O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 0.82 Mb.
|
Иномжонов М. диплом
- Bu sahifa navigatsiya:
- BITIRUV - MALAKAVIY ISHI
- Toshkent – 2018 Mundarija
- Kirish 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida
O‘ZBEKISTON OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOshkent KIMYO-texnologiYA institutI OZIQ - OVQAT MAHSULOTLARI TEXNOLOGIYASI KAFEDRASI Qo‘lyozma huquqida INOMJONOV MURODJON TUROPJON O’G’LI Kuniga 2500 dal rektifikatsiyalangan spirt ishlab chiqarish texnologiyasi 5321000 – Oziq-ovqat texnologiyasi (Qand va bijg‘ish mahsulotlari texnologiyasi) yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini olish uchun yozilgan BITIRUV - MALAKAVIY ISHI
Toshkent – 2018 Mundarija
Kirish 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida belgilangan beshta ustuvor yo‘nalishlardan biri iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo‘yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish hisoblanadi. Shunga ko’ra mamlakatimiz raxbari tomonidan soha taraqqiyotiga katta ahamiyat berilmoqda. 2018 yil 28 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3573-sonli “Vinochilik sohasini va alkogolli mahsulotlarni realizatsiya qilishni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori e’lon qilindi. Qarorda «O‘zsharobsanoat» AJ va uning tarkibidagi korxonalarning kelgusida rivojlantirishi kerak bo’lgan vazifalari, va alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilishni tubdan takomillashtirish, sohani boshqarishning ilg‘or texnologiyalarini joriy etish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va korxonalarning eksport salohiyatini oshirish maqsadida asosiy ustivor yunalishlar belgilab berilgan. Xozirgi paytda qishloq xujaligida o‘tkazilayotgan izchil iqtisodiy islohotlar axolini sifatli oziq-ovqat maxsulotlariga bo‘lgan talabini to‘la qondirish va bu sohadagi ta’minotni tubdan yaxshilab, ishlab chiqariladigan maxsulot sifatini jahon standartlariga etkazish dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Spirt ishlab chiqarishda oziq-ovqat sifatida ishlatishga yaroqsiz bo'lgan donlardan ham foydalanish mumkin. Spirt ishlab chiqarish uchun bug'doy, arpa, javdar, makkajo'xori, tariq, suli kabi boshoqli ekinlar ishlatilishi mumkin. O'zbekistonda spirt ishlab chiqarish uchun, asosan, bug'doy va makkajo'xori doni ishlatiladi. Solod ishlab chiqarish uchun esa yuqori sifatli konditsiyali don ishlatiladi. Etil spirti - xalq xo‘jaligini turli sohalarida keng qo‘llanilib kelinmoqda. Uning asosiy iste’molchisi oziq-ovqat sanoati hisoblanadi. Etil spirti asosan spirtli ichimliklar tayyorlashda, sharoblarni quvvatlantirishda, sirka kislotasi tayyorlashda va boshqa maqsadlar uchun keng qo‘llaniladi. Meditsina sanoatida, vitamin ishlab chiqarishda va dori-darmon tayyorlashda, dizenfeksiya qilish maqsadida ishlatiladi. Etil spirti shuningdek kimyo sanoatida va boshqa sanoatlarda ham ishlatiladi. Spirt ishlab chiqarishda qo‘shimcha mahsulotlar: karbonat angidridi, barda, sivush moylari va efir-aldegid fraksiyasi hosil bo‘ladi. Spirtli bijg‘ish jarayonida hosil bo‘ladigan uglerod (IV)-oksidi yig‘iladi va kompressorlar yordamida suyuq yoki qattiq holatga («quruq» muz) o‘tkaziladi. Spirtni rektifikatsiyalashda sivush moylari (izoamil, izobutil va n-propil spirtlarining aralashmasi) va efir-aldegid fraksiyasi ajratiladi. Ushbu mahsulotlar, asosan, kimyo sanoatida ishlatiladi. Spirt ishlab chiqarishni asosiy jarayonlarida qandli moddalarga aylantirish va qandni etil spirtiga aylantirish biologik katalizatorlar, ya’ni fermentlar orqali amalga oshiriladi. SHuning uchun bu biokimyoviy jarayon hisoblanadi. Lekin qand achitqi yordamida spirtga aylantiriladi. Shuning uchun mikrobiologik texnologiya jarayonlariga ham kiradi. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida to‘rtta spirt zavodi faoliyat ko‘rsatmoqda. Bular: Yangiyo‘l shahridagi «Biokimyo» AJ; Qo‘qon shahridagi «Qo‘qon spirt» AJ; Andijon shahridagi «Bioximzavod» AJ; Toshkent shahridagi «Bektemir-spirt eksperemental zavodi» AJ; Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling