Nazariy o‘quv mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi
Download 1.51 Mb.
|
Markaz Domla7777
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi
- Ta’lim oluvchi
O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi
36-MAVZU: Davlat texnika nazorati qoidalariga ko’ra qo’l bilan signal berish. Reja: 1. Qo’l bilan signal berish. 2. Bayroq bilan signal berish. Yuklarni takelaj vositalari bilan ko'tarish rahbariga ko'pincha yuk iluvchi va kran haydovchilarga uzoq masofadan turib buyruq berishga to'g'ri keladi. Qurilish maydonchalaridagi shovqin turli tovushlar-farmoyishlarni qabul qilishga xalaqit beradi. Shuning uchun yuk ko'taradigan mexanizmlar ish jarayonlarini amalga oshirishda ko'rinadigan signallar vositasida buyruq beriladi. Davlat texnika nazorati qoidalariga ko'ra qo'l bilan signal berish tavsiya etilgan. Kran haydovchi va yuk iluvchi orasidagi kelishilgan ishlar uchun bir necha turdagi aloqa va signal belgilarini berish qo'llaniladi. Signal berish ikki qismga bo'linadi: belgili va ovozli signal. Signal ovozi strela uzunligi 10 metrdan oshmagan o'ziyurar strelali kranlarda < to'xtatish; < buyruqlarini berishda foydalaniladi. Shuningdek, quyidagi buyruqlar ham qo'llaniladi: «Vira gak!>> -ilgakni ko'tar; < Belgili signalizatsiyani qo'llashda yuk ko'taruvchi kran moslamalari qoidalariga va xavfsiz ishlatish (foydalanish) qoidalariga rioya qilgan holda qat'iy qo'llanish tavsiyanomalariga amal qilgan holda bajariladi. Kran boshqaruvchi va yuk iluvchilar bu qoidalarga qat'iy rioya qilishlari shart. Hamma signallar kran orqali yuklarni uzatishda faqat yuk iluvchi orqali beriladi. (Faqat «Stop!>> signali boshqa ishchilar tomonidan xavfli vaziyat yuzaga kelganda berilishi mumkin). Bir joyda, bir xil vaqtdagi ish jarayonida bitta yuk ko'tarish mexanizmidan ikki va undan ortiq yuk iluvchi foydalangan holatlarda, bir kishi mas'ul etib saylanadi. Kran haydovchi albatta kimning buyrug'iga bo'ysunishi kerakligini bilishi kerak. Smenani topshirish paytida albatta yuk iluvchilarning ismi-sharifi va familiyasi kran haydovchining vaxta jurnaliga yozilishi shart. Kran haydovchi ko'rmaydigan maydonlarda kran haydovchi bilan yuk iluvchi orasida yuklarni ilish uchun telefon yoki radio telefon aloqasi o'rnatilgan bo'lishi kerak. Bunday aloqa vositasi bo'lmagan joyda ma'lumotli va malakali yuk iluvchilardan signal beruvchi saylanishi lozim. Bajariladigan ishlar tavsiyanomasi va kranning turiga qarab radio-telefon aloqasi maxsus ishlab chiqarish ko'rsatmalari orqali buyruqlar almashinishi tartibi bo'lishi kerak. Yuklami uzatish ishlarida xavfsizlikni ta'minlaydiganjavobgar shaxs signal beruvchi etib saylanadi. Qurilish-montaj ishlarini bajarish ishlab chiqarish sharoitida, signal beruvchi tuzilmasini boshqarish joylarida, bino va inshootlarda, ishlab chiqarish ishlari loyihalarida signal beruvchining xavfsizligini ta'minlaydigan chora tadbirlar albatta inobatga olingan bo'lishi lozim. Kranga xizmat ko'rsatuvchi shaxs kran turi asosida ishlab chiqilgan, ishlab chiqarish ko'rsatmasida ko'zda tutilgan signal berish tizimini o'zlashtirgan bo'lishi kerak. Yuklarni uzatish, ko'tarish va tushirishda yuk iluvchi va boshqa ishchilarni favqulodda xavfdan ogohlantirish uchun kran boshqaruvchisi ovozli signal uzatishi shart. Yuk ko'tarish ishlarini bajarish vaqtida kran haydovchi va yuk iluvchi orasidagi aloqa qandaydir sabablarga ko'ra uzilgan bo'lsa, ishni darhol to'xtatish shart. Qurilish obyektlarida, baland minorali kran qo'llaniladigan joylarda yuk iluvchilar qo'llariga qizil bog'lagich taqishlari va yorqin sariq rangli kiyim kiyishlari kerak, chunki kran boshqaruvchisi oddiy ishchi bilan yuk iluvchilami ajrata olishi lozim, sababi, oddiy ishchilarga signal uzatishga ruxsat etilmaydi. Har yili albatta ishlab chiqarish ko'rsatmasida ko'zda tutilgan hamma signallar qo'llanilishi tekshirib turilishi kerak. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling