Nazariy qism. Oltin rudasini flotatsiyalanish xususiyati
TEXNIK IQTISODIY HISOBLAR va HAYOT FAOLIYATI
Download 487.49 Kb.
|
Madaliyeva oltin-pirit
Kirish O`zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov aytganlaridek: “Iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari –neft, gaz, qora va rangli metallurgiya sanoatlarini texnik qayta jihozlash va yanada rivojlantirish, hamda shu asosida hom ashyo resurslaridan to`la va samarali foydalanishni ta`minlash Respublikamiz iqtisodiyotini ko`tarishimizda eng dolzarb masala hisoblanadi”. [1] Ma`danlardan oltin va kumush ajratib olish texnologiyasi juda murakkabligi, uning moddiy tarkibining nihoyatda xilma – xilligi va asosiy komponent hisoblanuvchi oltinning dastlabki ma`dan tarkibidagi miqdorining kamligidir. Oltinning ajratib olish texnologiyasida gravitatsiya va flotatsiya usulida boyitish , gidrometallurgiya , pirometallurgiya , kuydirish kabi usullarni o`z ichiga oladigan tarmoqlangan sxemalar qo`llashni talab etadi. O`zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov o`zlarining asarlarida ko`p bor ta`kidlab o`tgan, shu jumladan “O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida “ asarlarida shunday qimmatli fikrlarni bildirgan : “O`zbekiston o`zining yer osti boyliklari bilan haqli ravishda faxrlanadi. Bu yerda mashhur Mendeleyev davriy jadvalining deyarli barcha elementlari topilgan” “Zaminimiz qimmatbaho mineral hom ashyo resruslariga boyligi xalq xo`jaligini ichki tuzilishini tubdan o`zgartirib, respublikamizni jahon bozoriga chiqishini ta`minlaydigan tarmoqlarni rivojlantirishga imkon beradi”. Mamlakatimiz xalq xo`jaligining foydali qazilmalar va ularni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanmaydigan birorta ham tarmoq yo`q. [1] Konchilik sanoatining turli tarmoqlari O`zbekiston Respublikasining iqtisodiyotida muhim rol o`ynaydi. Respublikada qidirib topilgan va zahiralari aniqlangan mineral hom ashyo resurslari asosida bir qator konchilik korxonalari faoliyat ko`rsatmoqda, biroq mavjud konchilik korxonalarida qazib olinayotgan foydali qazilmalarning sifatini pasayishidadir. Bularni oldini olishni birdan–bir yo`li ilmiy texnik taraqiyotni jadallashtirish, ishchi va xizmatchilarning malakasini uzuliksiz oshirib borish bilan bir qatorda tobora murakkablashib borayotgan kon – geologik sharoitlarda konlarni qazish va qayta ishlash samaradorligini oshirishni ta`minlovchi mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etishning yangi shakllarini doimiy izlash, mavjud shakllarni takomillashtirish zarur, shu bilan bir qatorda yuqori unumdorlikka ega bo`lgan texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarishni tashkil qilishning samarali uslublarini tadbiq qilish asosida ishlab chiqarish resurslaridan unumli foydalanishdir. O`zbekiston iqtisodiyotida qazib olish va qayta ishlash yetakchi o`rinlardan birini egallamoqda. U sanoat va qishloq xo`jaligining ishlab chiqarishini rivojlantirishga katta ta`sir ko`rsatmoqda, qidirib topilgan zahiralar negizida 400 ga yaqin kon, shaxta, karyer, neft va gaz konlari ishlab turibdi. Har bir mamlakatning iqtsodiy va ijtimoiy rivojlanishi uning tabiiy boyliklari bo`lgan mineral resurslaridan oqilona foydalanishga va undan olinayotgan mahsulotning dunyo bozoriga raqobatbardoshligiga boq`liqdir. Bir qator foydali qazilmalar oltin, mis, uran, tabiiy gaz, volfram, kaliy tuzlari, fosforitlar, kaolinlar bo`yicha O`zbekiston tasdiqlangan zahiralar va istiqbolli ma`danlar jihatidan butun dunyoda yetakchi o`rinni egallaydi. Masalan, oltin zahiralari bo`yicha respublika 4 - o`rinda, qazib olish bo`yicha esa 9- o`rinda turadi. Oltinning asosiy zaxiralari markaziy Qizilqumda joylashgan bo`lib, respublikani yuqori o`rinlariga olib chiqdi. Bulardan eng gigant kon Muruntov oltin konidir. Xulosa qilib aytganda, davlatimiz iqtisodiyotini ko`tarishda kamyob, nodir, rangli va qora metallarga bo`lgan talablar tobora ortib bormoqda. Ushbu malakaviy bitiruv ishi oltinli flotoboyitmalarni quyultirish tezligini oshirishning chora – tadbirlarini o`rganish bo`lib, bunda ma`danni tasnifi, sxemani tanlash va asoslash, texnologik hisoblar, dastgohlarni hisoblash, ekologiya hamda hayot faoliyati havfsizligi bo`limlari yoritilgan. Download 487.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling