoning ko‘pgina mintaqalaridan olingan ma’lumotlar haqiqatga unchalik yaqin bo‘lmasada, Butun jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining axborotlariga ko‘ra, ko‘pgina mamlakatlarda bu kasallik keng tarqalmoqda, hattoki haqiqiy epidemiya holati sodir bo‘lmoqda. OITS ning oqibati asosiy e’tiborni o‘ziga qaratmoqda, chunki bu kasallik asosan yosh kishilarda va inson umrining sermahsul davriga to‘g‘ri keladi. AQSh, Braziliyada OITS keng tarqalgan. Buyuk Britaniya, Meksika kasallik o‘rtacha darajada tarqalgan mamlakatlar hisoblanadi. Odam immun tanqisligi virusi (OIV) ning tarqalishi. OITS OIV infeksiyasi chaqiradigan keng qamrovli kasallikdir. OIV inson organizmi immun tuzilishini zararlovchi infeksiya bo‘lib, u asosan oq qon tanachalarida ishlab chiqariladigan T-limfositlarini yemiradi, OIV tinch osuda holatidan faollikka o‘tish xususiyatiga ega. Ayniqsa jinsiy yo‘l orqali yuqadigan kasalliklar OIV ning faollashuviga sabab bo‘ladi. Inson organizmi qancha uzoq vaqt davomida infeksiyalanib yursa, uning immun tizimining zararlanish ehtimoli shuncha ko‘proq bo‘ladi va turli xil kasalliklarning, jumladan xavfli o‘smalarning ko‘payishiga olib keladi. OIV ni yuqtirgan kishilarning qariyb 50% 10 yil ichida OITS kasalligiga duchor bo‘ladilar. OITS kasalligi bilan og‘rigan bemorlarning 50% 18 oy ichida, 80% esa uch yil davomida hayotdan ko‘z yumishlari qayd etilgan. Afrika mamlakatlarida bu ko‘rsatkich yana ham qisqarok, sababi ularda kasallik kech aniqlanadi va tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasi va unga erishish qiyinroq bo‘lganligi uchun.
Epidemiologiyasi. OIV ni yuqtirganlar soni JSST ma’lumotlariga ko‘ra 10 mln. gacha kishini tashkil etadi. 1990 yilda esa ularning soni 100 mln. dan oshgan bo‘lishiga qaramasdan 1998 yilda JSST tomonidan dunyoning 135 dan ko‘proq mamlakatlarida 120000 dan ortiq holatlarda OITS qayd etilgan. Ammo haqiqiy kasallanganlar soni bu raqamdan ancha ko‘p bo‘lishi extimoldan holi emas. Chunki ko‘pgina mamlakatlarda kasallik diagnostikasidagi qiyinchiliklar bunga sabab bo‘lishi mumkin. Rivojlanayotgan mamlakatlar orasida Braziliya va Markaziy Afrika mamlakatlarida kasallik ko‘p tarqalgan. AQSh da 1988 yilda 73000 dan ziyod kasallik qayd etilgan bo‘lib, uning 56%i olamdan ko‘z yumganlar. OITS bilan kasallanganlarning 70% AQSh zimmasiga to‘g‘ri keladi. Yevropada (Shveysariya, Daniya, Fransiya va Belgiyada) OITS shu mintaqadagi boshqa mamlakatlardagidan ko‘proq uchraydi. Osiyo mamlakatlarida OIV yuqtirgan kishilar haqida ma’lumotlarkam, lekin keyingi yillarda Markaziy Osiyo davlatlarida, jumladan O‘zbekistonda ham OIV ni yuqtirgan kishilar va OITS bilan kasallangan bemorlar qayd etila boshladi.
JSST kasallik tarqalishining quyidagicha variantlarini tavsiya etadi.
I-variant. Shimoliy Amerika, G‘arbiy Yevropa, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Janubiy Amerikaning ba’zi bir mintaqalariga xos bo‘lib, bu mamlakatlarda 80% hollarda OITS gomoseksualist erkaklarda, narkomanlarda (narkotik moddalarni vena ichiga qabul qiladiganlarda) qayd etilgan.
II-variant. Afrika qit’asi mamlakatlari va Janubiy Amerikaning ba’zi mintaqalariga xos. Bu mamlakatlarda OITS kasalligi geteroseksualistlar orasida uchraydi. Uning 25% 20-40 yoshli aholi o‘rtasida tarqalgan. Asosan foxishalarning 90% OIV ni yuqtirib olgan. Infeksiyaning asosiy manbai ko‘p kishi bilan xususan JYOYuK lar bilan jinsiy aloqada bo‘lish hisoblanadi.
III-variant. Sharqiy Yevropa, Osiyo mamlakatlari va Janubiy Amerikaning qishloq tumanlariga xos bo‘lib, bu yerlarga kasallik yaqin yillar davomida kirib kelgan. Bu mintaqalarda kasallikning tarqalishi keyingi yillarda aholining chet mamlakatlarga turli sabablarga ko‘ra borib kelishlari, ular orasida foxishabozlikning rivojlanishi, kasallikni yuqtirib kelib, boshqalarga yuqtirishlari asosiy sabab bo‘lmoqda. Kasallikning o‘tish yo‘llari
Jinsiy aloqa yo‘li. Erkaklar orasida tarqalishi asosan gomoseksualistlarda uchraydi. Erkaklardan ayollarga, ayollardan erkaklarga kasallik jinsiy yo‘l orqali yuqadi. 95% hollarda kasallik jinsiy yo‘l bilan yuqadi.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling