O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 0.82 Mb.
bet8/21
Sana18.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1595574
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
Иномжонов М. диплом

Makkajo‘xori. Donli xom ashyolar ichida makkajo‘xori doni spirt ishlab chiqarish uchun eng qulay hisoblanadi. Chunki unda nisbatan ko‘p kraxmal, kam kletchatka va ko‘p lipidlar bo‘ladi. Makkajo‘xori boshqa donli ekinlarga nisbatan 2-3 marta yuqori hosildorlikka ega.
Makkajo‘xori O‘zbekiston Respublikasining hamma viloyatlarida etishtiriladi.
Donlarda geksozalar (mannan, galaktan, glyukozalar) va pentozanlardan (ksilan, araban) tuzilgan gemitsellyuloza (polukletchatka) uchraydi. Gemitsellyuloza kletchatka bilan birgalikda hujayra devorini shakllantirishda ishtirok etadi. Petozanlar gummi (shilim)larning asosiy tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi.
Makkajo‘xori donida suvda eruvchi azotli moddalarning miqdori kam bo‘lishi va aminokislotalar tarkibi bo‘yicha to‘laqonli emasligi sababli ushbu dondan achitqilarni ko‘paytirish uchun mo‘ljallangan sharbatga qo‘shimcha azotli ozuqa qo‘shishni talab qiladi.
Dondagi triglitseridlar miqdori nisbatan kam bo‘lib – 1,8 dan 2,5 % gacha uchraydi. Makkajo‘xorida – 5-7 %, sulida – 5-6 %, tariqda – 3,5-5 % moylar bo‘ladi. Moylarning taxminan 85 % murtakda, 12 % – aleyron qavatda va 3 % endospermda joylashgan. Moylar tarkibiga asosan to‘yinmagan kislotalar – linol, linolen va olein, to‘yinganlardan, asosan, palmitin kislotasi kiradi.
Kuldorlik don massasiga nisbatan 1,5-3,0 % ni tashkil etadi. Mineral moddalar, asosan, tashqi va gul qobiqda va murtakda uchraydi. Po‘stlog‘li donlarda: suli, arpa va tariqda kuldorlik nisbatan yuqori.
Pentozanlarning dondagi umumiy qismi 7-15 % ni tashkil qiladi. Sulida pentozanlar miqdori nisbatan yuqori bo‘lib 12-15 % ni tashkil qiladi. Arpada 9-13 %, javdarda esa taxminan 10 % pentozanlar bo‘ladi. Donlarda pektin moddalarining miqdori nisbatan kam bo‘ladi.
Etanolning ayrim fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari va rektifikatlangan spirt tavsifi
Quyida etanolning ayrim xususiyatlari keltirilgan.
1. Nisbiy zichligi:
d = 0,78927 mg/ml
d = 0,79067 mg/ml
2. 760 mm.sim.ust. da qaynash harorati: – 78,33oC;
3. Muzlash harorati: – -114,3oC;
4. Portlash harorati: – 12oC;
5. 20oC haroratda nisbiy issiqlik sig‘imi: – 2,39 kJ/(kgK);
6. Yonish issiqligi: –26665 kJ/kg
7. 20C haroratda bug‘lanish issiqligi – 910 kJ/kg
8. Erish issiqligi – 4,94 kJ/mol.
9. Dinamik qovushqoqligi (20oC haroratda) η – 1,20 mPac
Rektifikatlangan spirtning tarkibi

Ko‘rsatkich

Rektifikatlangan spirt turlari

Alfa

lyuks

Ekstra

Oliy toifada tozalangan

1 sort

Etanol konsentratsiyasi, % h., kamida

96,3

96,3

96,3

96,2

96,0

Sulfat kislotasi ishtirokida tozalikka tekshirish

Tozalikka barqaror

20C haroratda oksidlanishga tekshirish, daqiqa, kamida

20

22

20

15

10

Sirka aldegidiga keltirilgan aldegidlarning massaviy ulushi, suvsiz spirtda mg/l hisobida, ko‘pi bilan

2

2

2

4

10

3:1 nisbatdagi izoamil va izobutil spirtlariga keltirilgan sivush moylarining massaviy konsentratsiyasi, suvsiz spirtda mg/l hisobida, ko‘pi bilan

2

2

3

4

15

Sirka-etil efiriga keltirilgan murakkab efirlar konsentratsiyasi, suvsiz spirtda mg/l hisobida, ko‘pi bilan

10

10

10

30

50

Metil spirtining hajmiy ulushi, %, ko‘pi bilan

0,003

0,02

0,02

0,05

0,05

Kislotalarning massaviy konsentratsiyasi, suvsiz spirtda mg/l hisobida, ko‘pi bilan

12

8

12

15

20

Furfurol miqdori

Ruxsat berilmaydi


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling