O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


To‘liqmas bevosita ishlovchi bo‘tqarektifikatsiyalash qurilmalari


Download 0.82 Mb.
bet5/21
Sana18.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1595574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Иномжонов М. диплом

To‘liqmas bevosita ishlovchi bo‘tqarektifikatsiyalash qurilmalari
To‘liqmas bevosita ishlovchi bo‘tqarektifikatsiyalash qurilmalari bir-biridan o‘lchamlari bilan farq qiladi. Butun Rossiya bijg‘ish mahsulotlari ilmiy tekshirish instituti yaratgan Tambov “Komsomolets” zavodi aksiyadorlik jamiyati tomonidan bir kecha-kunduzlik quvvati 100, 500, 1000, 1500, 2000, 3000 va 6000 dal bo‘lgan to‘liqmas bevosita ishlovchi bo‘tqarektifikatsiyalash qurilmalari ishlab chiqarilmoqda.
Qurilmaningg o‘ziga xos tomoni bo‘lib bo‘tqani oldindan epyuratsiyalash va
epyuratsiya kolonnasini qizdirish uchun brajkahaydash kolonnasidan chiqadigan spirt-suv bug‘laridan foydalanish hisoblanadi. Bilvosita ishlaydigan bo‘tqarektifikatsiyalash qurilmasidagi brajkahaydash kolonnasi (ya’ni namunaviy bo‘tqarektifikatsiyalash qurilmasidagi brajkahaydash kolonnasi) ustiga 8-10 dona tarelkali kolonna o‘rnatilgan. Ushbu kolonna bo‘tqaepyuratsiyalash kolonnasi deb yuritiladi va bo‘tqani epyuratsiyalash, ya’ni bo‘tqadan bosh qo‘shimchalarni ajratish uchun xizmat qiladi.
Epyuratsiyalangan (bosh qo‘shimchalari ajratilgan) brajkabo‘tqaepyuratsiyalash kolonnasidan brajkahaydash kolonnasining yuqorigi tarelkasiga kelib tushadi. Epyuratsiyalangan bo‘tqadan ushbu kolonnada spirt va u bilan birga uchraydigan qo‘shimchalar haydaladi.
Epyuratsion kolonna ishlashining o‘ziga xos tomoni bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
1) kolonna brajkahaydash kolonnasidan keladigan spirt-suv bug‘lari bilan qizdiriladi;
2) kolonnaga ozuqa sifatida kiritiladigan suyuqlik miqdori boshqa qurilmalarga nisbatan taxminan 1,6 marta kam.
Qolgan hamma jarayonlar (sivush fraksiyasini ajratish, spirt kolonnasining ishlashi) bevosita ishlovchi bo‘tqarektifikatsiyalash qurilmasidagidek amalga oshiriladi. To‘liqmas bevosita ishlovchi bo‘tqarektifikatsiyalash qurilmasiga qo‘shimcha sivush kolonnasi o‘rnatish tavsiya etiladi.

Texnologik sxemaning izohi

Zavodga vagon 1 bilan olib keltirilgan don bunker 3 ga bo‘shatiladi. Bo‘shatish maxsus mexanizmlar 2, o‘zi ag‘daruvchi mashinalar yoki qo‘l kuchi yordamida amalga oshiriladi. Bunkerdan don noriya 4 orqali omborxonaga ko‘tariladi. Avtomatik tarozi 6 da o‘lchangan don vertikal o‘rnatilgan sig‘imlar 8 (siloslar) ga don navi bo‘yicha taqsimlanadi. Siloslar soni zavod ishlab chiqarish quvvatiga bog‘liq holda o‘rnatiladi. Omborxonadagi siloslarga solinadigan don lozim bo‘lgan hollarda qo‘shimchalardan tozalanadi va quritiladi.


Zavodga keltirilib siloslarda saqlanayotgan don noriya 4 orqali ko‘tarilib bunker 5 ga to‘kiladi. So‘ngra don o‘z oqimi bilan tarozi 6 ga tushadi. O‘lchangan don havo-g‘alvirli separator 10 da tozalanadi. Tozalangan dondan trierlar 11 yordamida singan donlar, yovvoyi o‘simliklarning mayda urug‘lari va o‘lchami katta bo‘lgan begona urug‘lar ajratiladi. Separator va ikkita trierlarda tozalangan don vassaai o’lchanib donni maydalash uskunasi 14 ga yuboriladi. Maydalangan don esa aralashtirgich 15 ga uzatiladi.
Ushbu aralashtirgichga harorati 50-55oC bo‘lgan suv beriladi (xom ashyoning kraxmalliligiga bog‘liq holda 1 kg xom ashyoga 2,5-3,5 l). Bir vaqtning o‘zida idish dan suyultirilgan α-amilaza beriladi. Maydalangan xom ashyo va suv aralashmasi aralashtirgichdada aralashtirish moslamasi (elektrodvigatel, yarim mufta va yakor) bilan uzluksiz aralashtiriladi.
So‘ngra massa nasos 19 yordamida quvur orqali kontaktli qizdirish qurilmasi 22 ga yuboriladi. Kontaktli qizdirish qurilmasida massa 65-70oC gacha qizdirilib quvur orqali birinchi raqamli gidrodinamik va fermentativ ishlov berish uskunasi 17 ga, u erdan ikkinchi raqamli gidrodinamik va fermentativ ishlov berish uskunasiga kiritiladi. Gidrodinamik va fermentativ ishlov berish uskunalarida saqlashda massa aralashtirish moslamalari va yordamida aralashtiriladi. Aralashma harorati termogilzada o‘rnatilgan termometr yordamida nazorat qilinadi. Mexaniko-fermentativ ishlov berish orqali xom ashyoni bijg‘itishga tayyorlashning ushbu texnologiyasida, odatda, uch dona birinchi
bosqich gidrodinamik va fermentativ ishlov berish uskunasi o‘rnatiladi. Maydalangan don va suv aralashmasi har bir birinchi bosqich gidrodinamik va fermentativ ishlov berish uskunasida taxminan 1 soat davomida bo‘ladi. Haroratning tushib ketishi mumkinligini hisobga olgan holda va qiyin pishadigan xom ashyoni qayta ishlashni nazarda tutgan holda har bir birinchi bosqich gidrodinamik va fermentativ ishlov berish uskunasida bir donadan kontaktli qizdirish qurilmasi o‘rnatilgan. Bunday hollarda fermentativ ishlov berilayotgan maydalangan don va suv aralashmasi nasos 19 yordamida bir birinchi bosqich gidrodinamik va fermentativ ishlov berish uskunasidan ikkinchisiga uzatiladi. Boshqa holarda fermentativ ishlov berilayotgan maydalangan don va suv aralashmasi bir birinchi bosqich gidrodinamik va fermentativ ishlov berish uskunasidan ikkinchisiga tutashtirish quvurlari orqali o‘tadi.
Birinchi bosqich gidrodinamik va fermentativ ishlov berish uskunasidan ishlov berilayotgan maydalangan don va suv aralashmasi nasos 19 yordamida ikkinchi bosqich gidrodinamik va fermentativ ishlov berish uskunasiga kelib tushadi. Bu erda massa harorati glyukoamilazaning optimal haroratiga keltiriladi. Massa haroratini nazorat qilish uchun ikkinchi bosqich gidrodinamik va fermentativ ishlov berish uskunasida termogilza va ushbu termogilzada termometr o‘rnatilgan. Massa harorati optimal ko‘rsatgichga kelgach idish 15 dan glyukoamilaza fermenti beriladi. Fermentatsiya jarayoni tugagandan so‘ng sharbat nasos 16 yordamida lozim bo‘lganda sovutgich 21 ga yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri bijg‘itish chaniga (achitqi tayyorlashda achitqi biogeneratoriga) yuboriladi.
Massa sovutgichda 22-24oC haroratgacha sovutiladi. Qandlashtirilgan, sovutilgan massa bijg‘itishga yuboriladi. Achitqilarning achitqi biogeneratori 24 da va engil bijg‘uvchi uskunalari 21 da ko‘payishi 14-16 soat davom etadi.
Achitqi o‘stiruvchi uskuna 24 da achitqilar 40-60 daqiqa davomida qo‘shimcha qandlashtirilgan, 75-78oC da 20-30 daqiqa davomida pasterizatsiyalangan va sovutilgan sharbatda o‘stiriladi; engil bijg‘ituvchi uskunaga sharbat umumiy magistraldan pasterlanmasdan, lekin ko‘rsatilgan me’yorda kislotaliligi oshirilgan holda kelib tushadi.
Bijg’ish bo’limidagi tanklar 23 da susla qandi to’liq bijg’ishigacha bo’ladi va bu jarayn 62-72 soat davom etadi.
Brajkahaydash kolonnasi 28 ga tushayotgan brajka issiqlik almashinish qurilmasi 37 da qizidiriladi, separator 38 da CO2 va boshqa gazlardan bartaraf qilinadi. So‘ngra brajkahaydash kolonnasi 28 ga kiritiladi. Gazlar bilan birgalikda spirt ham olib ketiladi va bu kondensatorlar 32 yordamida ushlab qolinadi. Ushbu spirt epyuratsiya kolonnasi 29 ga yo‘naltiriladi. Brajkahaydash kolonnasining ostki qismida barda chiqaruvchi qurilma 36 yoki gidravlik zatvor o‘rnatiladi va ular namuna sovutgichi bilan ta’minlanadi.
Epyuratsiya kolonnasi 29 dan chiqayotgan bug‘ suvga o‘z issiqligini berish tufayli deflegmator 35 va kondensator 32 da kondensatsiyalanadi. Kondensatorda kondensatsiyalangan bug‘da bosh va oxirgi qo‘shimchalar konsentratsiyasi yuqori bo‘lganligi sababli bosh fraksiya (BF) deb nomlanadi.
Bosh qo‘shimchalardan to‘liq va oxirgi qo‘shimchalardan qisman tozalangan brajka distillyati epyurat deb nomlanadi. Epyurat deflegmator va kondensator bilan ta’minlangan spirt kolonnasi 30 ni ozuqlantirishga yuboriladi: spirt kolonnasidan chiqayotgan bug‘ning asosiy massasi deflegmatorda kondensatsiyalanadi va pasterizatsiyalanmagan spirt ko‘rinishida epyuratsion kolonna 29 ning yuqorisiga yuboriladi. Ushbu kondensat bilan spirt kolonnasining pasterizatsiyalash qismida (rektifikatlangan spirt olish joyidan yuqori qismi) yig‘ilib konsentratsiyalangan bosh va oxirgi qo‘shimchalar bartaraf qilinadi. Spirt kolonnasidan chiqayotgan bug‘lar kondensatsiyasi issiqlikni suvga berish hisobida amalga oshiriladi.
Rektifikatlangan spirt spirt kolonnasi 31 ning yuqorisidan sanaganda 3, 7, 8 yoki 10-tarelkadan olinadi. Rektifikatlangan spirt sovutgich 34 da sovutiladi, nazorat snaryadidan o‘tadi va spirt qabul qilish bo‘limiga tushadi. Spirt kolonnasidan oraliq qo‘shimchalar ikki mahsulot sifatida chiqariladi: sivush fraksiyasi (kolonnaning tubidan hisoblanganda 5, 7, 9 yoki 11-tarelkadan bug‘ ko‘rinishida) va sivush spirti (kolonnaning ostidan hisoblaganda 17-21 va 25-tarelkalardan suyuqlik ko‘rinishida).
Sivush fraksiyasi kondensatsiyalangandan, sovutilgandan va tarkibidagi etil spirti ajratilgandan so‘ng sivush moyi olinadi. Sivush moyi qo‘shimcha mahsulot bo‘lib hisoblanadi. Sivush spirti ham sovutiladi va qurilmadan qo‘shimcha mahsulot ko‘rinishida chiqariladi. Lyuter suvi gidravlik zatvor orqali bartaraf qilinadi. Kondensatsiyalanmagan gazlar bilan chiqib ketadigan spirt bug‘larini to‘la ushlab qolish uchun kondensatorlarni havo bilan biriktiruvchi quvurlar spirt ushlagich bilan tutashtiriladi.
Hamma kolonnalar yuqori va ostki qismidan vakuum-uzgich, bug‘, suv, brajka va olinadigan rektifikatlangan spirt miqdorlarini nazorat qilish uchun me’yorlagichlar bilan ta’minlanadi. Termometrlar brajkahaydash kolonnasining suv bilan sovutiladigan deflegmatori, epyuratsion va rektifikatsiya kolonnalarining deflegmatorlarida ham o‘rnatiladi.


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling