Nazariy o'quv mashg'ulotining o’qitish texnologiyasi


Yangi o’quv materialini mustahkamlash


Download 265.17 Kb.
bet3/6
Sana20.02.2023
Hajmi265.17 Kb.
#1216204
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-m Orif

Yangi o’quv materialini mustahkamlash:
8. Mustahkamlash uchun “Blits so’rov” o’tkazish. (6- ilova) Berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi. Mavzuning kasbiy faoliyatlardagi ahamiyati bilan bog’lab mavzuni yakunlaydi.

Uy vazifasini taqdim etadilar.

Savollarga javob beradilar.


Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar.

Diqqat qiladilar. Savollarga javob beradilar.


Yozib oladilar. Diqqat qiladilar.


Savollarga javob beradilar.


Topshiriqlarni bajaradilar.


Ma’lumotlarni daftarga qayd qiladilar. Diqqat qiladilar Topshiriqni bajaradilar



3-bosqich
Yakuniy bosqich
(10 min)

Mashg’ulot yakuni.
1.Faol ishtirok etgan o’quvchilarni javoblarni izohlab baholaydi va rag’batlantiradi.


Uyga vazifani berilishi:
2.Kelgusi mashg’ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yoriqnoma beradi (7- ilova)

Baholari bilan tanishadilar.
Topshiriqni yozib oladilar.

Maxsus fan o’qituvchisi: O.Xandalov
1 – Mavzu: Kuzov, kabina


Reja.



  1. Kuzovning vazifasi va tuzilishi.

  2. Kabinaning vazifasi va tuzilishi

  3. Avtomobilning kuzov, kabina va tayanchlarining asosiy nosozliklari

  4. Avariyaga uchragan kuzovlarni to’g’irlash usullari

Avtomobilning energiya manbai dvigatel, transmissiya, yurish qismi, boshqaruv mexanizmi o‘z vazifasini bajara olishi uchun biror qismga mahkamlanishi kerak. Bundan tashqari, avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni ham joylashtirish zarur. Yuk avtomobillarida haydovchiga ayrim joy ajratilgani uchun kabina ham kerak.
Ko‘tarib turuvchi qism avtomobilga zarur hamma agregat, mexanizm, uzellarni joylashtirish uchun kerak.
Ko‘tarib turuvchi qismga asosan rama mansub bo‘lib, ramasiz konstruksiyalarda esa kuzov hisoblanadi.
Avtomobilda shunday qism ham bo‘lishi zarurki, u yukni, yo‘lovchilarni (yengil avtomobil va avtobuslarda) joylashtirish hamda ularni tashqi atrof-muhit ta’siridan saqlab turishi uchun xizmat qiladi.
Kuzovlarning vazifasi bo‘yicha yuk uchun (yog‘och yoki temir platforma), yo‘lovchilar uchun, yuk uchun va maxsus turlari bo‘ladi.
Yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan kuzovlar umumiy vazifani bajaruvchi (yengil avtomobil va avtobuslar kuzoviga) hamda maxsuslariga (laboratoriya, ta’mirlashga mo‘ljallangan, yong‘indan xavfli) bo‘linadi.


Yuklamani to‘la qabul qiluvchi yengil avtomobil kuzovi.
1-oldingi bamper; 2-dvigatel kapoti; 3-haydovchi va yo‘lovchi o‘rindiqlari; 4-yuk xonasining qopqog‘i; 5-eshiklar; 6-qanotlar; 7-ketingi bamper.

Sinchsiz kuzovlar bir butun bo‘lib, yetarlicha bikr bo‘lishi uchun ayrim qismlarining ko‘ndalang kesimi jim-jimador bo‘ladi (yengil avtomobil kuzovlari).


Zamonaviy yengil avtomobillarda yuklamani to‘la qabul qiluvchi va yo‘lovchilarni joylashtirishga mo‘ljallangan kuzovlar ishlatiladi (rasm).


Kuzov bir butun po‘latdan shtampalab qilingan qobig‘ bo‘lib, unga kapot, yuk xonasining qopqog‘i, eshiklar, qanotlar, radiator pardasi, oldingi va ketingi bamperlar iboratdir. Kuzovning qobig‘i bir bugun payvand qilingan qismlardan iborat bo‘lib, ikkita old qanotlar, orqa qanot bilan bir qilib ishlangan ikkita yon tomon, kuzov tomi, payvand qilib biriktirilgan (rasm).
Kuzovning ikki tomonida ikkitadan ochiq joylar bo‘lib, ularga eshik­lar sharnir yordamida mahkamlangan. Eshiklar shtampalab tayyorlangan tashqi va ichki panellardan iborat bo‘lib, payvand bilan biriktirilgan. Eshiklar oynasi toblangan shishadan yasalgan. Old va orqa oynalar uch qavatli bo‘lib, sinib ketganda o‘z ko‘rinishini yo‘qotmaydi va xavfsiz hisoblanadi.
Kapot kuzovning old qismini berkitib turadi, u kuzovga ikkita ilgak bilan biriktirilgan. Kapot uni yopiq holatda ushlab turuvchi qulfga ega. Qulf kuzov ichidan ochiluvchi ilgakga ega.
Kuzov yukxonasi oldingi g‘ildiraklari yetakchi va klassik komponovkali avtomobillarda ketinda joylashgan. Unda yo‘lov- chilarning yuki, zahira g‘ildirak va haydovchi asboblari saqlanadi. U qo‘shaloq ilgak yordamida kuzovga mahkamlangan bo‘lib, old qismida ichidan qulf o‘rnatilgan.

Kuzov ichida bir yoki ikki qator o‘rindiqlar o‘rnatilgan, haydovchi va yo‘lovchi o‘rindig‘i qulaylik uchun bo‘ylama yo‘nalishda va suyanchig‘i og‘ib, rostlanadigan qilib yasalgan.


Download 265.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling