Nazariy o‘quv mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi
O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi
Download 1.51 Mb.
|
Markaz Domla7777
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’lim oluvchi
O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi
58-MAVZU: Qurilish konstruksiyalarini ilish uchun ishlatiladigan moslamalarni o’rnatish. Reja: 1. Montaj ishlaridagi qurilmalar. 2. Xavozalar, zinalar, lulkalar. Montaj ishlarida 25,0...200,0 t yuk ko'taradigan gidravlik domkratlardan foydalaniladi. Balandligi 300...400 mm bo'lgan domkratlar bilan yuklar 75...200 mm balandlikka ko'tariladi. Domkratlarning vazni og'ir bo'lishi 200...800 N va qo'lda o'matilishi ulaming kamchiligidir. Montaj ishlarida ishlatiladigan kranlar yuqori yuk ko'taruv chanligi (500,0 t gacha) oralig'i kichikligi (taxminan 20 m gacha) va sekin harakat qilishi bilan tavsiflanadi. Qishloq xo'jalik va gidrotexnik inshootlar, turarjoy va sanoat binolarini qurishda, tuzilmalar va texnologik jihozlarni montaj qilishda, shuningdek, qurilish-montaj ishlarini olib borishda minorali kranlardan keng foydalaniladi. Kran minorasi tuzilmasi bo'yicha: minorasi aylanadigan (KB-160.2, KB-503) va minorasi aylanmaydigan (KB-674, KB-572) turga bo'linadi. Yuklash, tushirish va montaj ishlari uchun mo'ljallangan normal kranlar DAST 5126-70 bo'yicha yuk ko'taruvchanligi 10,0 va 16,0 t, strela uzunligi 8 m, ko'tarish balandligi 27...29,5 m, ko'tarish tezligi 24...20 m/min (asosiy) va 0,6...0,4 m/min (yordamchi), harakat tezligi 33 min·1, strela uzunligini o'zgartirish tezligi 20 m/min va burish tezligi 1,1 m/ min bo'ladi. Kemasozlikda ishlaydigan portal kranlarning yuk ko'taruvchanligi 100,0 t dan strelasining uzunligi esa 50 m dan ortiq bo'ladi. Montaj ishlarida bir tarmoqli (ISS), ikki tarmoqli (2SS), uch tarmoqli (3SS), to'rt tarmoqli (4SS), universal (SSU) stroplardan keng foydalaniladi. Ko'tarilayotgan yuklarning qirralariga zattjirlardan shikast yetmasligi uchun zanjir bilan yuk orasiga yumshoq metalldan tayyorlangan qistirmalar ishlatiladi. Montaj ishlarini bajarish uchun boshqa qamrov moslamalaridan foydalaniladi. Bularda montaj qilinadigan elementlarning o'ziga xos tomonlari hisobga olingan bo'ladi. Tuzilmalarni ko'tarish uchun qamrov moslamalari tiplari haqidagi ko'rsatmalar montaj ishlarini bajarish loyihalarida va ish jarayonlari texnologik kartalarida beriladi. Montaj ishlarini bajarishda ko'pincha arqonni bevosita ishlatishga to'g'ri keladi. Ular yuklar (tuzilma elementlari)ga, ko'tarish krani ilmog'iga yoki machtalarga mahkamlanadi, boshga hollarda har xil tugun hamda ulamalarni go'llashga to'g'ri keladi: dumaloq narsalarni yakka argon bilan ilishda sakkizsimon va go'sh sakkizsimon; katta diametrli predmetlarga argon uchini bog'lashda galmiq tuguni; arqonni machtalar, yakorlarga mahkamlashda gistirma ; qo'sh gistirma, surilma uchma-uch tugunlari qo'llaniladi. Yakka argon ilmogqa gayka tuguni bilan bog'lanadi. Qurilish-montaj ishlarini bajarish ishlab chiqarish sharoitida, signal beruvchi tuzilmasini boshqarish joylarida, bino va inshootlarda, ishlab chiqarish ishlari loyihalarida signal beruvchining xavfsizligini ta'minlaydigan chora tadbirlar albatta inobatga olingan bo'lishi lozim. Kranga xizmat ko'rsatuvchi shaxs kran turi asosida ishlab chiqilgan, ishlab chiqarish ko'rsatmasida ko'zda tutilgan signal berish tizimini o'zlashtirgan bo'lishi kerak. Inshoot zinalari montaj uchun qiya holatda uzatiladi, ba'zilarida loyihalangandan ko'ra qiyaligi kattaroq. Bunda uzaytirilgan stroplardan foydalangan holda montaj qilinadi yoki har xii oxirlik bog'lamlardan foydalaniladi, ularning bir uchidan ikkinchi uchi uzunroq bo'lib, ko'tarilayotgan elementning tagiga ulanadi. Zinalarni ko'tarish uchun uning tuzilmasidan qat'yi nazar ilgaklar (iladigan sirtmoqlar soniga qarab) yoki sirtmoq tutgichlar (sirtmoq o'rniga bog'lamlar uchun teshik borligida) va panshaxali qisqichlar qo'llaniladi, (montaj qilish uchun sirtmoq va teshiklar bo'lmagan holatlarda) zina maydonlarini omborlarga saqlash uchun stroplardan foydalanish holatlarida bir necha usullardan foydalaniladi («qovurg'a ustiga>> ). Zinalar, avvalo, oddiy stroplar bilan oddiy ilgaklar orqali ilinib, (shunday holatda qanday saqlangan bo'lsa) uzatiladi, keyin ular kantovka qilish joyiga (kantovka qilish qoidalariga muvofiq) kerakli holatda uzatiladi. Zinalar kran yordamida yotqizilgan holatda zinapoyalari yuqoriga qilib uzatiladi, keyin ular qayta bog'lamlar orqali stroplarga bog'lanib, montaj qilish holatiga yaqin tarzda uzatiladi. Loyihada ko'rsatilgan holatga yaqindir. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling