Nazariy qism. Oltin rudasini flotatsiyalanish xususiyati


III bob. Oltin-pirit rudalarni boyitish fabrikalari


Download 487.49 Kb.
bet6/18
Sana08.03.2023
Hajmi487.49 Kb.
#1249562
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Madaliyeva oltin-pirit

III bob. Oltin-pirit rudalarni boyitish fabrikalari.
O`zbekistonda 60-yillarda oltin qazib olish sanoati bunyod etildi.Muruntov, Chodak, Konbuloq oltin konlari, Farg`ona vodiysidagi daryo o`zanlaridan sochma oltin, Nurota, Qurama, Zarafshon, Hisor, Pomir tog`larida oltin tarkibli kvars tomirlari va rudalar mavjudligi aniqlandi.Respublika hududida 30 ta oltin koni aniqlandi.Oltin qazib oluvchi Muruntov tog` boyitish kombinati, Marjonbuloq kombinati qurildi.”O`zbek oltin” birlashmasi tuzilgach, uning tarkibida Chodak boyitish kombinati(1965), Angrenda oltin saralash fabrikasi qurilib ishga tushirildi.


3.1.Angren oltin saralash fabrikasi.
Angren oltin saralash fabrikasi Angren kon boshqarmasi tarkibiga kiradi.Hozirgi vaqtdagi asosiy texnologik jarayonlar quyidagilar hisoblanadi:
-rudani ikki bosqichda 80% kassgacha maydalash 0,074mm;
-oltin tarkibli konsentrat olib flotatsion boyitish;
-konsentratni quyultirish;
-konsentrat filtratsiyasi;
-kekni (konsentratni) quritish).
Angren oltin boyitish fabrikasi –oltin rudasini boyituvchi fabrika, “O`zbekolmosoltin” uyushmasi tarkibiga kiradi, Toshkent viloyati Angren shahridan 6 km uzoqlikda, shaharning g`arbida joylashgan. 1971-1973-yillarda qurilgan. Fabrikada Ko`chbuloq, Qizilolmalisoy va boshqa oltin konlaridan qazib olingan ruda qayta ishlanadi(qayta ishlanadigan rudalar tarkibida 40 ga yaqin minerallar uchraydi).Fabrikada olingan gravio- va flotokonsentratlar yana qayta ishlash uchun Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga jo`natiladi.Fabrikada ishlab chiqariladigan mahsulotlardan oltin, kumush, mis, selen, tellur, vismut kabi metallar olinadi.Fabrikada 1992-1993- yillarda “O`rta Osiyo rangli metallar” loyiha ilmiy tadqiqot institutda loyihasi asosida rekonstruksiya qilindi va ishlab chiqarish quvvati ikki marta oshirildi.Fabrika negizida qimmatbaho metallarni qazib olish va qayta ishlash bo`yicha Nyumont(AQSH), Mitsui(Yaponiya) kompaniyalari bilan hamkorlikda yopiq turdagi “Angrengoldkompani” qo`shma korxonasi barpo etish bo`yicha shartnoma imzolandi.



Download 487.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling