Nazariy qism. Oltin rudasini flotatsiyalanish xususiyati


Сhodak oltin saralash fabrikasi


Download 487.49 Kb.
bet7/18
Sana08.03.2023
Hajmi487.49 Kb.
#1249562
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
Madaliyeva oltin-pirit

3.2. Сhodak oltin saralash fabrikasi.
Chodak oltin saralash fabrikasi 1970- yilda ishga tushirilgan bo`lib, u yiliga 180 ming tonna oltin tarkibli ruda qazib olish va ularni qayta ishlash quvvatiga ega.Fabrikada Pirmirob va Guzaksoy konlarining oltin tarkibli rudalarini qayta ishlaydi.
Chodak rudali maydoni Pirmirob ba Guzaksoy oltin-kumush konlarini , shuningdek, oltin va boshqa foydali qazilmalarning bir qator rudoprovleniya ma`dan namoyon bo`lishlarini o`z ichiga oladi. U Qurama tog`ining sharqiy tugashining janubiy yon bag`rida, Chodak daryosining o`rta oqimida, Namangan viloyatining Pop tumani hududida joylashgan. Tuman kon ma`dan sanoati rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Bu yerda 1970- yildan beri Chodak rudnigi va oltin ajralib oluvchi fabrika faoliyat yuritadi.Oltin (oltin minerali elektrum va kumush) asosan xalkopirit, sfalerit, galenit, arsenopirit kabi minerallar bilan birga uchraydi.Rudaning tarkibi xlorit, albit, dala shpati, kalsit, seresit, kvars, epidot, aktinolit, piroksen, vollostonit minerallari mavjud.


IV BOB. TEXNOLOGIK HISOBLAR
2.1. Maydalash sxemasini tanlash va hisoblash.
Ruda tayyorlash operatsiyalari maydalash, elash va yanchish operatsiyalarini o`z ichiga olib, rudani boyitilishga moyilligi, ishlatilishi mumkin bo`lgan dastgohlarning texnologik xususiyatlari, hamda xossalari va tarkibi jihatidan o`xshash rudani qayta ishlash tajribalari asosida tanlanadi.
Maydalash operatsiyalari foydali qazilmalarni tegirmonda yanchish yoki foydali mineral o`lchami kattaroq bo`lganda to`g`ridan-to`g`ri boyitishga tayyorlash uchun ishlatiladi. Maydalash-saralash fabrikalarida maydalash operatsiyalari mustaqil ahamiyatga ega.
Maydalash sxemalariga odatda dastlabki va tekshiruvchi elash operatsiyalari kiritiladi. Ularni elakning yuqori mahsuloti (elak usti) tushadigan maydalash operatsiyalariga kiritish qabul qilingan.
Maydalash operatsiyalari o`zlariga tegishli elash operatsiyalari bilan birgalikda maydalash bosqichini, maydalash bosqichlarining yig`indisi maydalash sxemasini tashkil qiladi.


Download 487.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling