O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Bevosita ishlovchi bo‘tqarektifikatsiyalash qurilmasi


Download 0.82 Mb.
bet4/21
Sana18.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1595574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Иномжонов М. диплом

Bevosita ishlovchi bo‘tqarektifikatsiyalash qurilmasi
Ushbu qurilmaning o‘ziga xos xususiyati brajkahaydash kolonnasiga kiritilgan isituvchi bug‘ issiqligidan ikki marta foydalanish bo‘lib hisoblanadi.
Brajkahaydash kolonnasida 16 dona bir qalpoqli ikki marta qaynovchi tarelka o‘rnatilgan. Tarelkalar orasidagi masofa 280-400 mm ga teng. Epyuratsion kolonna 3 haydash qismida 20-25 dona bir qalpoqli ikki marta qaynovchi tarelka o‘rnatilgan. Konsentratsiyalash qismida esa orasidagi masofa 170 mm bo‘lgan 15 dona ko‘p qalpoqli tarelka o‘rnatilgan. Kolonnaning haydash va konsentratsiyalash qismlari orasida kamida 0,5-0,8 m bo‘lgan separatsiyalash bo‘shlig‘i bo‘lishi lozim.
Spirt kolonnasining o‘ziga xos tomoni bo‘lib brajkahaydash kolonnasidan chiqayotgan spirt bug‘lari bilan ozuqlanishi hisoblanadi. Epyuratsiya kolonnasida epyuratsiyalangan brajkava spirt kolonnasidan chiqqan bug‘lar flegmasi brajkahaydash kolonnasining yuqori qismiga kiritiladi. Spirti bartaraf qilingandan so‘ng barda va lyuter suvi bir oqim bilan chiqariladi.
Butun qurilma uchun isitish bug‘i faqat bir joydan – brajkahaydash kolonnasining pastki qismidan kiritiladi. Epyuratsion va spirt kolonnalari brajkahaydash kolonnasidan chiqadigan spirtli bug‘ bilan qizdiriladi. Brajkaqattiq zarrachalarining spirt kolonnasiga o‘tib ketishining oldini olish uchun brajkahaydash kolonnasidan spirt kolonnasiga bug‘ni o‘tkazish quvurida ko‘pik ushlagich o‘rnatilgan.
Deflegmatorda bo‘tqa, odatda, 60-65ºS haroratgacha qizdiriladi. Bug‘ sarfini kamaytirish uchun brajkaepyuratsiya kolonnasiga kiritilishidan oldin barda hisobidan issiqlik almashinish qurilmasida 80-85ºS haroratgacha qizdiriladi.
Bevosita ishlovchi bo‘tqarektifikatsiyalash qurilmalarida bug‘ energiyasidan ikki marta foydalanish bilvosita ishlovchi qurilmalarga nisbatan bug‘ nisbiy sarfini 35-40 % ga kamaytirish imkonini beradi.
Hozirgi kunda Fransiyadagi Interis firmasi bevosita ishlovchi bo‘tqarektifikatsiyalash qurilmalarini ishlab chiqarmoqda.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling